Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Mag‘izdan tayyorlangan emulsiyalarga dori moddalarni qo‘shish


Download 7.12 Mb.
bet76/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Mag‘izdan tayyorlangan emulsiyalarga dori moddalarni qo‘shish
Magizdan tayyorlanadigan emulsiyalarga suvda eriydigan dori moddalar kiritiladi. Ularni eritish uchun 1 qism suv qoldiriladi va birlamchi emulsiya tayyor bo‘lgandan keyin suyultiriladi.
Rp.: Emulsi seminum Amygdalarum dulcis 180,0
Natrii benzoatis 1,0
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 4 marta ichilsin.
Oddiy koida bo‘yicha magizdan emulsiya tayyorlanib, 50 ml gacha suv natriy benzoatni eritish uchun qo‘llaniladi.
Rp.: Emulsi Seminum Cucurbitae decorticorum ex 50,0-200,0
Sirupi Citri unshiu 20,0
M. D. S. Ertalab 2 marta qabul qilinadi, bir necha soatdan keyin 2 osh qoshiq kunjut moyi ichiladi. Qovoq mag‘zi po‘chogidan tozalanib, ko‘kimtir kulrang yupka po‘sti bilan ishlatiladi. SHuni bilish zarurki, sharbatlar suyultirilmagan holda qo‘shilsa, emulsiyalarning turg‘unligi yo‘kolib ximoya pardasi buziladi, emulgatorni degidratsiyalanishiga olib keladi. SHuning uchun mandarin po‘slog‘i sharbati toza suvda suyultirilib, birlamchi emulsiyaga qo‘shiladi.
Emulsiya sifatini tekshirish

  1. Mikroskopda dispers faza o‘lchamini bir xilligi tekshiriladi. Bunda katta zarrachalar bo‘lmasligi kerak.

  2. qavatlanishi 1500 ayl/dak. tezlikda sentrifugalanadi. Katlamlarga ajralmasligi kerak. 3. Termik turg‘unligi termostatda 50°Sda tekshiriladi.

4. qovushqoqligi viskozimetrlarda aniqlanadi.
Kelajakda emulsiyalarni dori shakli sifatida rivojlantirishning 3 ta yunalishi kuzda tutilgan:

  1. Emulsiya tayyorlashda kichik mexanizatsiyalarni qo‘llash (dispergator, gomogenizatorlar);

  2. Emulgatorlar ko‘lamini kengaytirish;

  3. Emulsiya sifatini baholashning yangi usullarini joriy etish.

To‘gri tayyorlangan emulsiyalar gomogenligini bir necha kun davomida saqlash mumkin. Dispers fazaning ustki qismi ko‘tarilishi emulsiyaning buzilishiga olib keladi. Ichish oldidan chayqatilsa, oldingi holatiga qaytadi. Haroratning ko‘tarilishi yoki birdan pasayishi emulsiyaning buzilishiga sabab bo‘ladi. Tayyorlangan emulsiyalarga "ishlatishdan oldin chayqatilsin" va "salqin joyda saqlansin" yozuvli yorliq yopishtiriladi. Emulsiyalar mikroorganizmlarning ko‘payishiga yaxshi muxit yaratadi. Shuning uchun emulsiyalarni tayyorlaganda gigiena koidalariga rioya qilinishi shart23.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling