Andijon davlat tibbiyot instituti ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi «tasdiqlayman» tfmux


Download 408.5 Kb.
bet16/17
Sana28.02.2023
Hajmi408.5 Kb.
#1235649
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
1курс методичка №32023

GLOSSARIY

Abort – xomiladorlikni sun’iy to‘xtatish.


Absorbsiya - yutish, so‘rish, singdirish.
Abssess - turli a’zolarda bo‘ladigan yupqa kapsula bilan chegaralangan yiringli bo‘shliq.
Avitaminoz - organizmda vitamin yetishmasligi natijasida paydo bo‘ladigan kasallik.
Avtoklav - suv bug‘i ta’sirida, bosim ostida ishlaydigan qazon.
Ageneziya - organlarning tug‘ma rivojlanmasligi.
Adenomektomiya - prostata bezidagi adenomatoz to‘qimasni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash.
Azoospermiya - erkak urug‘ suyuqligida spermatozoidlarning bo‘lmasligi.
Akkomodatsiya - moslashish.
Akroalgiya - qo‘l-oyoqlarda og‘riq xuruji.
Alkaloz - organizmda kislota hamda ishqor muvozanatining ishqor tomonga siljish.
Alloplastika - odam tanasining jarohatlangan, shikastlangan joylarini o‘zga to‘qimalar bilan butunlash, plastika qilish.
Amenoreya - hayz ko‘rmaslik.
Analgeziya - og‘riqni his qilish sezgisini yo‘qolishi.
Analgetiklar - og‘riq sezishni yo‘qotadigan yoki pasaytiradigan dori vositalari.
Aerob infeksiya - faqat kislorod bor sharoitda rivojlanadigan infeksiya.
Anaerob infeksiya – kislorodsiz sharoitlarda rivojlanadigan infeksiya.
Andrologiya - erkaklar siydik tanosil organlarining kasalliklari haqida ta’limot.
Anevrizm - tomir yoki devorining kengayishi.
Anemiya - kamqonlik.
Anesteziya - sezgining yo‘qolishi, og‘riqsizlantirish.
Aseptika - jarohatga mikrob tushirmaslik chora-tadbirlari.
Antiseptika – jaroxatga tushgan mikroblarga qarshi kurashish.
Anuriya – sutka davomida qovuqda siydik bo‘lmasligi.
Aortografiya - shox tomir va uning shahobchalarini kontrast moddalar yuborib, rentgenga tushurish.
Appendektomiya - chuvalchangsimon o‘simtani jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash.
Asfiksiya - bo‘g‘ilish.
Assit – qorin bo‘shlig‘iga suv yig‘ilishi.
Auskultatsiya – stetoskop (fonendoskop) yordamida a’zolardagi tovushlarni eshitib ko‘rish.
Atsidoz - organizmda kislota hamda ishqor muvozanatini kislota tomonga siljishi.
Aspermatizm – eyakulyat bo‘lmasligi
Anorxizm – tug‘ma ikki urug‘don bo‘lmasligi.
Bakteriemiya - bakteriyalarning turli yo‘llar bilan odam organizmga kirib, qonga o‘tishi.
Bakteriofag - bakteriyalarga ta’sir etib, ularni yemirish xususiyatiga ega virus.
Bakteriuriya - siydikda mikrob bo‘lishi.
Bakteritsid vositalar - bakteriyalarni o‘ldiruvchi vositalar.
Balanit - jinsiy olat bosh terisining yallig‘lanishi.
Blennoreya - ko‘z shilliq pardasining yiringli yallig‘lanishi.
Bradikardiya - yurak urishini sekinlashuvi.
Bronxoskopiya - bronxoskop yordamida bronxlarni ko‘rish.
Bronxospazm - bronxlarni qisqarishi.
Bursit – bo‘g‘imlar atrofida joylashgan shilliq xaltachalar (bursalar) ning yallig‘lanishi.
Vazoligatura - tomirlarni bog‘lash.
Vazostomiya - chuqur tomirlarga doimiy fistula (naycha) qo‘yish.
Vazektomiya - urug‘ chiqaruvchi yo‘l yoki uning bir qismini kesib olib tashlash.
Varikotsele - erkaklarda urug‘ tizimchasi venalarini varikoz kengayishi.
Vaskulit - qon tomirlari devorini yallig‘lanishi.
Venerologiya - tanosil kasalliklar haqida fan.
Venografiya - vena qon tomirlari ichiga kontrast yuborib rentgenga tushirish.
Virulentlik – mikrob yoki virusning kasallik qo‘zg‘ata olish qobiliyati (patogenlik) darajasi.
Vurusemiya - virusning qonda bo‘lishi.
Gangrena - organ to‘qimalarning chirib, nekrozga uchrashi.
Gastrit - oshqozon shilliq qavatini yallig‘lanishi.
Gastroskopiya - gastroskop orqali oshqozonni ko‘rish.
Gashishizm - nashavandlik.
Gelmintoz - gijja kasalligi.
Gemartoz - bo‘g‘im ichiga qon quyilishi.
Gematokrit - qon tanachalari hajmining qon zardobiga bo‘lgan nisbatini aniqlash uchun ishlatiladigan asbob.
Gematologiya - qon tarkibini uning xususiyatlarini, kasalliklarini o‘rganuvchi fan.
Gematoma - to‘qima orasiga qon to‘planib qolishi.
Gematuriya - siydikda qon bo‘lishi.
Gemoglobin - eritrotsitlar tarkibidagi mavjud nafas pigmenti.
Gemoliz - eritrotsitlarning yemrilish jarayoni.
Gemorroy - bavosil kasalligi.
Gemostaz - qon to‘xtatish.
Gemotransfuziya - qon quyish.
Gemofiliya - qon ivishining susayishi bilan xarakterlanadigan tug‘ma kasallik.
Genetaliy - ayollar jinsiy a’zolari.
Genetika - hayvon va o‘simliklar irsiyati va uning o‘zgaruvchanligi haqidagi fan.
Gepatit - jigar yallig‘lanishi.
Germafroditizm - biseksuallik, bir shaxsda ikki jinsga oid belgilarning bo‘lishi.
Gerniologiya - churralar haqidagi fan.
Gigiena - kasalliklarni oldini olish bilan shug‘ullanadigan fan.
Giperglekemiya - qonda qand miqdorini oshishi.
Gipoglekemiya - qonda qand miqdorini kamayishi.
Gipertermiya - organizmda issiqlikning ko‘payishi.
Gipertoniya - qon bosimini ko‘tarilishi.
Gipertrofiya - to‘qima yoki organning xajmini ortiqcha kattalashib ketishi.
Gipotoniya - qon bosimini pasayishi.
Gips - kalsiyning suvli sulfat tuzi (gipslash uchun qo‘llaniladi).
Gomogen - tarkibi bir xil jinsli bo‘lgan sistemalar.
Gormon - ichki sekresiya bezlari ishlab chiqaradigan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonga quyiladigan biologik faol modda.
Gospital - harbiy kasalxona.
Gemospermiya – spermada qon bo‘lishi
Ginekomastiya – erkaklarda ko‘krak bezini ayollarnikiga o‘xshab kattalashishi.
Giperstenuriya – siydik solishtirma og‘irligi ortishi.
Gipostenuriya – siydik solishtirma og‘irligi kamayishi.
Gidroureter - siydik naychasini kengayishi.
Gidrokalikoz – buyrak kosachasini kengayishi.
Gidronefroz – buyrak jom – kosachasi sistemasini kengayishi
Gipoplaziya – a’zoning rivojlanishi susayishi oqibatida kichik bo‘lib shakllanishi.
Gipospadiya – siydik kanali ventral devorini rivojlanmasligi.
Daltonizm - ranglarni ajrata olmaslik.
Dantist - tish kasalliklari mutaxassisi.
Dezinfeksiya - mikroblarni yo‘qotishga qaratilgan tadbirlar.
Demografiya - aholi sonini va uning tarkibini tekshirish va ta’riflash.
Deontologiya - “burch” ma’nosini bildiradi.
Depressiya - ruhiy tushkunlik.
Dermatit - terining yallig‘lanishi.
Desensiblizatsiya - organizmning allergik holatini kamaytirish yoki yo‘qotish.
Defekatsiya - ich kelishi.
Defekt - kamchiliq, nuqson.
Defektologiya - kamchiligi bor, nuqsonli bolalarni rivojlanishi va tarbiyasi haqidagi fan.
Defloratsiya – qizlik pardadan maxrum bo‘lish.
Dializ - kolloid eritmalar va yuqori molekulali moddalar eritmasini past molekulyarr aralashmalardan ajratish usuli.
Diafragma - ko‘krak qafasini qorin bo‘shlig‘idan ajratib turadigan parda.
Divertikul – bo‘shliqli a’zolarda boshi berk, ichi kavak bo‘lgan tug‘ma yoki orttirilgan xaltacha.
Dieta - parhez.
Dietologiya - parhez bilan davolashni o‘rganuvchi fan.
Dizenteriya - izburg‘i, maxsus mikroblar turkumi qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik.
Dizuriya - og‘riq bilan qiynalib siyish.
Diastola – yurak kameralarining qisqargandan keyingi bo‘shashish davri.
Desmurgiya - bog‘lamlar haqidagi ta’limot.
Donor - qon beruvchi kishi.
Drenaj - biror organidan yiring yoki boshqa suyuqliklarni chiqib turushi uchun qo‘yilgan trubka (naycha).
Zoonozlar - hayvonlarning odamda ham uchraydigan yuqumli kasalliklari.
Idiot - aqliy zaiflikning bir turi.
Ileit - yonbosh ichakning yallig‘lanishi.
Impotensiya - zaiflik, jinsiy aloqaga qobiliyatsizlik.
Intubatsiya - og‘iz, bo‘g‘iz orqali nafas olish yo‘llariga maxsus naycha orqali kirib nafas oldirish.
Infantilizm – takomillashmagan, yetilmagan.
Infarkt - uzoq vaqt qon bermasligi natijasida to‘qima yoki organning haloq bo‘lishi.
Infiltrat - yallig‘lanish tufayli to‘qima ichida to‘plangan va shu to‘qima uchun normal bo‘lmagan massa (suyuqlik, hujayralar).
Infuziya - suyuq dorilarni qon tomiriga yuborish.
Ishemiya - a’zoning ayrim joyidagi qonsizlik.
Ishuriya - siydik tutilishi.
Kardiogramma - yurak faoliyatini ko‘rsatgichini ko‘rsatadigan egri chiziq.
Katarakta - ko‘z gavharini xiralashishi.
Kista - turli organ va to‘qimalardan vujudga keladigan devor bilan o‘ralgan va biror suyuqlik bilan to‘lgan patologik bo‘shliq.
Kolonoskopiya - kolonoskop yordamida yo‘g‘on ichakni ko‘rish.
Kontaminatsiya - biror muhitga yot modda kirib qolishi, ifloslanish.
Kriz - kasallik alomatini to‘satdan zo‘rayishi.
Kriptorxizm - moyakning o‘z o‘rniga tushmaganligi.
Kristaluriya - siydikda tuzlarning bo‘lishi.
Laparoskopiya - laparoskop apparati yordamida ichki a’zolarni ko‘rish va jarrohlik amaliyotlari amalga oshirishda ishlatiladi.
Laringospazm - tovush yo‘lining qisqarib, berkilishi.
Leykotsituriya – siydikda leykotsitlarning normadagidan ortishi.
Lipuriya – siydik yog bo‘lishi
Metastaz - xafli o‘sma xujayralarining boshlang‘ich o‘chog‘idan boshqa a’zolarga qon va limfa orqali o‘tishi natijasida hosil bo‘ladigan ikkilamchi o‘sma.
Narkomaniya - narkotik moddalarga o‘rganish.
Nevroz - nerv sistemasining funksional o‘zgarishi.
Negatoskop - rentgen snimkalarini ko‘radigan asbob.
Nekroz - chirigan, irigan joylar.
Nefroskopiya - nefroskop yordamida buyrak kosacha va jomlarini ko‘rish.
Nikturiya – kunduzgiga nisbatan tungi vaqtda siydik xosil bo‘lishini ortishi.
Oliguriya - siydik miqdorini kamayishi.
Ortopnoe - nafas qisishning yuqori darajasida bemor gavdasini vertikal tutishga xarakat qiladi.
Oftolmoskop - ko‘z tubidagi to‘r pardani ko‘rish nervni tekshiruvchi apparat.
Oliguriya – sutkalik siydik mikdorini 500ml dan kamayishi.
Oksalaturiya – siydikda oksalat tuzlarini bo‘lishi.
Palpatsiya - paypaslab ko‘rish.
Perkussiya - tuqqullatib urib ko‘rish.
Piuriya - siydikda yiring (leykotsitlar - leykotsituriya) bo‘lishi.
Pnevmoskop - nafas olish quvvati yoki kuchini ko‘rsatuvchi asbob.
Poliuriya - siydik miqdorini ko‘payishi.
Prognoz - biror hodisaning, voqeaning rivojlanishi va natijasi to‘g‘risida bor ma’lumotga asoslanib oldindan xabar berish.
Proteinuriya - siydikda oqsil bo‘lishi.
Psixoz - telbalik, ruhiy kasallik.
Puls - tomir urushi, tomir devorining tebranishi.
Piuriya – siydikda yiring bo‘lishi.
Pnevmaturiya – siydikda gaz bo‘lishi.
Pollankiuriya –tez-tez siyish.
Priapizm – jinsiy olatni uzoq vaqt jinsiy qo‘zg‘alishsiz og‘riqli ereksiya holatida bo‘lishi.
Relaksatsiya - muskullarning bo‘shashishi.
Sistola - yurak qisqarishi.
Skolioz - umurtqa pog‘onasini chapga yoki o‘ngga qiyshayishi.
Sterilizator - turli asbob va materiallarni qaynoq suv bilan sterilizatsiya qilish uchun ishlatiladigan asbob.
Suspenzoriy - urug‘donnii ko‘tarib turuvchi bog‘lam (xaltacha).
Taxikardiya - yurak urishining tezlashishi.
Temperament - mijoz, inson ruhiy xususiyatining yig‘indisi.
Temperatura - harorat, issiqlik yoki sovuqlik darajasi.
Tomografiya - rentgen nurlari yordamida odam organlarini qavatma-qavat suratga olish.
Troakar - ko‘krak va qorin bo‘shliqlaridagi suyuqlikni chiqarish uchun ishlatiladigan jarrohlik asbobi.
Tromb - tomirlarda ivib qolgan qon.
Tromboz - tomirlar qon ivib qolib qon oqishini sekinlatadi yoki to‘xtatadi.
Uremiya - azot chiqindilarining organizmda to‘planib qolib, uning zaharlanishi.
Uraturiya – siydikda urat tuzlari bo‘lishi
Urometr - siydik solishtirma og‘irligini o‘lchaydigan asbob.
Xiluriya - siydikda limfa suyuqligining bo‘lishi.
Silindruriya - siydikda silindrlar bo‘lishi.
Sistoskopiya - qovuqni sistoskop apparatida ko‘rish.
Ekologiya - organizmning o‘zaro va tashqi muhit bilan munosabati qonunlarini o‘rganuvchi fan.
Eksperiment - ilmiy nuqtai nazardan qo‘yilgan tajriba.
Ekspertiza - biror bahsga sabab bo‘lgan turli savol va masalalarni maxsus bilimli mutaxassislar muloxazasiga qo‘yib, tekshirish va to‘g‘ri xal qilish.
Embol - qon yoki limfa tomiriga tiqilib qolgan jismlar.
Emboliya - tiqin, tiqilma, perefirik qon tomirlariga chet narsalar (havo, gaz, yog‘ qattiq moddalar) tiqilib qolishi.
Enurez – 5 yoshdan katta bolalarda (yoki kattalarda) kechasi uyqu vaqtida siydik ushlay olmaslik (tagiga siyib qo‘yish).



Download 408.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling