Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti


Download 23.91 Kb.
bet5/5
Sana27.01.2023
Hajmi23.91 Kb.
#1132130
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdunabi Boyqo’ziyev hayoti va faoliyati

Sarg’imtir iztirob
Yoz ham o’tdi- ketdi novdalar yovqur,
Sarg’imtir iztirob kezar bog’larda.
Bir yaproq tilida eng so’nggi takbir,
Alvido aytadi totli chog’larga.
Ishqing chamanida o’kinchga to’lib,
Qaltirab turibman yaproqdek bedor.
Sen –nursiz oftob, beparvo kulib,
Belgisiz yoqlarga chopding necha bor.
Quyoshga bir yaproq umri ne aza,
Kimga ham kerakdir xazonlar dardi.
Kumush novdalardan taralgan muza
Qaqshagan asabim izsiz surati…
1977
Yuragim
Azob bo’ldim senga yuragim,
Dupranasan qismat do’lida.
Menmi? Tonib nima ham qildim,
Ha,shoirman. Shuhrat quli, ha!
Ayamadim seni mo’jazim,
Laxta-laxta qonlar ichirdim.
Senga qafas ko’krak qafasim.
Erk izlading zindon-ichimdan.
Tuzli-tuzsiz so’zlardan xorib,
Dong qotaman, tong sahar tursam,
Shum ajaldan meni qutqarib,
Yana, behold urib turasan.
O’h, yana dard ilhom so’rog’i,
Siypalaymiz sanchiqlarni jim.
Meni xarob qildi so’z dog’i,
Seni esa mehrsizligim!
Yuragim, ay, behol yuragim…
2012

Abdu Nabi

Oh, jon!...


Yana xayolimdasan,
Ketolmading yodimdan o’chib.
Bot-bot tushlarimga kirasan,
O’sha, baxtsiz baxtingni quchib.
Mana, yana eslayapman, ay-y!...
Seni qirmiz g’uncha shaklida.
Ko’ngling borday gulning ko’ngliday,
Ko’nglim borday gulning ko’nglida.
Ko’nglim bor-da, gulning ko’ngliday…
2010
Vaqt
Yillar- qashqir…
Vujudimni nimtalab yerlar.
Oy burdalar oydinlarda ustixonimni.
Kunlar –quzg’un…
Galasiga itqitib derlar:
,,Og’ritmasdan cho’qilanglar, sho’rlik jonini’’
Soatlar …
O –o soatlar…
Simillata asablarimni
Yemiradir har daqiqa,
Har lahza, har on.
Men… zinhor kamaymayman,
To’lib boraman,
Yashab-yashab
Bir kun oxir…
Bo’laman…Zamon!
2008
Download 23.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling