Andijon davlat universiteti «jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» kafedrasi


Jismoniy tarbiya va sport pedagogika fanining ob’ekti


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/57
Sana14.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1268175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
JTS PEDOGOGIKA

Jismoniy tarbiya va sport pedagogika fanining ob’ekti - jismoniy tarbiyasini uyushtiruvchi 
darslar, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar, sog‘lomlashtirish va badantarbiya tadbirlari, sport 
to‘garaklari, sport trenirovkalari, sportda mustaqil harakat faoliyati, bolalar va o‘smirlar sport 
maktablaridagi o‘quv jarayonlari va boshqalar)
Jismoniy tarbiya va sport pedagogika fanining predmeti- jismoniy tarbiya jarayonida sportchi 
shaxsini shakllantirishning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalarining umumiy 
qonuniyatlarini o‘rganadi
Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi – o‘quvchilar va sportchilarda jismoniy barkamollikni, 
har tomonlama taraqqiy etgan yuksak madaniyat va axloqni tarbiyalash bo‘yicha ta’lim-tarbiya 
jarayonlarini ilmiy asosda qurishni belgilaydi.
Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi fani - jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan 
yagona mazmunga ega bo‘lib, jismoniy tarbiyalash qonuniyatlarini hamda shunga muvofiq 
bolaning ta’lim va tarbiya jarayonida rivojlantirishni boshqarishning umumiy qonuniyatlarini 
o‘rganadi. Shuningdek, umumiy ma’lumotlar, amaliy va ilg‘or tajribalarni umumlashtiradi, 
tegishli jismoniy tarbiya vazifalarini belgilaydi, jismoniy tarbiya jarayonini uyushtirishning 
samarali vositalari qonuniyatlari va metodlarining maqsadga muvofiq shakllarini majmuali 
ravishda ochib beradi.



Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi shaxsni har tomonlama ta’lim berish va tarbiyalashda 
muhim komponent hisoblanadi, ayni paytda u shu jarayonda aqliy va axloqiy, estetik, mehnat 
tarbiyasi vazifalarini kompleks tarzda hal etadi.
Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi - jismoniy tarbiya tizimining maqsadi, vazifalari va 
prinsiplarini o‘rganadi hamda tarbiyaning boshqa turlari (aqliy, axloqiy, estetik va mehnat) bilan 
jismoniy tarbiyaning qonuniy aloqasini ochib boradi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling