Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti maxsus sirtqi bo


Download 409.34 Kb.
bet3/12
Sana08.01.2022
Hajmi409.34 Kb.
#241647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti maxsus sirtqi b-fayllar.org

Topogrfik kartalar ularda tasvirlangan joydagi nuqtalarning planli va balandlik o‘rinlarini konkret aniqlik bilan topishga hamda turli injenerlik masalalarni yechishda boshqa o‘lchashlarni bajarishga imkon beradi. Topografik kartalarni tuzish uchun to‘g‘ri burchakli ko‘ndalang silindirik Gauss proeksiyasi1 qo‘llaniladi.

Uni tuzishda yerning ellipsoid sirti uzoqlik bo‘yicha 60 ga muvofiq (masshtabi 1:5000 va undan yirikroq kartalarni tuzish uchun uzoqlik bo‘yicha 30 muvofiq zonalar barpo etiladi) meridianlar orqali zonalarga bo‘linadi. Har bir zona ma’lum matematik qonunlar bo‘yicha silindrning ichki ѐnlama sirtiga loyihalanadi





1– shakl. Gauss proeksiyasining tuzish sxemasi

(8 - shakl), shunda yo‘naltiruvchi meridian esa, PN O1PS 2 zonaning o‘rta (o‘q) meridiani bilan to‘g‘ri keladi. Keyin silindrning sirti tekislikka ѐyiladi. Aynan bir - biriga ketma-ket loyihalangan zonalar ekvator chizig‘i bo‘yicha joylashgan nuqtalarda bir-biriga tutashib turadilar. Bunday kartografik usul tekislikda ellipsoid sirtini tasvirlashda paydo bo‘ladigan xatoliklarni cheklanishini kamaytirishga imkon beradi.

Planlarni tuzishda, yer ellipsoidini taxminan kichik tekislikka cheksiz yaqin bo‘lishiga asoslanib kartografik jaraѐn soddalashtiriladi. Shunda, gorizontal tekislikka ortogonal loyihalangan joydagi elementlarning tasvirida amalda sezilarli cheklanishlar sodir bo‘lmaydi.

Shuning uchun topografik plan deb kichik yer bo‘lagini Yer egriligini hisobga olmay o‘xshash holda kichraytib gorizontal tekislikka tushirilgan kartografik tasvirga aytiladi.



Bunday proeksiyaning tuzilishini geometrik tomondan tasvirlab ko‘rsatish mumkin, agarda yer kurrasining ellipsoidi ko‘p qirrali shakliga mos deb faraz qilsak, shunda har bir qirrasiga (planning alohida bo‘lagi deb tasavvur qilish mumkin) joydagi kartografik elementlar ortogonal loyihalashtirilgan bo‘ladi (2 - shakl).



2- shakl. Ko‘pqirrali prizmasini tuzish sxeamsi.

Shuningdek ham topografik karta ham topografik plan o‘zidan tekislikka maxsus usulda tuzilgan Yerning sferik sirtining tasvirini taqozo etadi.



Planlar mohiyati bo‘yicha topografik kartalarning turlaridan biri hisoblanadi, ammo ulardan shunisi bilan farq qiladiki, planlar ortogonal kartografik proeksiyada tuzilgan bo‘lib, kichik yer bo‘laklarni qoplaydi. Shuning uchun planlarda kartalarga nisbatan tasvirlanadigan ob’ektlarning geometrik o‘xshashligi to‘liqroq saqlanadi; planning masshtabi uning barcha nuqtalarida doimiy qoladi, kartaning masshtabi esa, har bir nuqtada o‘z qiymatiga ega.

Undan tashqari, maxsus maqsadlar uchun alohida uchastkalarda (erdan foydalanuvchilar, aholi yashaydigan joylar va boshq.) standartsiz formatda planlar tuziladi. Bunday planlar mazmuni, shartli belgilari va tashqi rasmiylashtirishi bo‘yicha o‘ziga xos xususiyatlarga ega; ayrim planlarda relefsiz faqat tafsilotlar (konturlar) tasvirlanadi va bunday planlar konturli planlar deb ataladi.

Topografik karta va planlarda joydagi ob’ektlarning hamda yer sirti relefining xarakterli nuqtalari tasvirlanadi. Kartada (er sirtidagidek) har qanday nuqtaning o‘rni uch geografik koordinatalar orqali aniqlanadi: geografik kenglik, geografik uzoqlik va yer ellipsoid ѐki geoid sirtidagi nuqtalar balandligi.

Geografik koordinatalar – (, , ) astronomik koordinatalarning umumlashtirilgan tushunchasi bo‘lib, geoid sirtiga taaluqli, geodezik koordinatalar (V, L, H) esa ellipsoid sirtiga taaluqli bo‘lib, shovun chiziqlarning ellipsoid normalaridan chetlanishi hisobga olinmagan holatlarda qo‘llanadi.3

Bundan tashqari topografik kartalarda nuqtalarning planli o‘rinlari ikki o‘zaro perpendikulyar chiziqlar: zonaning o‘q meridiani (absissa o‘qi) va ekvator chizig‘i (ordinata o‘qi)dan tashkil topgan to‘g‘ri burchakli koordinata tizimi bo‘yicha aniqlash mumkin. Nuqtalarning balandligini esa topografik kartalarda yer ellipsoid sirtida Boltiq sistemasida aniqlash qabul qilingan. Planlarda nuqtalar o‘rni kupincha to‘g‘ri burchakli koordinatalarning shartli sistemasida aniqlanadi, balandliklari esa har qanday shartli sathiy sirtdan hisoblanadi.



Download 409.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling