Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


  Ta‟limni  takomillashtirishda  yangi  o‟qitish  usullarini  joriy


Download 459.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana22.08.2020
Hajmi459.55 Kb.
#127293
1   2   3   4   5
Bog'liq
25407 (1)


1.2.  Ta‟limni  takomillashtirishda  yangi  o‟qitish  usullarini  joriy 

etishning  mexanizmini  takomillashtirish 

 

          Shu  kungacha  barkamol  avlodni  tarbiyalashda  ularga  ta‘lim  berishda 



foydalanish  uchun  juda  ko‘plab  innavatsion  texnologiyalar  yaratilmoqda  lekin 

bularning  hammasi  ham birdek natija  bermay qolayapdi.  

Ko‗zlangan  maqsadga    erishish  uchun  uzluksiz    ta‗lim  tizimi  tubdan      isloh  

qilinmoqda.      Ta‗lim  jarayoniga    tabaqalashtirilgan  yondashuv,    o‗quvchilarni  turli 

kasb-xunar  kollejlari,  akademik  litseylarda  taxsil  olishlarini  ta‗minlash  zamonaviy  


 

21 


pedagogika  fani  oldiga  yuksak  vazifalarni  qo‗ymoqda.      Masalan,      ushbu    o‗quv 

muassasalari  uchun  davlat  ta‗lim  standartiga  muvofiq  keluvchi  o‗quv  dasturlarini 

va  darsliklar,  o‗quv  qo‗llanmalarini  yaratish  bugungi  kun  talablariga    javob 

bermog‗i  lozim.      Har  biri  turli    variantlarda  bo‗lsagina,  maqsadga  to‗g‗ri    xizmat 

qila  oladi. 

O‗quv  –tarbiya  jarayonlarini  tashkil  etishda  ham  an‗anaviy  usullardan  farqli 

o‗laroq,  yangicha  pedagogik  yondashuvlarni  o‗zlashtirish  va  ta‗lim  jarayonida 

qo‗llash  zamon  talabidir.  Milliy  dasturda  bu  masalaga  alohida  e‗tibor  berilgan. 

Albatta,  ilg‗or  pedagogik  texnologiyalar  bizning  fanimizga  endigina  kirib 

kelmoqda.  Aslida  esa  ta‗limga  texnologik  yondashuv  masalasi  rivojlangan 

demokratik      xorijiy  davlatlard  bundan  30-yillar  muqaddam  paydo  bo‗lgan  va  ular 

bu sohada katta yutuqlarni  qo‗lga kiritgan. 

Bugungi  kunda  biz  pedagogika  sohasidagi  ilg‗or  texnologiyalarni    kengroq 

va  chuqurroq  o‗zlashtirishimiz,  ularni  o‗z  mintaqamizga  mos  holda  qayta  ishlab 

chiqishimiz  kerak  bo‗ladi.      Pedagogik  texnologiya    tushunchasiga    hozirgi  kunda  

turlicha    ta‗riflar  berilmoqda.      Muhimi    shuki,  pedagogik  texnologiya    ko‗zlagan 

maqsadga kafolatlangan  natija  sifatida erishishni  ifodalovchi jarayondir. 

Pedagogik  texnologiya-  bu  ukituvchi  (tarbiyachi)  ning  uqitish  (tarbiya) 

vositalari  yordamida  ukuvchi  (talaba)  larga  muayyan  sharoitda  ta‘sir  kursatish  va 

bu  faoliyat  maxsuli  sifatida  ulardan  oldin  belgilangan  shaxs  sifatlarini  intensiv 

shakllantirish  jarayonidir.  Ta‘lim  oluvchilar  va  ta‘lim  beruvchilarning  o‘quv-

tarbiya  jarayonida  avvaldan  belgilangan  sifatlarning  shakllanishiga  olib  keladigan 

izchil  amaliy  faoliyatlarini  pedagogik  texnologiya  deb  hisoblash  mumkin. 

Pedagogik  texnologiya  (yoki  ta‘lim  texnologiyasi)  bor-yo‘g‘i  va  eng  asosan  ta‘lim 

oluvchi  yoki  tarbiyalanuvchining  ta‘lim-tarbiya  jarayonida  qanday  faoliyatni  va 

qay darajada amalga  oshirishidan  iborat. 

O‘quvchining  o‘rganilayotgan  materialni  sifatli  o‘zlashtirishini  ta‘minlovchi 

izchil  amaliy  faoliyati  ta‘lim  texnologiyasi  bo‘lishi mumkinyu 

Ta‟limni texnologiyalashtirish – bu o‗qitish jarayoniga  texnologik 

yondashish asosida ta‘lim  maqsadlariga  erishishning  eng maqbul yo‗llari  va 



 

22 


samarali  vositalarni  tadqiq qiluvchi  va qonuniyatlari  va tamoyillarini  ochib 

beruvchi pedagogik fanining  yo‗nalishdir.   



O„qitish  texnologiyasi  -  bu  mavjud  sharoit  va  o‗rnatilgan  vaqtda 

belgilangan  ta‘limiy  maqsadni  amalga  oshirishni  va  ko‗zlanayotgan  natijalarga 

kafolatli  erishishning  ta‘minlovchi,  o‗qitish,  muloqot,  axborot  va  boshqaruvning 

eng maqbul yo‗l va vositalarining  tartibli  yig‗indisi. 



Metodika  —  biror  ishni  maksadga  muvofik.  O‘tkazish  metodlari,  yullari 

majmui.  Ualoxida  metodikalarga  ajraladi.  Pedagogika  fani  ma‘lum  ukuv  fanlarini 

ukitish  konuniyatlarini  tadbik,  kiladi.  Masalan,  pedagogika  nazariyasini  o‘qitish 

meto‘dikasi, biologiya  ukitish  metodikasi  va shu kabilar. 



Interfaol-  tushunchasi  ingliz  tilida  ―interact‖  (rus  tilida‖interaktiv‖) 

ifodalanib , lug‘aviy nuqtai nazaridan ―inter‖ – o‟zaro ikki tarflama, ―act- harakat 

qilmoq, ish ko‘rmoq kabi ma‘noni anglatadi‖ 

Interfaol  ta‟lim-  ta‘lim  jarayoni  ishtirokchilarining  bilim,  ko‘nikma,  malaka 

hamda  muayyan  axloqiy  sifatlarini  o‘zlashtirish  yo‘lida,  birgalikda  o‘zaro 

hamkorlikka  asoslangan harakatni  tashkil  etishga  asoslanuvchi ta‘lim.   

Interfaollik-  ta‘lim  jarayoni  ishtirokchilarining  bilim,  ko‘nikma,  malaka 

hamda  muayyan  axloqiy  sifatlarini  o‘zlashtirish  yo‘lida,  birgalikda,  o‘zaro 

hamkorlikka  asoslangan harakatni  tashkil  etish  layoqatiga egaliklaridir. 

           Bizning 

izlanishlarimizning 

bosh 


maqsadi 

ham 


huddi 

shunga 


qaratilmoqdaki  qaysi  meto‘dikalardan  foydalanilganda  ko‘proq  samara  berilishi 

to‘g‘risida  ilmiy  izlanishlar  olib  bormoqdamiz  va  biz  pedagogika  darslarini 

o‘qitishda    quyidagi  meto‘dikalar  asosida  ta‘lim  berish  jarayonini  tashkil  etishni 

tavsiya  bermoqdamiz: 



O‟zaro bir birini o‟qitish usuli 

       Ko‘pchilikka  ma‘lumki,  o‘rganishning  eng  yaxshi  usuli  o‘zgalarni biror-

bir  narsaga  o‘rgatishga  harakat  qilishdir.  Bunda  inson  o‘zining  hamma  bilimi  va 

imkoniyatlarini  ishga  solib,  bu  vazifaga  ijodiy  ravishda  yondashadi.  O‘zaro  bir-

birini  o‘qitish  usuli  ham  huddi  shu  tamoyilga  asoslangan  bo‘lib  bunda 

o‘quvchilarga  vaqtinchalik  o‘qituvchilik  ro‘lini  bajarish  taklif  etiladi  va  ular 



 

23 


guruhdagi  boshqa  talabalarni    o‘rganilayotgan  mavzu  bilan  bog‘liq  matnlar, 

qoidalar,  dalillar  yoki  ma‘lumotlar  bilan  ishlashga  o‘rgatish  imkoniyatiga  ega 

bo‘ladilar.  Guruhdagi  har  bir  talabaga  biror-bir  matnning  bir  xil  nusxasi tarqatiladi. 

O‘quvchilar  galma-  galdan  o‘qituvchilik  ro‘lini  o‘ynaydilar.  Bunda  o‘qituvchilik 

ro‘lini  o‘ynaydigan  talabadan  quyidagilarni  bajarish  so‘raladi.  Ya‘ni,  guruhdagi 

hamma  talabalar  matnning  biror  bir  bo‘lagini  o‘qib  bo‘lganidan  so‘ng 

―o‘qituvchi‖: 

matn  bo‘lagidagi  ma‘lumotlarning  mohiyatini  qisqacha  aytib  va 



tushuntirib  beradi; 

 matn  bo‘yicha  savollar  o‘ylab  topib,  ularga  boshqa  talabalarning 



javob berishini  so‘raydi; 

boshqalar  uchun  tushunarsiz  bo‘lgan  joylarini  qayta  tushuntirishga  va 



ularning  ma‘nosini chaqishga harakat qiladi; 

 matnning  keyingi  bo‘lagida  nimalar  kelishi  mumkinligi  haqidagi  o‘z 



taxminiy  fikrlarini  aytib va tushuntirib  o‘tadi; 

matnning  keyingi  bo‘lagini  o‘qish  va  uni  atroflicha  taxlil  qilish  uchun 



topshiriq beradi. 

     Bunday  turdagi  darsning  boshlanishida  avvalo,  o‘qituvchining  o‘zi 

talaba/o‘quvchiga  bu  usulni  aniq  va  ravshan  namoyish  qilib  berishi  lozim  bo‘ladi. 

Shuning  uchun  ham  u  talabalarga  o‘zining  matnining  birinchi  qismi  bo‘yicha 

munozara  boshlo‘vchi  bo‘lishini  bildiradiva  ulardan  bu  jarayonnni  diqqt  bilan 

kuzatish  kerakligini  so‘raydi.  Talabalarning  o‘zlari  ham  bu  usulda  dars  olib 

borishlarini  bilganlaridan  so‘ng  o‘qituvchining  namoyish  qilayotgan  darsini  diqqat 

bilan  kuzatadilar  va  kerakli  xulosa  chiqaradilar.  O‘qituvchi  yuqorida  keltirilgan 

besh 

bosqichdan 



iborat 

harkatlar 

ketma-ketligini  tinglovchilarga  batafsil 

tushuntirib  bo‘lganidan  so‘ng,  har  bir  bosqichda  shaxsn  o‘zi  nima  qilishi 

lozimligini  aniq  va  ravshan  namoyish  qilib  berishi  juda  muhimdir.  Bundan 

tashqari,  o‘qituvchi  matnni  qanday  usulda  maqsadga  muvofiq  bo‘lgan  qisimlarga 

bo‘lish  muammosini  ham  oldindan  hal  qilib  olishi  lozim. Bunda asosiy ko‘rsatkich 

sifatida  tanlangan  matn  qismini  8-10daqiqa  davomida  muxokama  qila  olinishi  ish 



 

24 


muvaffaqiyatining  garovidir.  Demak,  matnni  qismlarga  bo‘lganda,  uning  harbir 

alohida  bo‘lagida  qanday  turdagi  va  hajmdagi  ma‘lumotlar  mavjudligini  hisobga 

olish kerak bo‘ladi.  

      Savollarni  ham  mantiqiy,  ma‘lum  m‘eyorlarga  rioya  qilgan  holda  berish 

maqsadga  muvofiqdir.  Bunda  ham  talabalarga  savol  berish  malakasini  namoyish 

qilish  lozim  bo‘ladi.  Savollar  matn  parchasida  mavjud  bo‘lgan  fikrlarni 

oydinlashtirish  va  yanada  chuqurroq  tushuntirish,  unda  aytilmagan(lekin  yashirin 

xolda  mavjud)  tomonlarini  aniqlash  va  ularni  talabalarning  fikrlari  bilan 

solishtirish  maqsadida  berilgani  ma‘qul.  O‘qituvchi  ma‘lum  turdagi  va  ma‘nodagi 

savollar  vositasida  talabalarning  predmetni/sohani  o‘rganish  jarayonini  iloji 

boricha  maqsadli  ravishda  boshqarishi  lozim.  Matnning  keyingi  qismida  nima 

kelishi  mumkinligi  haqida  o‘z  fikrlarini  aytishda  o‘qituvchi  o‘z  shaxsiy  fikrlarini 

bildirishi  yoki  bu  haqda  talabalarning  muloxazalarini  ham  so‘rashi  mumkin.  Agar 

talabalar  birinchi  namoyish  vaqtida  usulning  mohiyatiga  to‘la  tushunmasalar  yoki 

shartli  ―o‘qituvchi‖  sifatida    ishlashga  qiynalsalar,  o‘qituvchi  ularga  hamma 

bosqichlarni  yana  bir  karra  tushuntirib,  ikkinchi  marta  namoyish  qilish  jarayonini 

amalgam  oshirishi  maqsadga muvofiqdir. 

 

“Keys stadi” metodi 

―Keys-stadi‖  (ingliz  tilida  ―case‖  –  metod  ,  ―ctudy‖  –  muammoli  vaziyat; 

vaziyatli  tahlil  yoki  muammoli  vaziyatlarni  tahlil  qilish)  texnologiyasi  o‘quvchi 

(talaba)larda  aniq,  real  yoki  sun‘iy  yaratilgan  muammoli  vaziyatni  tahlil  qilish 

orqali  eng  maqbul  variantlarni  toppish  ko‘nimalarini  shakillantirishga  xizmat 

qiladi.  U  o‘quvchi  (talaba)larni  be‘vosita  har  qanday  mazmunga  ega  vaziyatni 

o‘rganish va taxlil  qilishga  o‘rgatadi. 

Texnologiyaning  negizida  muayyan  muammoli  vaziyatni    hal  qilish 

jarayonining  umumiy  mohiyatini  aks  ettiruvchi  elementlar  yotadi.  Bular 

quyidagilardir:  ta‘lim  shakillari,  ta‘lim  etodlari,  ta‘lim  vositalari,  ta‘lim  jarayonini 

boshqarish  usul  va  vositalari,  muammoni  hal  qilish  yuzasidan  olib  borilayotgan 

ilmiy  izlanishning  usul  va  vositalari,  axborotlarni  to‘plash,  ularni  o‘rganish  usul  va 


 

25 


vositalari,  ilmiy  taxlilning  usul  va  vositalari,  o‘qituvchi  va  o‘quvchi  (talaba) 

o‘rtasidagi ta‘limiy  aloqaning  usul va vositalari,  o‘quv natijalari.    

 

“Klaster” metodi 

Respondentlar  guruhlarga  bo‗linadilar,  Ularga  belgilangan  vaqt  ichida 

mavzu  yuzasidan  o‗zlashtirgan  asosiy  tushunchalarni  qog‗ozga  tushirish  talab 

etiladi.  Topshiriqni  bajarish  jarayonida  ularning  chuqur  mulohaza  yuritishlari, 

yozuvlarning  grammatik,  orfografik  jihatdan  to‗g‗ri  bo‗lishi  shart  emasligi, 

shuningdek,  qanday  tushunchani  yodda saqlab qolgan bo‗lsalar, ularni yozishlariga 

ahamiyat  qaratiladi.  Belgilangan  vaqt  oralig‗ida  respondentlar  mumkin  qadar 

ko‗proq  tushunchalarni  bayon  eta  olishlari  zarur.  Tushunchalar  qog‗ozga 

tushirilganidan  so‗ng  respondentlar  ularni  mantiqiy  ravishda  bir-biri  bilan  bog‗lab 

chiqadilar.  Mashg‗ulot  jarayonida  respondent-o‗quvchilarning  har  bir  topshiriqni 

bajarishdagi  faol  ishtiroki,  o‗z  fikrini  erkin  bayon  eta  olish  layoqati,  fikrlarining 

aniq  va  mantiqiy  asosga  ega  bo‗lishi,  o‗zi  mansub  bo‗lgan  guruhdagi tengdoshlari 

bilan  muloqot  qila  olish  qobiliyati,  topshiriqlarni  bajarishga  nisbatan  ijodiy 

yondashuvi    va  boshqa  ko‗rsatkichlari  inobatga  olib  borildi,  mashg‗ulot  yakunida 

esa faol ishtirokchilar  ma‘naviy  jihatdan  rag‗batlantirib  borildilar. 

 

Venn diagrammasi 



 Ta`lim  mazmunini  tahliliy  yondashuv  asosida  obyektlarning  o`ziga  xos  va 

o`xshash  xususiyatlarini  tahlil  qilish  orqali  o`quv  materialini  o`zlashtirishga  va 

ko`nikmalarni  takomillashtirishga  yo`naltirilgan  metoddir. 

Mazkur  metodni  qo`llash  bosqichlari:  Bunda  1)  “A”  obyektning  o`ziga  xos 

jihatlari;  2)  ―B”  obyektning  o`ziga  xos  jihatlari;  3)  ―C”  obyektning  o`ziga  xos 

jihatlari;  4)  “A”  va  “B”  obyektlarning  o`xshash  jihatlari;  5)  “A”  va  “S” 

obyektlarning  o`xshash  jihatlari;  6)  “S” va “B” obyektlarning o`xshash jihatlari; 7) 

“A”,  “B”  va  “S”  obyektlarning  o`xshash  jihatlari  yoritiladi.  Ta`lim  jarayoniga 

ushbu  metodni  qo`llash  orqali  tahsil  oluvchilarda  ta`lim  mazmuniga  tahliliy 

yondashuvni,  o`rganilayotgan  obyektlarning  o`ziga  xos  va  o`xshash  xususiyatlarini 


 

26 


bir-biriga  qiyoslash, taqqoslash 

orqali  tahlil  qilish,  mustaqil  fikrlash  kabi  ko`nikmalarni  takomillashtirishga 

erishiladi. 

Sinkveyn (axborotni yig‟ish) usuli 

 

Metodni  qo‗llash  jarayonida  talabalardagi  tarqoq  axborotli  jarayonlar  asta-



sekin  bosqichma-bosqich  yo‗naltirilgan  axborotli  jarayonga  aylantirib  boriladi. 

Ya‘ni,  o‗rganilmagan  bilimlar  mavzuni  o‗rganish  davomida  o‗rganiladi,  muayyan 

ob‘ektiv  voqelik  to‗g‗risida  yakdil  fikrga  kelinadi.  Buning  uchun  talabalarda  besh 

imkoniyat  mavjud  bo‗ladi.  Ya‘ni  sinkveyn  besh  qatordan  iborat  o‗ziga  xos  "oq 

she‘r"  (qofiyasiz)  bo‗lib,  o‗rganilayotgan  mavzuga  oid  tushunchalar  (hodisa, 

jarayon,  voqea)  qat‘iyan  ketma-ketlikda  yozib  chiqiladi.  Sinkveyn  orqali  talabalar 

o‗z  fikrlarini  to‗plash,  ularni  ixcham  ifodalash,  turli  mulohazalarni  sintezlash  va 

mavzu bo‗yicha to‗g‗ri xulosalarni  takomillashtirishga  o‗rganishadi. 

 

J.Still,  K.Meredis,  Ch.Templning  «O`qish  va  yozish  tanqidiy 



fikrlashni  rivojlantirish  uchun»  dasturida  o`quvchi  va  talabalar  faolligini 

oshiruvchi,  ularning  tanqidiy  fikrlashini  o`stiruvchi  qator  usullar  kursatib  utilgan. 

Shulardan ayrimlariga  qisqacha to`xtalib o`tamiz.   

 

Sinkveyn-  fransuz  tilida  «5  qator»  ma`nosini  bildiradi.  Sinkveyn- 



ma`lumotlarni 

sintezlash 

(bir 

butunga 


keltirish)ga 

yordam 


beradigan 

qofiyalanmagan  she`r  bo`lib,  unda  o`rganilayotgan  tushuncha(hodisa,  voqea, 

mavzu)  to`g`risidagi  axborot  yig`ilgan  holda,  o`quvchi  so`zi  bilan  turli  variantlarda 

va  turldi  nuqtai  nazar  orqali  ifodalanadi.  Sinkveyn  tuzish-  murakkab  g`oya,  sezgi 

va  hissiyotlarni  bir  nechagina  so`zlar  bilan  ifodalash  uchun  muhim  bo`lgan 

malakadir.  Sinkveyn  tuzish  jarayoni  mavzuni  yaxshiroq anglashga  yordam beradi.  

 

Sinkveyn  tuzish  qoidalari: 



1-qator: Mavzu bir so`z bilan ifodalanadi  ( odatda ot tanlanadi). 

2-qator: Mavzu ikkita  sifat bilan  ifodalanadi  (2 ta sifat yoziladi). 

3-qator:  Mavzu  doirasidagi  hatti-harakatni  uchta  so`z  bilan  ifodalanadi.(3  ta 

fe`l  yoki ravishdosh yoziladi). 



 

27 


4-qator:  Mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to`rtta so`zdan iborat 

bo`lgan fikr yoziladi.(4  ta so`zdan iborat jumla  yoziladi). 

5-qator:  Mavzu  mohiyatini  takrorlaydigan,  ma`nosi  unga  yaqin  bo`lgan  bitta 

so`z yoziladi  (mavzuga  sinonim  so`z yoziladi). 

 

Sinkveynlar  quyidagi  hollarda  juda foydali bo`ladi:   



 

Murakkab axborotni sintezlash  uchun vosita sifatida; 

 

O`quvchilar  tushunchalarining  yig`indisini  baholash vositasi sifatida; 



 

Ijodni taqdim etilishining  vositasi sifatida. 

Sinkveynga  quyidagi  misollarni  keltirish  mumkin: 

 

 



 

“Loyiha” metodi 

Bu  ta`lim  oluvchilarning  individual  yoki  guruhlarda  belgilangan  vaqt 

davomida,  belgilangan  mavzu  bo`yicha  axborot  yig`ish,  tadqiqot  o`tkazish  va 

amalga  oshirish  ishlarini  olib  borishidir.  Bu  metodda  ta`lim  oluvchilar 

rejalashtirish,  qaror  qabul  qilish,  amalga  oshirish,  tekshirish  va  xulosa  chiqarish  va 

natijalarni  baholash  jarayonlarida  ishtirok  etadilar.  Loyiha  ishlab  chiqish  yakka 

tartibda  yoki  guruhiy  bo`lishi  mumkin,  lekin  har  bir  loyiha  o`quv  guruhining 

birgalikdagi  faoliyatining  muvofiqlashtirilgan  natijasidir.  Bu  jarayonda  ta`lim 

oluvchining  vazifasi  belgilangan  vaqt  ichida  yangi  mahsulotni  ishlab  chiqish  yoki 

boshqa  bir  topshiriqning  yechimini  topishdan  iborat.  Ta`lim  oluvchilar  nuqtai-

nazaridan  topshiriq  murakkab  bo`lishi  va  u  ta`lim  oluvchilardan  mavjud  bilimlarini 

boshqa  vaziyatlarda  qo`llay  olishni  talab  qiladigan  topshiriq  bo`lishi  kerak.  Loyiha 

o`rganishga  xizmat  qilishi,  nazariy  bilimlarni  amaliyotga  tadbiq  etishi,  ta`lim 

oluvchilar  tomonidan  mustaqil  rejalashtirish,  tashkillashtirish  va  amalga  oshirish 

imkoniyatini  yarata oladigan  bo`lishi  kerak. 

 

“6X6X6” metodi  

Respondent  o‗quvchilar  6  nafarga  6  ta  guruhga  biriktiriladilar.  Mavzuning 

mohiyatini  ochib  beruvchi  matn  6  qismga  ajratiladi.  Har  bir  guruhga  umumiy 



 

28 


matnning  muayyan  qismi  yoritilgan  varaq  tarqatiladi  va  guruh  a‘zolaridan  ushbu 

matn  mazmunini  o‗rganish  so‗raladi.  Ma‘lum  vaqt  ichida  guruhlar  o‗zlariga 

berilgan  matnlar  ustida  ishlaydilar.    Ushbu  jarayon  yakunlangandan  so‗ng  guruhlar 

qayta  tashkil  eiladi.  Qayta  shakllantirilgan  guruhlarda  avvalgi  guruhlarning  bir 

nafardan  a‘zosi  bo‗lishiga  ahamiyat  qaratilishi  lozim.  Yangi  guruhga  biriktirilgan 

har  bir  o‗quvchi  avvalgi  bosqichda  matn  mazmuni  yuzasidan  o‗zlashtirgan  

ma‘lumotlarni  guruhning  qolgan  a‘zolariga  so‗zlab  beradilar.  Shu  tariqa  qisqa 

muddatda  o‗quvchilar  mavzuning  umumiy  mohiyati  borasidagi  bilimlarga  ega 

bo‗ladilar.  

 

“Qora quti” metodi 

        Respondent 

o‗quvchilar  juftliklarga  biriktiriladilar  va  quyidagi 

topshiriqni  bajaradilar:  o‗qituvchi  tomonidan  berilgan  kartochkalarga  muayyan 

kasllliklar  (masalan,  yurak-tomir  kasalliklari,  teri  kasalliklari,  bo‗yrak  va  siydik 

yo‗li  kasalliklari,  asab  tizimi  kasalliklari,  nafas  olish  tizimi  kasalliklari  va 

boshqalar)  va  ularni  keltirib  chiqaruvchi  yoki  avj  olishiga  salbiy  ta‘sir ko‗rsatuvchi 

noqulay  mehnat  sharoitlarini  qayd  etishlari  zarur.  Belgilangan  muddat  o‗tgach, 

o‗qituvchi  topshiriqning  bajarilish  holatini  o‗rganadi.  Misol  uchun  asab  tizimi 

kasalliklari  va  ularni  keltirib  chiqaruvchi  noqulay  mehnat  sharoitlari  sifatida 

o‗quvchilar  quyidagilarni  ko‗rsata  olishlari  lozim:  Misol  uchun  asab  tizimi 

kasalliklari  va  ularni  keltirib  chiqaruvchi  noqulay  mehnat  sharoitlari  sifatida 

o‗quvchilar  quyidagilarni  ko‗rsata  olishlari  lozim:  zaharli  moddalar  bilan  ishlash, 

shovqin,  vibratsiya,  noqulay  mikroiqlim,  barqaror  diqqatni  talab  etuvchi  faoliyat, 

havoning  ortiqcha  gaz  yoki  chang  bilan  ifloslanganligi,  balandda  harakatlanuvchi 

mexanizmlarda  ishlash.  To‗g‗ri  javoblar  yozuv taxtasiga qayd etiladi va o‗qituvchi 

javob  variantlarining  mohiyatini  yoritib  berishni  o‗quvchilardan  so‗raydi.  To‗g‗ri 

javob  qaytargan  o‗quvchi  o‗qituvchi  rolini  bajaradi  hamda  juftliklarga  quyidagi 

mazmundagi  topshiriqni  beradi:  kasbga  aloqador  zararlarning  kelib  chiqishiga 

sabab  bo‗luvchi  harakatlarni  kartochkalarda  yoritib  berish.  Belgilangan  muddat 

o‗tgach,  ―o‗qituvchi‖  rolini  bajarayotgan  o‗quvchi  o‗qituvchi  rahbarligida  juftliklar 



 

29 


tomonidan  topshiriqning  bajarilish  holatini  o‗rganadilar  va  to‗g‗ri  javob  varianti 

yozuv taxtasida o‗z ifodasini topadi. To‗g‗ri deb topilgan javob variantida quyidagi 

harakatlar  ko‗rsatilishi  zarur:  yangi  xom-ashyo  turlarini  mohiyatini  sanitariya-

gigienik  jihatdan  yaxshi  bilmaslik,  mehnat  va  texnika  xavfsizligiga  to‗laqonli  amal 

qilmaslik,  mehnat  jarayonida  toksik  va  allergik  xossalarga  ega  bo‗lgan 

moddalarning  qo‗llash,  takomillashmagan  texnik  vositalar  xizmatidan  foydalanish, 

texnologik  rejimning  buzilishi,  shuningdek,  sanitariya-texnologiya  me‘yorlariga 

rioya etmaslik. 

 

Savol-javoblar asosida suhbatni tashkil etish 

         Mavzu  bo‗yicha  respondentlar  tomonidan  o‗zlashtirilgan  bilimlarni 

mustahkamlash  maqsadida ularga  quyidagi  savollar  bilan  murojaat  etiladi: 

1.  Inson  salomatligining  kasbiy  faoliyatni  tashkil  etishdagi  ahamiyatini 

qanday tushunasiz? 

2. Qanday sharoitlar  noqulay mehnat  sharoitlari  deb yuritiladi?      

3.  Qanday  kasallik  turlari  kasbiy  faoliyatni  samarali  tashkil  etishga  imkon 

bermaydi?  

4.  Kasbga  yaroqlilikni  cheklovchi  kasalliklarning  oldini  olishda  qanday 

chora-tadbirlar  qo‗llaniladi? 



 

«Sayohat» o„yini 

O‗yindan  biroz  oldin  jyuri  tayinlanib  bir  necha  guruhlar  shakllanadi  har  bir 

guruxda  5-6  tadan  kishi,  guruxlar  sardor  tayinlaydi.  O‗yin  ishtirokchilar  shaharlar 

qurush  talab  etiladi,  ma‘lum  izchillikda  masalan  shahar  1,  erudit  1  kutilmagan 

savolar  ochilmagan  sir-sinoat  1  va  …  Har  bir  shaharda  sardorlar  maxsus 

konvertlarda  topshiriqlar  oladilar  va  ularda  1  ta  asosiy va 2 ta qo‗shimcha savollar 

mavjud.  Guruh  faqat  shu  vazifani  bajarib  tekshirgandan  so‗ng  guruh  keyingi 

bosqichga  o‗tishga  haqqi  bor.  Har  bir  guruhning  maqsadi  iloji  boricha  hamma 

shaharda  bo‗lish.  Javoblar  ma‘lum  sistemada  qabul  qilinadi:  bunda  javoblar  soni, 

ijod, muammo  yechimida  yaxshilar,  guruh bir doimili  hisobga olinadi.   



 

30 


 

Download 459.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling