Andijon davlat universiteti sirtqi fakulteti
Download 58.32 Kb.
|
Sintaksis va uning predmeti. Sintaktik aloqa va sintaktik munosabat. So‘z birikmasi sintaksisi.
3. So‘z birikmasi va gap.
Sintaksisning asosiy o‘rganish ob`ektlaridan biri so‘z birikmasidir. Tushunchalar orasidagi turli munosabatlarni ifoda qilish uchun grammatik jihatdan o‘zaro birikkan ikki va undan ortiq so‘z so‘z birikmasi deyiladi. So‘z birikmasida ayrim tushunchalarni ifoda qiluvchi so‘zlar o‘zaro sintaktik munosabatga kirib, murakkab tushunchani bildiradi va boshqa-boshqa gap bo‘lagi bo‘lib keladi: Katta bino, Saodatning kitobi. Ko‘makchi so‘zlar o‘zi boғlangan mustaqil so‘z bilan birgalikda bir bo‘lak hisoblanadi: Maysalar ustida shudring tomchilari yarqiraydi. Voqelikni va unga bo‘lgan munosabatni ifoda qilish uchun grammatik jihatdan shakllangan, intonatsion hamda mazmun jihatdan nisbiy tugallikka ega bo‘lgan so‘zlar boғlanmasi yoki yakka so‘z gap deyiladi. Gap fikrni ifoda qiluvchi nutq birligi hisoblanadi. Uning xususiyatlari: - so‘zlarning birikuvidan tashkil topadi - muhim belgisi predikativlik - intonatsion tugallikka ega - fikriy jihatdan nisbiy tugallikka ega. Ifoda maqsadiga ko‘ra turlari: darak, so‘roq, buyruq. Bulardan tashqari undov gap ham bor. Tuzilishiga ko‘ra: sodda va qo‘shma. Sodda gap: bir tarkibli, ikki tarkibli. Bir tarkibli: egasiz bir tarkibli, kesimsiz bir tarkibli gap. egasiz bir tarkibli gap: egasi topilar gap, egasi topilmas gap. Egasi topilar gap: shaxsi aniq gap, shaxsi noaniq gap, shaxsi umumlashgan gap. Bulardan tashqari nominativ gap ham bor. Ikki tarkibli gap: ega tarkibli, kesim tarkibli. Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari: aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol. Xullas, gap har qanday tilda ham kommunikativ mohiyatga ega bo‘lgan asosiy birlik sanaladi. SHu paytga qadar gapga 300 dan ortiq ta`rif berilgan. Uning grammatik jihati, logik jihati. Psixologizm oqimi, formalistlar oqimlari qarashlari. Gap atamasi ikki ma`nolidir. Birinchi ma`nosi-til birligi aloqa uchun xizmat qilishga qaratilgan konstruktiv birlikdir. Bu gap modeli, gap formulasi deb yuritiladi. Ikkinchi ma`nosi konkret xabar konkret kontekst bilan boғliq bo‘lgan nutq birligidir. Gap qurilish modeli bilan ifoda mazmuninig birligi gapning asosiy kommunikativ xususiyati hisoblanadi. SHunday qilib, ob`ektiv borliq va unga bo‘lgan munosabatni ifoda qilib, grammatik shakllanib, nisbiy tugal fikr yoki his-tuyғu anglatib, intonatsion butunlikka ega bo‘lgan so‘z hamda so‘zlar birlashmasi gap deyiladi. Predikativlik gapning grammatik ma`nosini ifoda qiladi. U gap hosil qiluvchi kategoriya bo‘lib, gapda ifoda qilinayotgan fikrning borliqqa bo‘lgan munosabatini modal planda hamda zamon va shaxs-sonda ifoda qiluvchi kategoriyadir. Modallik predikativlikning tarkibiy qismi bo‘lib, fe`l mayllari, modal so‘zlar bilan ifoda qilinadi. Umuman predikativlik sintaktik mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalari, modal so‘zlar va intonatsiya orqali ifodalanadi. Download 58.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling