Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi


Nostok koloniyasi va hujayralarini ko‘rinishi


Download 0.64 Mb.
bet10/12
Sana04.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1158744
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Занглийлар тартиби

Nostok koloniyasi va hujayralarini ko‘rinishi.
Nostok (Nostots)lar turlicha shaklda va kattalikdagi shilimshiqli koloniyalar hosil qilishi bilan xarakterlanadi. Fiksatsiya qilingan nostok koloniyasi mavjud idishdagi suvdan bir tomchi olib, mikroskopning kichik ob’yektivida qaralganda koloniya shimilshiq po‘st bilan o‘ralganligini, koloniyasining shakli ellipssimon va ovalsimon ekanligi ko‘rinadi. Shilimshiq ichida Nostok iplari tartibsiz holda joylashadi. Nostok ipida vegetativ hujayralar bilan bir qatorda geterotsist va akinet hujayralar borligiga e’tibor bering. Geterotsistalar bor joydan uzilib, gormogonlar hosil qilish yo‘li bilan ko‘payadi. Gormogonlari doimo gomotsit tipda bo‘ladi. Gormogonlar hosil bo‘lishi davrida hujayra shakli o‘zgaradi. Ba’zi bentos holda yashovchi vakillarining vegetativ hujayralarida gaz vakuollari bo‘lmaydi. Bu vakuola faqatgormoniy hujayralarida yuzaga keladi. Gormogoniylar xarakat qilish xususiyatga ega bo‘lib, qalqib turgan ona koloniyadan ajralib chiqadi. Agar koloniya peridermali bo‘lsa, u yorilib, gormogoniylarda gaz vakuollari hosil bo‘lish va bukilib xarakat qilish vaqtida yangi joylarga tarqalishga yordam beradi. Biroz vaqtdan so‘ng gormogoniy xarakatdan to‘xtaydi va gaz vakuolasini yo‘qotadi. So‘ngra spiralsimon ip hosil qiladi. Bu vaqtda gormogoniylar hujayrasi notekis yoki uzunasiga ketgan to‘siqlar bilan ajraladi. Uzunasiga bo‘linish natijasida dastlab ikki yadroli ip hosil bo‘ladi, keyin alohida hujayralar ajraladi va egri-bugri ip shakllanadi. Egri-bugri ipchaning oxirgi xujayrasi geterotsistaga aylanadi, shilimshiqning keyingi o‘sishi faqat hujayralarning ko‘ndalangiga bo‘linishi hisobga boradi. Ba’zida nostoklarda gormogoniylarni shoxlanishi kuzatiladi, bular odatdagi shoxlanmaydigan gormogoniylardan o‘sadi. Sharsimon nostoklar ba’zida koloniyasini kurtaklanishidan ham ko‘payadi. Ko‘pchilik nostok turlarida gormogoniylar hosil qilishdan tashqari shakli va o‘lchami jihatidan farqqilmaydigan akinet sporalar ham hosil qiladi. Nostokda jinsiy jarayon kuzatilmaydi.
4. Kuzatilgan tuzilishi va ko‘payish jarayoni albomga chizib olinadi.
1. Gleokopsa va mikrosistning preparatini tayyorlab mikroskopning dastlab kichik ob’yektivi orqali ko‘ring va ularning rasmini albomga chizing. Koloniyalarning tuzilishiga va shilimshiq po‘stining harakteriga ye’tibor berish.
2. Nostok va gleotrihiya koloniyalarning umuiy ko‘rinishini ko‘zdan kechish. Ularning bir qismini olib predmet oynasiga qo‘yib, so‘ng qoplog‘ich oynani yopib, uning ustidan barmoq bilan yehtiyotlik bilan bosib, dastlab mikroskopning kichik ob’yektivida, keyin katta ob’yektiviga o‘tkazib ko‘rish. Hujayralarning tuzilishi, geterotsista va sporalarga ye’tibor berish. Kolloniyalarning umumiy ko‘rinishini, ipning bir qismini albomga chizib oling va nomlarini belgilang.
3. Ossilatoriyaning tirik namunasidan preparat tayyorlab, mikroskopik kichik ob’yektivi orqali uning iplariga diqqat bilan qarab, ipning tomonini tebranib turishini kuzating. Talomning umumiy ko‘rinishini chizing.
Mavzuga oid adabiyotlar.
5. "Tuban o‘simliklar" Tojiboyev Sh.J Toshkent., 1995 y,
6. "Botanika" L.I.Kursanov, Toshkent. 1963 y
7. Kursanov L.I. "Botanika" II tom, Toshkent. 1963 y,
YEchimini kutayotgan ilmiy muammolar.
Modul bo‘yicha yakuniy xulosalar
1 Tabiatda tuban o‘simliklarning ahamiyati juda katta. Suvo‘tlari suv havzalaridagi hosil bo‘ladigan organik moddalarining 80 % ni tashkil yetadi. Ayrim bakteriyalar va suvo‘tlari atmosfera azotini bog‘lab, tuproqni boyitadi. Bakteriyalar va zamburug‘lar tabiatdagi barcha organik qoldiqlarni parchalovchi geterotrof organizmlar hisoblanib, moddalarning almashinishida muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek tuban o‘simliklarning bir qator vakillari oziq-ovqat, dori-darmon va fiziologik aktiv moddalar olish uchun manba hisoblansa, boshqa vakillari yesa o‘simlik, hayvon va odamlarda kasalliklarni yuzaga keltiruvchi organizmlar sifatida ye’tiborni o‘ziga jalb qiladi.
2 Suvo‘tlar avtotrof tuban o‘simliklar hisoblanib, aksariyati suvda hayet kechiradi va sistematik jihatidan pigmertlar tarkibi, zahira ozuqa moddalari, hivchinlarining joylashishi kabi birqator belgilari bilan farq qiluvchi quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi:
3 Eukariotik suvo‘tlarning hujayra sitoplazmasi o‘zining tuzilishi bo‘yicha yuksak o‘simlikldardan keskin farq qilmaydi. Lekin ayrim sitoplazmatik organoidlar o‘ziga hos joylashgan bo‘lib, ular joylashgan o‘rni va
strukturasi biroz soddaligi jihatidan ajralib turadi.
4 Ko‘k - yashil suvo‘tlar hamma joyda tarqalgan. Ular boshqa o‘simlik o‘sa olmaydigan har qanday joyda ham o‘sa oladi.
YEryuzinibirinchibo‘libqoplaydigano‘simliklarhamshularhisoblanadi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling