Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi


Download 0.64 Mb.
bet4/12
Sana04.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1158744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Занглийлар тартиби

G‘alla zang zamburug‘i
1- Teleytosporaning o‘sishidan bazidiy va bazidiysporalarni vujudga kelishi,
2- zang zamburug‘i bilan zararlangan zirk novdasi, 3-zararlangan zirk bargini ko‘ndalang kesimi. 4- zang bilan zararlangan bug‘doy poyasi, 5-uredospora, 6-teleytospora.

Takomillashmagan zamburug‘larning mitseliysi yaxshi taraqqiy etgan hujayra gifalaridan tuzilgan. Jinsiz ko‘payishi konidiyalar ishtirokida boradi. Jinsiy ko‘payish kuzatilmaydi. Ajdod 30000 dan ortiq turlarni o‘z ichiga oladi.


Deyteromitsetsimonlar konidiy sporalari hosil qilishiga, konidiy bandlarining rangiga, tuzilishiga va boshqa belgilariga qarab, sistemaga solinadi. Shunga ko‘ra ularning sistemasi sun’iy sistema hisoblanadi. Bu sistema qulay hisoblansada, lekin filogenetik bog‘liqlikni namoyon etmaydi. Shunga ko‘ra bu ajdod uchta qabila ajratiladi.
1. Gifomitsetsimonlar (Hyphometes)-konidiya bandlari yakka-yakka bo‘lib, yoki to‘p-to‘p bo‘lib, koremiya degan kattaroq bog‘lamlarda joylashadi.
2. Melankoniumnamolar (Melansoniales)-konidiya bandlari mitseliy uchlari joylashgan bo‘lib, loje yoki stroma deb ataladi.
3. Sferopsidnamolar (Sphayeropsidales)-konidiyalari piknidiya ichida joylashadi. Piknidiyalari sharsimon, noksimon va cho‘ziq bo‘lib, konidiya bandlari uchidagi konidiyagen hujayralaridan shilliqning konidiya sporalar hosil qiladi.



Zang zamburug’ining gaploidli mistelysida
piknidosporalarning rivojlanishi

Ammo ular yangi kasallik tug‘dirmaydi, lekin jinsiy dikariotik mitseliy hosil bo‘lishida ishtirok etadi.


Zaqg zamburugining bazidiosporalari har xil jinsli. Zidiosporalar morfologik jihatdan farq qilmasada, ammo o‘sganda har qaysi (Q) yoki belgi gaploidli mitseliylar beradi, lekin ular bir-biri bilan qo‘shilmaydi. Har xil jinsli va har xil belgili piknidiosporalar o‘sib, gaploidli mitseliylar hosil bo‘lgach ular juftlashib, ikki yadroli, ya’ni dikariotik mitseliy rivojlanadi. Bu jarayon bir-biriga yaqin bo‘lgan har xil belgili pikinidiosporalarning hasharotlar vositasida tarqalishi natijasida sodir bo‘ladi.
Etsidiy taraqqiyot davrining boshlanishida ikki xil: steril (toza, samarasiz) yirik va murakkab giflardan tashkil toptan sitoplazmaga boy hujayralardan iboratdir. Sitoplazma ichida gaploidli vahar xil belgili giflar qo‘shilib, ikki yadroli hujayraga aylanadi. Bu missliydan parallel chiqdan naychasimon hujanralar bo‘lib, etsidiy ostida Satlam hosil qiladi. Bazal hujayralarning yadrolari bo‘linib, ikki yadroli bahorgi sporalar va epidio-sporalar uyumini hosil qiladi. Bu hujayralar bir qator qalin po‘stli parda bilan o‘ralgan bo‘ladi. Mazkur pardaga peridiy deb ataladi. Peridiy pardasi yirtilgach epidiosporalar chiqib shamol yordamida tarqaladi va g‘alla o‘simliklarning barg hamda poyasiga tushgandan keyin usadi.
Ba’zi zang zamburuglarda peridiy qatlami hosil bo‘lmaydi. Epidiosporalar zanjir shaklida joylashadi, bunga seoma, B) deyiladi.
Endiospora sharsimon, ikki yadroli. Uning taraqqiyoti faqat galla o‘simliklarning barg va poyasi­ga tushgandan keyin boshlanib, gif hosil qiladi. Gif epidermis hujayrasining labchalari orqali o‘simlik to‘qimasi ichiga kiradi va hujayra oralig‘ida o‘sib, diploidli miseliyga aylanadi. Keyinchalik ikki yadroli mitse­liy yozgi spora — uredospora hosil qiladi. Uredo-sporalar oyoqchali hujayralardan tash­kil topgan bo‘lib, galla o‘simliklarning barg va poyasida sariqqo‘ngir dog‘lar hosil qiladi.




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling