Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi


G‘alla zang zamburug‘ining etsi diy xillari


Download 0.64 Mb.
bet5/12
Sana04.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1158744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Занглийлар тартиби

G‘alla zang zamburug‘ining etsi diy xillari.
A — etsidiy; B — seoma.
Puccinia graminis (zang) zamburugida yadro fazalarining almashish tasviri. Yupqa tarh, (kontur) bilan gaploid faza, ikki kator tarh bilan dika-riofit, qora qalin tarh bilan diploid fa­za ko‘rsatilgan. 1 — bazidiospora, 2—etsi-dispora, 3 — uredospo­ra, 4 — teleytospora.


Uredosporalar oyoqchali hujayradan uzilib, shamol yordamida tarqaladi va sog‘ o‘simliklarni zararlaydi. Yoz davomida uredosporalar o‘n martabagacha sog‘ o‘simliklarni zararlashi mumkin.
O’simlik tanasidagi oziq moddalar tugashi bilan zamburug‘larning dikariotik mitseli kishki spora — teleytosporaga aylanadi. Bu sporalar ikki hujayrali bo‘lib, keyinchalik ularning yadrolari bir-biri bilan qo‘shilib, diploidli, qalin po‘stli tinim davridagi hujayralar — teleytosporalarga ayla­nadi. Teleytosporalar qora bo‘lganligidan shu sporalar to‘plagan yostiqchalar qora rangga kiradi.
Teleytosporalar qishlab, kelgusi bahorda una bo'shlaydi. Bunda har bir hujayra o‘sish naychasi — bazidiy hosil kiladi, diploid yadro shu bazidiyga o‘tadi, bazidiy ichidagi diploidli yadro reduksion bo‘linib, bazidiosporalar yetiladi. Bazidiosporalar shamol bilan tarqalib, zirk bargiga kelib tushadi va shu yerda unib, bir yadroli hujayralardan tashkil topgangaploidli mitseliyga aylanadi. Gaploid mitseliyning o‘sishidan pikkidi va etsidiy taraqqiy etadi.
G‘alla zang zamburug‘i tirik o‘simliklardan tashqarida mutlaqo yashay olmaydigan haqiqiy parazitdir. Ularning to‘la rivojlanish davri hamisha ikki o‘simlik organlarida boradi.
G‘alla zang zamburug‘ining to‘la taraqqiyot davrida to‘rt xil spora kuzatiladi: O — piknidi va piknidiospora-lar, bu'sporalar o‘simlikni zararlan-tirmaydi, 1—etsidi va etsidiospora-lar — bahorgi spora, 2— urejiospora — yozgi spora, 3— teleytospora — qishki spora, 4— bazidiy va bazidiospora.
G‘alla zang zamburug‘ining taraqqiyot davrida ikki: gaploid va diploid fa-zalar kuzatiladi.
1. Gaploid faza bazidiy va bazidiosporaLardan boshlanadi hamda zirk-dagi gaploid mitseliydan iborat bo‘ladi, bu mitseliydan piknosporalar va boshlang‘ich etsidiyalar yetiladi.
2. Diploidli faza har xil ikki belgili ( Q ) va (—) mi-sellarining qo‘shilishidan dikariotik epidiosporalar rivoj-lanadi va g‘alla o‘simligida uredospora taraqqiy etadi. Bu sporalar vegetatsiya davrida bir necha marta takrorlanadi, keyin teleytosporalar vujudga keladi.
Gaploidli bazidiy zirkka tushgach o‘sib, piknidi va etsi­diy beradi, diploidli uredo va teleysporalar esa, g‘alla o‘simligining barg va novdasida hosil bo‘ladi. Bu xrdisa har xil xo‘jayinlik deb yuritiladi. Biroq, ikkala mitseliysi bir o‘simlikda taraqqiy etadigan bir xo‘jayinli boshqa zam-burug‘lar xam tabiatda uchraydi. Masalan, malina, zig‘ir, kungaboqar va boshqalar shular jumlasidandir. Zang zamburug‘lar tartibi ikki oilaga: puksiniyadoshlar va melamsporadoshlarga bo‘linadi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling