Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi


Bazidiomitsetsimonlarning kelib chikishi va evolyutsiyasi


Download 0.64 Mb.
bet7/12
Sana04.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1158744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Занглийлар тартиби

1.3 Bazidiomitsetsimonlarning kelib chikishi va evolyutsiyasi
Bazidiomitsetsimonlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi masala hozircha tortishuvlarga sabab bo‘lmoqda. Chunki mazkur zamburug‘larning mevatanasi xaltachali zamburug‘larnikiga qaraganda ko‘proq shakllangan, ammo shu bilan bir qatorda jinsiy jarayon bo‘yicha yuksak zamburuglarning asosiy rivojlanish o‘qidan chetga chiqqan, jinsiy jarayon bularda haddan tashqari soddalashgan.
Xaltacha bilan bazidiyaning gomolog ekanligini isbot qilinishi askomitsetsimonlar bilan bazidiomitsetsimonlarning kelib chiqishi umumiy va ular o‘rtasida yaqin filogenetik aloqalar bor, deb faraz qilishga asos bo‘ladi. Bazidiomitset-simonlar ildizi bilan askomitsetsimonlarniki bog‘langan va deyarli parallel rivojlangan deyishimiz mumkin. Ammo, askomitsetsimonlar bilan bazidiomitsetsimonlar o‘rtasida hozir hech qanday oraliq formalar mavjud emas. Eng tgsho-narli fikrlardan biri shuki, askomitsetsimonlar ham, bazi­diomitsetsimonlar ham zigomitsetsimonlardan hosil bo‘lgan. Lekin askomitsetsimonlar bilan zigomitsetsimonlar o‘rtasida bir qator oraliq formalar mavjud bo‘lsa, bazidiomitset­simonlar uchun bunday formalar noma’lum. Xaltacha bilan bazidiyaning gomolog ekanligini hisobga olib yana shunday fikrni aytish mumkinki, bazidiomitsetsimonlar balki zigo­mitsetsimonlardan endigina hosil bo‘lgan askomitsetsimonlardan kelib chiqqan va ular bilats parallel rivojlangan.
Hozirgi vaqtda bazidiomitsetsimonlarning monofiletik kelib chiqishi nazariyasi ustun bo‘lib turibdi, ya’ni taraqqiyot ekzogen. jinsiy spora hosil qilish va uning murakkabla-shuvi tomon borgan.
Barcha bazidiomitsetsimonlarda ontogene-zining bir xilligi, bazidiyaning shakllanishi va sporalar-ning otilish xususiyatlari bu fikrning isbotidir.
Endi bazidiomitsetsimonlar sinfining evolyutsiya masalasiga kelsak, hal etuvchi savol bitta: bazidiyaning qaysi xili birlamchi va sinfning qaysi guruhi ajdodlarga yaqinroq.
Ishonch bilan aytish mumkinki, bir hujayrali bazidiya birlamchi bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham xolobazidiyani va xolobazidiomitsetlilarni ajdodlariga eng yaqin guruh deb q'arash mumkin. Shunday qilib, bazidiomitsetsimon zamburug‘lar filogenetik sxemasining asosiga xolobazidiomitsetlilar va­killari qo‘yilishi kerak. Ana shunday bazidiomitsetlilarga hozirgi zamonda uchraydigan Aphyllophorales tartibi vakillari misol bo‘ladi. Geterobazidiomitsetlarning Dacrymycetales va Tulasnellales tartiblari vakillarini ham ko‘rsatib o‘tish mumkin, chunki ularda ham bazidiyasi to‘siqlarga ega emas, ammo uzun sterigmalarga ega.
Quruqlikka moslashgan zamburug‘larning umumiy evolyutsiyasi 2 xil biologik moslashuv bilan bog‘liq: 1) gimeniy qatlamini noqulay sharoitdan saqlab qolish: 2) sporalar-sing tarqalishini ta’minlash. Mevatananing bundatg keyin-gi murakkablashuvi va takomillashuvini Agaricales tartibida ko‘rishimiz mumkin. Biroq haligacha. afiloforalilar bilan plastinkalilarni birlashtirib turadigan oraliq formalar aniqlanmagan.
Gasteromitsetlar so‘zsiz filogenetik jihatdan Agaricales tartibi bilan qarindoshdir, chunki ular o‘rtasida anch'agina oraliq formalar mavjud. Ammo gasteromitsetlarning o‘zlari qaysi guruhdan kelib chiqqani noma’lum bo‘lnb qolmoqda.
Geterobazidiomitsetlardan Tremellales tartibining tuban vakil­lari ham birlamchi bazidiomitsetlarga yaqin turadi, chunki ularning bazidiyasi ham uzunasiga, qiyshiq yoki hatto noto‘liq to‘siqqa ega bo‘lishi mumkin. Ularning mevatanasi ham sodda tuzilishga ega. Tremellales tartib vakillaridan Auriculariales turlari kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Ularning mevatanasi oddiy va bazidiyalari ko‘ndalang to‘siqlar bilan bo‘lingan.
Teliobazidiomitsetlilardan hozirgi vaqtda qorakuya zamburug‘lari ham, zang zamburug‘lari ham Auriculariales tartibidan kelib chiqqan deb taxmin qilinmoqda, chunki uning ba’zi vakillarida (Septobasi-diaceae) oilasi qorakuya sporalariga va teleytosporalar (teliosporalar) ga o‘xshash sklerobazidiyalar rivojlanadi. Ana shu skleroba-zidiyalar boshlang‘ich bazidiya yoki probazidiya deb qaralmoqda. Qorakuya va zang zamburug‘larida mevatananing yo‘qligi ularning para­zit hayot kechirish usuli bilan tushuntirilmoqda.
Shunday qilib, bazidiomitsetsimonlar taraqqiyotidagi aso­siy yo‘nalishni xolobazidiomitsetlar egallagan deb, geterobazidiomitsetlilarni va teliobazidiomitsetlilarni esa chetga chiqqan yo‘nalish deb qarash mumkin.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling