Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi


G‘alla zang zamburug‘i teleytosporasining o‘sishidan fragmobazidiy va bazidispora-larning hosil bo‘lishi


Download 0.64 Mb.
bet3/12
Sana04.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1158744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Занглийлар тартиби

G‘alla zang zamburug‘i teleytosporasining o‘sishidan fragmobazidiy va bazidispora-larning hosil bo‘lishi.
Zang zamburug‘ining mitseliysi zararlangan o‘simlik barg epidermisi orqali 'to‘qimaning ichiga ki­rib, hujayra oralig‘i bo‘ylab tarqaladi va gaustoriyalari yor-damida tayyor organik moddalarni so‘rib oladi. Mitseliy va spora tarkibida sariq rangli yog‘tomchilari bo‘lib, karotinga yaqin turadi. Shuning uchun ham bu zamburug‘ bilan kasallangan g‘alla o‘simliklarining poya va barglari" pushti, qizil, sarik-qo‘ng‘ir rangda ko‘rinadi.
Bu tartibga kiruvchi zamburug‘larning taraqqiyot davri gal­la zang zamburug‘i (Puccinia grami.nis) misolida to‘liq o‘rganilgan.

G‘alla zang zamburug‘ining taraqqiyot sikli, zirk bargida:
1 — ziknidi; 2 — etsidiy, 3 — uredospora,
4 — teleytospora, 5 — teleytosporaning usishidan bazidiy va
bazidiosporalarning vujudga kelishi.


Mazkur zamburug‘ zirk va yovvoyi hamda madaniy o‘simliklarning barg va poyalarida parazitlik qiladi. Zang zamburug‘ining taraqqiyot davri qishki teleytysporalarning o‘sishidan boshlanadi. Teleytospora kuzda g‘alla ekinlarining poyasida to‘q jigarrang yoki qoramtir tusda o‘sish davrining oxirida paydo bo‘ladi. Teleytospora o‘simlik poya-si bilan yerga tushadi va tinim davrini qor tagida o‘tkazadi, bahorda o‘sadi, shuning uchun uni kishki spora deb ataladi.
Teleytosporaning o‘sishidan bazidiy va bazidiosporalar vujudga keladi. Bazidiosporalar hosil bo‘lishdan oldin te­leytospora hujayrasidagi diploidli yadro bo‘linadi, natijada to‘rtta gaploidli yadro bazidiyga o‘tib, har qaysisidan bittadan bazidiospora vujudga keladi. Bazidiospora yupqa po‘stli mikroskopik hujayra bo‘lib, u bazidiy bandi—sterigma uchida o‘rnashadi.
Bazidiosporalar pishib yetilgach uzilib, shamol vositasida tarqalady. Ular zirkning yosh bargiga. tushgandagina o‘z taraqqiyotini davom ettiradi. Ko‘klamda ekinning yangi o‘sib chIqqan nozik bargiga tushgan bazidiospora barg epidermisi orqali barg to‘qimasining ichiDa, o‘rnashib, hujayra oralig‘i bo‘ylab tarqaladi, u yerda o‘sa boshlaydi va bir yadroli gif-larga aylanadi. Gif o‘sib, mitseliy hosil qiladi. Mitseliy ikki xil spora beruvchi organlar: bargning ustki qismida piknidi (spermatsiy), ostida esa etsidiy vujudga keladi (rasm, 1, 2). Taraqqiyot davrining boshlanishida piknidi va etsidiy dumaloq shaklli giflar to‘plamidan iborat bo‘lib, bir-biridan farq kilmaydi. Keyinroq piknidi ko‘zachasimon shaklga ay­lanadi. Piknidi devorlaridan sariq tusli spo­ra vujudga keladi. Bu sporalarga piknidiospora yoki spermatsiya deyiladi. Piknidiospora-lar yetilgach o‘simlik epi­dermis qismini pastdan yuqoriga bosib yirtadi. Hosil bo‘lgan tor teshik-chadan katta bandli gif ko‘tariladi, bunga perefiz deb ataladi. Ana shu giflarga piknidiospora-lar yopishadi. Piknidi ichidagi xushbo‘y shirali modda ichida yopishgan piknidnospora rasm. Zang zamburug‘ining gaploidli uyashyapp'tlya yoplyami mitseliysida piknidosporalarning.
Piknida - ko‘zasimon shaklida bo‘lib, xaltacha va sporalarni chiqaruvchi teshigi bor. Avvalo piknidiy gaploid gifalar yig‘indisidan iborat bo‘lib, teshiklaridan piknoforalar ajraladi. Piknidiy rivojlanib, ustki epidermani yorib gifalarning bir qismi ko‘rinadi. Piknidioosporalar plyus (Q) va minus (-) belgili bo‘lib, bargning to‘qimasida gifalari qo‘shilib dikarion mitseliysi etsidiya hosil qiladi. Yosh etsidiyalarni ko‘rganimizda ular sharsimon shaklida bargning parenximasiga botgan holda bo‘lib, ichida yetilayotgan etsidiyasporalar borligi ko‘rinadi. Etsidiosporalarni peridiy (choyshab) qoplangan. Voyaga yetgan etsidiyalar bargning pastki epidermasini yorib, bokalsimon shaklga aylanadi. Ularda etsidiosporalar to‘g‘ri tik bo‘lib joylashadi.
Etsidiyaning tubida joylashgan uzunchoqhujayralaridan etsidiyalar ajraladi, ular bargning to‘qimasidagi gifalarning davomchisi deb hisoblanadi. Etsidiosporalar shamol vositasida boshoqdoshlarning barg va poyalariga borib tushadi.
3. Mikroskopda ko‘rilganlar va ko‘payish sikli jadvaldan albomga chizib


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling