Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi


Puksiniyadoshlar oilasi — Puccinaceae


Download 0.64 Mb.
bet6/12
Sana04.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1158744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Занглийлар тартиби

1.2 Puksiniyadoshlar oilasi — Puccinaceae
Bu oilaga kiruvchi zamburug‘larning teleytosporasi bir hujayrali, ba’zan zanjirli va bandli bo‘lib, asosan yopiq urug‘li o‘simliklarda parazitlik qiladi. Bir va ikki xivchinli. Eng muhim turkumlari: uromitses, punksiniya va fragmidium.
Uromitses (Uromyces) turkumi o‘z ichiga 500 turni oladi. Teley­tosporasi bir xujayrali, etsidiy va peridiyga ega. Ikki uyli pa­razit, uredo va teleytosporalari dukkakdoshlar oilasidan, etsidio-sporasi sutlamadoshlarning har xil turlaridan rivojlanadi.
Puksiniya (Puccinia) turkumi 2000 ga yaqin turni birlashtiradi. Teleytosporasi ikki hujayrali, etsidiy va peridiyga ega. Galladosh-lar, piyozdoshlar, soyadondoshlarda parazitlik kiladi.
Fragmidium (Phragmidium) turkumiga kiruvchi zamburug‘larning teleytosporasi ikkiuch hujayrali, epadiy va peridiysiz. Bir atirguldoshlar oilasida parazitlik kiladi.
Melamsporadoshlar oilasi — Melampsporaceae.
Bu oilaning teleytosporasi bandsiz, zanjirga o‘xshash ustuncha xosil qiladi. Ko‘pchilik turlari ikki xo‘jayinli, epidiysi ochiq urug‘lilarda, uredospora va teleytosporalari ikki pallalilarda hamda paporotniklarda yashaydi. Bir xo‘jayinli vakillari ikki pallalilarda parazitlik qiladi.
Bu oilaning keng tarqalgan turkumlariga melamspora, koleosporium va xrizomiksa kiradi.
Melamspora turkumi (Melamspora). Teleytosporasi zichlashib, yassi qobiqcha hosil qiladi. Epidiyda peridiy bo‘lmaydi. Bir va ikki-hujayrali parazit bo‘lib, schiq urug‘lilarda va ikki pallali o‘simliklarda yashaydi.
Zang zamburug‘lari mutlaqo yoki obligat parazitlar bo‘lib, ularning taraqqiyot davrlari faqat tirik o‘simliklar organi bilan bog‘lanadi. Bu zamburug‘lar parazitlik qilishga o‘tib olgani munosabati bilan, bir tomondai, mevatanalarini yo‘qotib, soddalashgan, ikkinchi tomondan, bir qancha maxsus mos-lamalarni kasb etgan.
Zang zamburuglarning eng sodda vakillari melamspora-doshlar oilasi bo‘lib, ular asosan ochiq urug‘lilarda va pa-porotniklarda parazitlik qilishga moslashgan. Punknidiya-doshlar oilasining vakillari evolyutsiya jarayonida mukam-mallashib, yopiq urug‘li o‘simliklarga parazitlik qilishga o‘tgan.
Zang zamburug‘lar evolyutsiya davomida avrikulyariyalilardan kelib chiqqan.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling