Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi


II BOB Deyteromitsetlar yoki takomillashmagan zamburug‘


Download 0.64 Mb.
bet8/12
Sana04.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1158744
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Занглийлар тартиби

II BOB Deyteromitsetlar yoki takomillashmagan zamburug‘.
2.1 Deyteromitsetsimon zamburug‘larni
Deyteromitsetlar yoki takomillashmagan zamburug‘lar sin-fi 25—30 mingdan ziyod turni o‘z ichiga olgan. Ularning miseliylari bo‘g‘imli, ya’ni ko‘p hujayrali, hayot sikli faqat gaploidli davr bilan tugaydi. Jinsiy jarayon sodir bo‘lmaydi. Jinssiz yo‘l bilan ko‘payishi konidiyasporalar vosi-tasida ro‘y beradi. Ularda, kupivda mitseliy getersjariotik bo‘ladi. Geterokariozisli yadrolar oomitset, xaltachali, zigomitsetli zamburug‘larda ma’lum. Ammo, takomillashmagan zam-burug‘larda bunday sharoitga moslashish, adaptatsiya etish natijasida sodir bo‘ladi.
Deyteromitset zamburug‘lar konidiya sporalari xrsil qilishiga, konidiya bandlarining rangiga, tuzilishiga va bosh-qa belgilariga qarab, sistemaga solinadi. Shunga ko‘ra ular­ning sistemasi sun’iy sistema hisoblanadi.
Deyteromitset zamburuglarining vegetativ tanasidagi mitseliy gaploidli fazada bo‘lib, u ko‘p yadroli hujayralardan iborat. Mitseliy bo‘g‘imli, bo‘gimlar oralig‘ida xaltachali zamburug‘larnikiga o‘xshash sporalar bo‘ladi.
Deyteromitsetsimon zamburug‘larni vakillari tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pchiligi saprotrof oziqlanadi. Ular tuproqda va boshqa tur zamburug‘lar ichida ko‘pchilikni tashkil etadi. Shular orasida Trixodesma (Trichodesma) katta ahamiyatga ega. U tuproqdagi organik chiqindilarni, sellyuloza va ligninni chiritishda muhim rol o‘ynaydi.
Shu bilan birga deytromitsetsimonlar vakillari yuksak o‘simliklarda parazitlik qilib, ekinlarga katta ziyon keltiradi. Masalan, vertitsellum va fuzarium g‘o‘zada uchraydigan so‘lish-ya’ni vilt kasalligini tug‘diradi.
2. Gerbariydan vertitsellum zamburug‘i bilan zararlangan g‘o‘za yoki kartoshka bargi va poyasi avval lupa ostida qaraladi. Lupa ostida konidiylarini ko‘rish mumkin. Mikroskopda qaralganda esa zamburug‘ning konidiya bandlari halqa shaklida joylashganligini va ularning uchida alohida-alohida joylashgan konidiyalarni aniq ko‘rish mumkin. Konidiyabandlar va konidiyalarni rasmlari chizib olinadi.
VERTISILLUMDAHLIAE gifomitsetnamolar ajdodining muhim vakil hisoblanadi. U juda xavfli bo‘lib, g‘o‘zada so‘lish (vilt) kasalligini keltirib chiqaradi. G‘o‘zaning furazium zamburug‘i bilan zararlangan ildizini gerbariy materiali yoki ho‘l preparatdan namuna olib, mikroskopning kichik va kata ob’yektivlarida qaraladi. Katta ob’yektivda bir-biridan farqqiluvchi makrokonidiyalarni va mikrokonidiyalarni ko‘rish mumkin.
Mikrokonidiyalar urchuqsimon yoki o‘roqsimon bo‘lib, 4-10 ta hujayralardan tashkil topgan. Mikrokonidiyalar esa kichik va bir hujayrali, yoki ikki to‘siqli konidiyalardan iborat.
Mikrokonidiya va makrokonidiyalarni rasmlari chizib olinadi.
Fuzarium turkumi vakillari tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, tuproqda, o‘simlik qoldiqlarida saprotrof yashaydi. Ular madaniy o‘simliklarda yashab, so‘lish kasalligi keltirib chiqaradi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling