Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi


Download 1.7 Mb.
bet12/15
Sana07.03.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1247733
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Zigomitsetlar

Zamburug’larning umumiy tavsifi.
Zamburug’lar inson uchun ikkita muhim, bir-biriga zid bo’lgan – yemiruvchi, lekin foydali vazifani bajaradi. Zamburug’lar chiqindilarni parchalab, ularning ko’payishiga imkon bermaydi. Shuningdek, ular o’simliklar rivojlanishi uchun zarur bo’lgan mineral tuzlarni tuproqqa qaytaradi. Ayrim zamburug’lardan ko’plab kasalliklarga davo bo’luvchi dorivor moddalar olinadi. Zamburug’ning o’simlik va hayvonlarni kasalga chalintiruvchi ayrim turlarini zararsizlantirish uchun inson doim ularga qarshi kurash olib boradi.
Zamburug’lar boshqa o’simliklar yordamida ko’payadi. Boshqa o’simliklar ozuqa uchun xlorofill ko’magida karbonat angidrid va suvdan shakar ishlasa, xlorofillsiz zamburug’lar bunday xusususiyatdan mahrum. Shuning uchun ham ular ozuqa moddani yashil o’simliklardan oladi. Zamburug’larning turi ko’p. Ularning aksariyati tuzilish jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Ayrim zamburug’lar, masalan bakteriya va achitqilar, bitta hujayradan iborat.
Shilimshiqli unli motor ham zamburug’ turiga kiradi. U boshqa o’simliklardan farqli o’laroq, chirigan daraxt tanasi yoki nam jism yuzasini qoplovchi ilviroq yupqa pardaday katta miqdordagi protoplazmadan hosil bo’ladi. Zamburug’larning bakteriya, achitqi va unli mog’ordan boshqa turlari rangsiz tolalardan iborat. Ular ,,mitseliy” yoki ,,zamburug’ tanasi” deb ataladi. Zamburug’ o’simtalari boshqa o’simlik yoki jism ichkarisiga kirib, ozuqa shimadi. Zamburug’ning rivojlanishi va ozuqani hazm qilishi uchun suv zarur. Shu sababdan ham ular quruq iqlim sharoitida o’sa olmaydi.
Po’panak zamburug’i non va namda qolgan matolarni chiritadi. Zamburug’larning ayrim turlari pishloqlarga o’ziga xos hid berish va dori ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Tanovul qilinishi mumkin bo’lgan va zaharli hisoblangan qo’ziqorinlar ham zamburug’lar oilasiga kiradi. Bunday qo’ziqorinlar bandininng asosiy qismi yer tagida bo’lib, tepasidagi spora ishlovchi qalpoqchasi yer yuzasiga chiqishdan oldin shakllanadi.
Zamburug’lar haqida tushuncha. 
Zamburug’lar (micota) – tuban o’simliklarning xlorofilsiz va tuzilishi juda turli-tuman bo’lgan eng katta bo’lim hisoblanadi. Zamburug’lar tayyor organik moddalar hisobiga yashaydi, ya’ni geterotrof organizm hisoblanadi. Odatda o’simliklarda, tuproqda, suvda, hayvonlarda yoki ularning qoldiqlarida hayot kechiradi. Oziqlanish usuliga qarab parazit va saprofit zamburug’larga bo’linadi. Parazit xolda ovqatlanish tirik organizm hisobiga, saprofit holda oziqlanish o’lik organizm hisobiga boradi. Yer yuzida zamburug’larning odamlar va hayvonlar uchun zararli va foydali bo’lgan 100.000 dan ortiq turi uchraydi. O’zbekistonda esa 3000 ga yaqin turi tarqalgan. Zamburug’lar haqidagi fan mikologiya deb ataladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling