Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi


Zigomitsetlar - Zygomycetes sinfi


Download 1.7 Mb.
bet4/15
Sana07.03.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1247733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Zigomitsetlar

2.2 Zigomitsetlar - Zygomycetes sinfi.
Zigomitsetlarning ko`payishidagi o`ziga xos xususiyatlari. Mukornamolar va Entomoftoranamolar tartiblari va ularning muhim vakillari.
Askomitsetlar, yoki Xaltachali zamburug`lar - Ascomycetes sinfi. Xaltachali zamburug`larning umumiy tavsifi. Xaltacha va askosporalarining rivojlanishi. Mevatanasining hosil bo`lishi va xillari. Kenja sinflarga bo`linish asoslari.Gemiaskomitsetlar kenja sinfi va ularning asosiy vakillari Euaskomitsetlar kenja sinfi. Tartib va guruhlarga bo`linish asoslari. Plektomitsetlar tartiblar guruhiva ularning asosiy vakillari. Pirenomitsetlar guruhi va ularning muxim vakillari. Diskomitsetlar guruhi, mevatanalari va xaltachalarining o`ziga xos tuzilishi. Muhim vakillari. Xaltachali zamburuglarning kelib chiqishi va axhamiyati.
Bazidiomitsetlar, yoki bazidiyali zamburug`lar – Basidiomycetes sinfi. Ularning umumiy tavsifi. Bazidiya va bazidiya sporalarining hosil bo`lishi. Kenja sinflarga bo`linish asoslari. Gimenomitsetlar guruhi va ularning muhim vakillari. Teliobazidiomitsetlar kenja sinfi. Qorakuya zamburug`lari va ulaning rivojlanish sikli. Zang zamburug`lari va ularning rivojlanish sikli. Bazidiyali zamburug`larning kelib chiqishi.
Deyteromitsetlar, yoki Takomillashmagan zamburug`lar -Deuteromycetes sinfi. Tallomining tuzilishi, ko`payishi va muhim vakillari.
Lixenologiya. Lishayniklar – Lichenophyta.
Lishayniklarning umumiy tavsifi. Lishayniklar tallomidagi suvo`tlar va zamburug`lar, ularning o`zaro munosabati, taksonomik guruhlari, morfologik xillari. Lishayniklar tallomining anatomik tuzilishi. Lishayniklarning axamiyati.

1 – rasm. Qalpoqchali zamburug`ning tuzilishi.

Jinsiy ko’payishi. Jinsiy ko’payishi ikki xil usulda amalga oshadi:
Oogamiya
Konyugatsiya
Yuqori darajada murakkab tuzilgan zamburug’larning jinsiy ko’payishi biroz soddalashgan bo’ladi. Ularda fiziologik jihatdan har xil bo’lgan ikkita (hujayra) sporalar qo’shilib ko’payadi. Bu sporalarni bipolyar sporalar, ya’ni ikki qutbli sporalar deyiladi. Bittasi ,, - “ , ikkinchisi ,, + “ qutbli bo’ladi.
Jinsiy ko’payish tuban zamburug’larda suvo’tlarga o’xshash, yuksak zamburug’lar esa maxsus jinsiy organlarning qo’shilishi, bir hujayra mahsulotining ikkinchisiga ko’chib o’tishi va yadrolarning juft – juft bo’lib qo’shilishi kabi ko’rinishlarda amalga oshadi. Zamburug’lar hamma joyda keng tarqalgan. Aksariyat zamburug’larning tabiatda umri qisqa. Ularning mitseliysi bir necha sutkada rivojlanib, spora hosil qilgach, o’sishdan to’xtab, nobud bo’ladi.


Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling