Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi


Download 1.7 Mb.
bet6/15
Sana07.03.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1247733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Zigomitsetlar

C6H12O6 – 2C2H5OH + 2CO2 +25 kkal
Hosil bo’lgan karbonat angidrid xamirni ko’pchitadi, non esa g’ovak bo’ladi.
Achitqi zamburug’larning bir qancha turlari sanoat tarmoqlarida keng qo’llaniladi. Bu zamburug’lar ichida eng muhimlari pivo achitqisi (Saccharomyces cerevisiae) va vino achitqisi (Saccharomyces ellipsoids) dir.
5. Bazidiyali zamburug’lar sinfi. Ularning mitseliysi ko’p hujayrali, yaxshi rivojlangan, sporalari maxsus bazidiyalarda yetiladi. Ularda ona hujayra – bazidiya vujudga keladi. Bazidiyaning sirtida bazidiya sporalar ekzogen usul bilan hosil bo’ladi.
Mitseliyning ikki hujayrasi o’zaro qo’shilgandan keyin, yadro ikki marta bo’linib, bazidiyali to’rtta o’simta hosil bo’ladi. Bu o’simtalarning uchi sharsimon qavarib, ularga bittadan yadro o’tadi va bazidiya spora deb ataladigan to’rtta spora vujudga keladi. Bazidiya sporalar hamisha bir hujayrali, ko’pincha bir yadroli, yumaloq yoki ipsimon cho’zilgan bo’ladi. Bazidiyada sporalar ikkita, sakkizta va bittadan bo’lishi mumkin.
Bazidiyali zamburug’larning ko’pchiligida bazidiya hujayra, ya’ni spora hosil qiluvchi ona hujayra qismlariga bo’linmay butun holicha qoladi. Bular xolobazidiya deb ataladi. Ba’zi xollarda bazidiyaning diploid yadrosi bo’linishi bilan bazidiya ham eniga yoki bo’yiga qarab to’rtta hujayraga ajraladi. Bular fragmabazidiya deyiladi. Bazidiyalarning ana shunday ikki xil hosil bo’lishiga qarab bazidiomitsetlar sinfi xolobazidiyamitsetlar va fragmobazidiyamitsetlar kenja sinfiga bo’linadi.
Xolobazidiyamitsetlar kenja sinfi (Holobasidiomycetidae) ga bazidiyalari bir hujayrali, xilma-xil ko’rinishga ega bo’lgan, mevatanalarda yetishadigan zamburug’lar kiradi. Fragmobazidiyamitsetlar bazidiyasi ko’p hujayrali, ko’pincha to’rt qismga bo’linishi bilan harakterlanadi. Umuman bazidiyali zamburug’larga 25.000 dan ziyodroq turlar kiradi. Bular orasida foydali, qishloq xo’jaligiga katta ziyon yetkazadigan parazit va zaharli turlari ham bor.
Tabiatda ko’p uchraydigan xolobazidiyamitsetlar kenja sinfi vakili chin po’kak (Fomes fomentarius) dir. Bu zamburug’ daraxtlarning tanasida charimdek yoki yog’ochdek qattiq, ko’pincha shaklan taqaga o’xshash mevatanalar hosil qiladi.Mevatanalardagi gimeniy qatlamida bazidiyalar hosil qiladi. Mevatananing yuza qismini gimenofor deb yuritiladi. Bazidiyasporalar bazidiyalardan otilib, naychalar bo’shlig’iga tushadi, u joydan pastga, tashqariga chiqadi va shamol ta’sirida atrofga tarqaladi. Mevatanasi ko’p yillik va bir yillik bo’lishi mumkin. Kelgusi bahorda eski naychalar ustida yangi qatlam hosil bo’ladi. Mevatanasining qismidagi shu qatlamlar soniga qarab, uning yoshini aniqlash mumkin. Tabiatda o’n yillik va undan ham ko’proq mevatanalar uchraydi. Mevatanalarning yuza qismi tukli va xilma-xil rangda ko’rinadi. Bu zamburug’ bizning sharoitimizda tok, tut, chinor, terak, olma, olcha, nok tanalarida qattiq tuyoq shaklida mevatana hosil qiladi.
6. Takomillashmagan zamburug’lar sinfi (Fungi imperfecti) ga mitseliysi yuksak darajali, ko’p hujayralardan tashkil topgan, biroq xaltacha va bazidiyalar hosil qilmay, konidiyalar yordamida hamda bevosita mitseliy bilan ko’payadigan zamburug’lar kiradi. Ular tabiatda juda keng tarqalgan bo’lib, tuproq va o’simlik qoldiqlarida saprofit, yuksak o’simliklarda parazit holda yashaydi. Zamburug’larning foydali turlari ham mavjud. Bunga moddalar almashinuvida faol qatnashuvchi tuproq saprofitlari, nematodlarni tutishga qobiliyatli yirtqich zamburug’lar, o’zidan har xil fermentlar, antibiotiklar, toksinlar chiqaruvchi zamburug’lar misol bo’ladi. Bu sinf quyidagi uchta asosiy tartibga bo’linadi.
1. Gifomitsetlar (Hypomycetales) tartibi vakillarining konidiyabandlari vegetativ mitseliyda bittadan joylashadi yoki ular qo’shilib ensiz bog’lam hosil qiladi.
2. Melankoniumlar (Melanconiales) tartibi vakillari konidiobandlari chuvalgan gifalarning ustida zich qatlam hosil qiladi.
3. Sferopsidlar (Sphaerosidales) tartibi vakillari konidiobandlari ko’pincha uchi ingichka teshikli, ichi bo’sh, dumaloq yoki tuxumsimon tanacha – piknidiya rivojlanadi.
Gifomitsetlar tartibi orasida madaniy o’simliklarga katta zarar yetkazadigan turlari juda ko’p.
Zamburug’lar organik moddalarni chiritishda ishtirok etadi. Simbioz hayot kechiradi (mikoriza). Qo’ziqorin va qalpoqchali zamburug’lar oziq – ovqat sifatida foydalaniladi. Achituvchi zamburug’lar spirtli ichimliklar tayyorlashda, novvoychilikda, ulardan olingan fermentlar, yengil sanoat va oziq – ovqat sanoatida ishlatiladi, hamda achituvchi zamburug’lardan polivitaminlar tayyorlanadi. Salbiy tomoni, oziq – ovqatlarni buzadi, yog’ochlarni chiritadi. Kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Mutaxasislarning bergan ma’lumotiga ko’ra yog’ochni chirituvchi zamburug’lar uning 30% ini mutlaqo yaroqsiz holga keltirishi mumkin ekan.
Mitseliysi ko’p yil yashaydigan zamburug’lar ham bor. Jumladan, patogen va parazit zamburug’lar mitseliysi bir necha yillab yashaydi. Shuningdek, sklerotsiylari va turli tuman sporalari bilan uzoq vaqtgacha saqlanadigan zamburug’lar ham bo’ladi. Ko’p sporalar quruq holatda hayotchanligini o’n yillab saqlashi mumkin. Muhim fiziologik xususiyatlari; zamburug’larning rivojlanishi uchun kislorod zarur bo’lib, aerob organizm hisoblanadi. Lekin ayrim zamburug’lar, masalan, achitqi zamburug’lariga ozgina kislorod ham yetarli. Ko’p zamburug’lar turli xil (spirtli, limonli) achitish xususiyatiga ega. Zamburug’lar 20-250 C da yaxshi o’sadi, ba’zilari 2-4C da ham o’saveradi. Zamburug’larning o’sishi uchun yorug’lik zarur emas, lekin quyosh nuri ularning o’sishi va spora hosil qilishiga salbiy ta’sir etadi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling