Andijon davlat universiteti tabiyatshunoslik va geografiya fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi


Neftni qayta ishlashning asosiy usullari va foydalaniladigan uskunalar


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/33
Sana02.01.2022
Hajmi1.32 Mb.
#200827
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Bog'liq
yoqilgi quyish shaxobchalari faolyatining atrof-muhitga tasiri

Neftni qayta ishlashning asosiy usullari va foydalaniladigan uskunalar 

Neftni  qayta  ishlash  sanoatida  neft  uch  tipda  qayta  ishlanadi:  yoqilg‘i  olish 

bilan  boruvchi  (motor  va  qozon  yoqilg‘isi  olinadi),  yoqilg‘i-moy  olish  bilan 

boruvchi (ham motor yoqilg‘isi, ham surkov moylari olinadi), neftekimyoviy qayta 

ishlash  (yoqilg‘ilar,  surkov  moylari  va  kimyo  sanoati  uchun  xomashyo  olinadi). 

Qayta  ishlashning  bu  uchala turi  ham  fizikaviy  va kimyoviy  usullar bilan  amalga 

oshiriladi. 

Fizikaviy  usullar  neft  va  neft  mahsulotlarini  qayta  ishlashni,  ularni  tashkil 

etuvchi  komponentlarning  fizikaviy  xossalari:  qaynash  va  qotish  harorati, 

eruvchaniigi,  absorbsion  qobiliyati  va  boshqalar  orasidagi  farqqa  asoslangan.  Bu 

usullar  neft  tarkibidagi  qaynash  haroratlari  bir-biriga  yaqin  bo‘lgan  fraksiyalarni 

ajratishda, uglevodorodlarning ayrim sinflarini (deparafmlashda) ajratishda hamda 

individual  birikmalarni  ajratib  olishda  qoilaniladi.  Ko‘pincha  neft  mahsulotlarini 

atmosfera va past bosimda to‘g‘ri haydashda qo‘llaniladi. 

Kimyoviy  usullari  neft  va  neft  mahsulotlari  tarkibidagi  uglevodorodlarning 

harorat,  bosim,  katalizatorlar,  kimyoviy  reagentlar  ta’sirida  chuqur  strukturaviy 

o‘zgarishiga asoslangan. 

Bu  usullar  juda  muhim  neft  mahsulotlarining  miqdorini  ko'paytirish  (masalan 

benzin)  uchun,  neft  mahsulotlarining  sifatini  oshirish  (masalan,  benzinning  oktan 

sonini  oshirish  uchun,  ayrim  individual  uglevodorodlarni  (benzol  va  uning 

gomologlarini)  olish  uchun  hamda  kimyo  sanoatining  xomashyolarini  (vodorod, 

sintez-gaz, atsetilen, alkenlar, dienlar va boshqalarni) olish maqsadida qo‘llaniladi. 

Sanab  o‘tilgan  usullardan  neft  mahsulotlarini  termik  va  katalitik  krekinglashning 

turli xillari eng ko‘p qoilaniladi. 

Neft  va  neft  mahsulotlarini  qayta  ishlovchi  uskunalar  jarayonning 

uzluksizligini,  asosiy  mahsulotning  yuqori  unumda  chiqishini,  iqtisodiy 

samaradorlikni,  katta  mahsuldorlikni  U’minlashi  kerak.  Neftni  qayta  ishlovchi 



 

uskunalarni  uch  turga  bo‘lish  mumkin:  xomashyoni  qizdirishni  va  o‘zgarishini 

ta’minlovchi  pechlar  va  reaktorlar,  mahsulotlarni  bir-biridan  ajratish  uchun 

rektifikatsiya  kolonnalari  (ustunlari),  issiqlikni  bekoiga  chiqib  ketmasligi,  ya’ni 

undan  foydalanish  uchun  (utilizatsiyalash  uchun)  hamda  sovitish  kerak  bo‘lgan 

mahsulotlarni  sovitish  uchun  issiq  almashtirish  uskunalari.  Neft  va  neft 

mahsulotlarini fizikaviy va kimyoviy qayta ishlash jarayonlari odatda endotermik 

bo‘lib, tashqaridan issiqlik berilishini talab qiladi. 

 

 

 



 

 

 




Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling