Andijon davlat universiteti tabiyatshunoslik va geografiya fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
yoqilgi quyish shaxobchalari faolyatining atrof-muhitga tasiri
Gazsimon xomashyolarni boyitish
Gazsimon aralashmalar quyidagi usullar yordamida ajratiladi: 1. Ketma-ketlik bilan kondensatsiyalash (sekinlik bilan haroratni pasaytirib, 50
bosimni esa oshirib borish orqali gazlarni suyuq holga o'tqazish). 2. Suyultirilgan gazlar aralashmasini ketma-ketlik bilan bug‘lantirish yoki rektifikatsiyalash. 3.
Absorbsiyalash va desorbsiyalash. 4.
Adsorbsiyalash va desorbsiyalash. Ketma-ketlik bilan kondensatsiyalash usuli gazlar
aralashmasi komponentlarining suyuqlanish haroratlari har xilligiga asoslangan. Bu usul bilan qattiq yoqilg'ilarni kokslashda foydalaniladi. Hosil boMuvchi uchinchi mahsulotlarni, tabiiy gazni, neftni qayta ishlashda hosil bo'lgan gazlar qayta ishlanadi. Keng qo‘llaniladigan usullardan biri absorbsion — desorbsion usuldir. Bu usulda gaz aralashmasi tarkibidagi komponentlardan biri sovuq erituvchida tanlab yuttiriladi. So‘ngra absorbsiyalangan gaz eritmani qizdirish yo‘li bilan ajratib olinadi. Bunda absorblovchi suyuqlik awal absorberni sug'oradi, unga qarama- qarshi oqimda esa, ostdan gazlar aralashmasi kiritiladi. Absorbsiyalagan suyuqlik issiq almashtirgichga oqib o‘tadi va ancha issiq desorberning tepasidan sachratiladi. Undan gaz ajralib chiqqach desorberdan erituvchi avval issiq almashtirgich orqali o‘tib soviydi. So‘ngra sovitgich orqali sovib, yana absorberga keladi. Shunday qilib, erituvchi suyuqlik ketma-ket bir necha marta aylanadi (sirkulatsiyalanadi). Bu usulda gazlarni etanolamining suvdagi eritmasidan foydalanib, H,S, CO 2 , SO, lardan tozalanadi. Masalan, rangli metallurgiya gazlaridan SO, ni ajratib olishda, koks gazlaridan xom benzolni, turli uglevodorodlarni ajratib olishda va boshqalar. Adsorbsiya-desorbsion usulda aralashmalar qattiq adsorbentga yuttirib ajratiladi. Bu usul absorbsion-desorbsion usuldan adsorbentning agregat holati bilan farq qiladi.
51
Adsorbsiya-desorbsiya usulda gazlarni ajratish qurilmasining sxemasi: 1 -absorber; 2 -sovitgich, 3 - issiqlik almashtirgich, 4 -desorber, 5 -isituvchi ko'ylak.
Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling