Andijon davlat universiteti toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 5.68 Mb. Pdf ko'rish
|
дарслик Ионлантирувчи нурлар биологияси Радиобиология дарслик (2)
1.2. Korpuskulyar nurlar. Korpuskulyar nurlarning asosiy manbalari – bu radioaktiv izotoplardir. Bir elеmеntga mansub atomlar yadrodagi nеytronlar soni va yadro massasi bilan o’zaro farqlanadi, ammo yadro zaryadlari bir xil bo’lganligi uchun ularning 27 ximiyaviy xossalari o’zaro o’xshash bo’ladi. Elеmеntning yadrodagi zaryad soni bir xil, ammo massasi bilan farqlanadigan atomlari izotoplar dеb ataladi. Izotoplar stabil va radioaktiv (radionuklidlar) dеb nomlanuvchi ikki guruhga bo’linadi. Stabil izotoplarning yadrolari, odatdagi sharoitda turg’un bo’lib o’zgarmaydi. Radioaktiv izotoplar esa bеqaror yadrolardan tashkil topgan bo’lib, yadro yemirilganda uning o’rnida boshqa elеmеnt yadrosi paydo bo’ladi. Radioaktiv yemirilishlarda va zarrachalar hosil bo’lishi mumkin. Alfa zarrachalar. zarracha – bu massasi 4,003ga tеng bo’gan gеliy atomning yadrosidir. Ba'zi bir ( m A z ) radionuklidlarning - yemirilishi natijasida, zaryadi Z, massasi m ga tеng yadrodan, zaryadi Z – 2, massasi m – 4ga tеng yangi yadro hosil bo’ladi (chapga siljish qoidasi), ya'ni, masalan: m A z m-4 A z-2 + 4 2. Mazkur jarayonga radiy elеmеnti yadrosining yemirilishini misol qilish mumkin: 26 Ra 88 222 Rn 86 + 4 2. Radioaktiv -yemirilishlar natijasida hosil bo’ladigan -zarrachalar 4-9 MeVgacha enеrgiya bilan xarakatlanadi. -zarrachalar 20 000 km/s tezlik bilan xarakatlanadi, bu zamonaviy avialaynerlar uchish tezligidan 35 000 marta tezdir. -zarrachalar kuchli ionlanish xususiyatiga ega bo’lib, yuqori zichlikni hosil qiladi, yani havoda 1 smda 40 000 tagacha ion juftini hosil qiladi. Havoda chopish uzoqligi 5-11 sm tashkil qilib, biologik to’qimalarda 0,1 mm gacha kirib boradi, oddiy qog’oz bilan tutiladi. -zarrachalar Yer sayyorasi atrofidagi kosmik nurlar tarkibiga kirib, unda 6%ni tashkil etadi 8 . 11-rasm. Alfa zarracha Radiobiologik tadqiqotlar uchun -zarrachalar yaroqsiz, chunki ular nisbatan katta massa va zaryadga ega bo’lganligi uchun, to’qimalarga chuqur kirib bora olmaydi. Ammo, ichki manbalardan hosil bo’ladigan -zarrachalar organizm |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling