Andijon filiali


Kurs ishlarini baholash tartibi


Download 1.17 Mb.
bet5/8
Sana04.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1166093
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15 Курс иши методик курсатмалар, мавзулар 3

Kurs ishlarini baholash tartibi

Kurs ishini baholash mezoni talabalarda ilmiy izlanishga qiziqish uyg‘otish, ularga to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berishga xizmat qilishi zarur. Shu boisdan har bir o‘qituvchi kurs ishiga taqriz yozish masalasiga, ob’ektiv nuqtai-nazardan yondoshib, bajarilgan ish talabining javob berish darajasini ham hisobga olib baholasa maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Kurs ishlari sifat darjasiga qarab tabaqalangan holda baholangani maqsadga muvofiqdir. Yangi reyting tizimi bo‘yicha talabaning kurs ishini 100 ballik tizim asosida baholanadi.
Shuning uchun kurs ishini quyidagicha baholash maqsadga muvofiqdir:





Belgilangan ball

Baholash mezonlari

1

91,0-100
“A’lo” A



Rejadagi savollarning mazmuni ijodiy yondoshilgan holda yoritilgan bo‘lsa, foydalanilgan adabiyotlar va ma’lumotlarga snoskalar (ilovalar) berilib, adabiyotlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan bo‘lsa va ish bo‘yicha berilagan savollarga aniq va to‘liq javob berib, o‘zining fikrini erkin bayon etsa bunday tayyorlangan ishlarga «a’lo» baho qo‘yish mumkin.

2

80-90
“Yaxshi” V

Agar rejadagi 4-5 savolning 3-4 tasiga to‘liq javob yozilgan bo‘lib, bittasiga yetarlicha javob berilmagan bo‘lsa
(himoyada talabaning javob berishiga qarab «yaxshi» baho qo‘yish mumkin)



70-79
“Yaxshi” S

3

67-69
“Qoniqarli” D

Rejadagi 4-5 ta savolning bita yoki ikkitasining mazmuni yoritilib, qolgan savollarga javob berilmagan bo‘lsa, to‘g‘ri yozilgan javoblar ham darslik va kitoblardan ko‘chirilgan, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati yo‘q, ilovalar berilmagan va boshqa shu kabi kamchiliklar bo‘lsa, ko‘rsatilgan kamchiliklar himoyagacha bajarilsa, talabaning javobini hisobga olib bu kabi ishlarni «qoniqarli» baholash mumkin. Agarda talaba yuqoridagi kamchiliklarni yozma ravishda bartaraf etmasa, kurs ishi «qoniqarsiz» baholanadi.

66-66
“Qoniqarli” Ye

4

0-59
“Qoniqarsiz”

Kurs ishida quyidagi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, u taqriz yozish davridayoq «qoniqarsiz» baholanadi:

  • reja noto‘g‘ri va umuman qoniqarsiz tuzilgan bo‘lib, mavzuning mazmuniga mos tushmasa;

  • kurs ishi e’tiborsizlik bilan pala-parish bajarilsa;

  • javoblar asosan o‘quv adabiyotlaridan ko‘chirilgan bo‘lsa;

  • foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bo‘lmasa;

  • foydalanilgan adabiyotlarga va ma’lumotlarga ilovalar berilmagan bo‘lsa;

  • rejadagi savollar mohiyati biri ikkinchisidan ajratilmagan holda berilsa:

- kurs ishini talabaning o‘zi xusni xati bilan bajarmagan bo‘lsa.

O‘qituvchi taqrizda bu ishning ijobiy tomonlari hamda kamchiliklarini va ularni bartaraf qilish yo‘llarini ko‘rsatgan taqdirda ham ular himoyaga qadar bartaraf qilinmasa baho bir muncha pasaytiriladi.
Kurs ishini to‘g‘ri rasmiylashtirishga jiddiy e’tibor berish ham muhim hisoblanadi. Chunki kurs ishini mazmunli va yetuk saviyada yozish bilan birga uni did bilan rasmilashtirishga e’tibor berilsa, bu taqrizda alohida ko‘rsatiladi.
Shunday qilib, kurs ishining ham ijobiy ham salbiy tomlarini tahlil qilish, talabalarga tanlangan muammo bo‘yicha chuqur, nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishga ko‘maklashadi hamda ularni kelajakda yetuk iqtisodchi mutaxassislar bo‘lib yetishishiga yordam beradi. Talabaning yozgan kurs ishini hech qanday asossiz, qoniqarsiz baholashga yo‘l qo‘yish mumkin emas, aks holda, bu ularning xafsalasini pir qilib, o‘qishga bo‘lga ishtiyoqini so‘ndiradi, ya’ni talabaning ijodiy faoliyatiga ta’sir qiladi. Shu boisdan taqrizda kurs ishi mavzusi mohiyati qanday darajada yoritilganligini har tomonlama ob’ektiv taxlil qilib, qo‘yilgan bahoni dalillar bilan asoslash lozim.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kurs ishini yozish natijasida talabalar ijodiy fikrlay boshlaydi. Bu esa ularga kelgusidagi ilmiy ishlarini yozishida katta yordam beradi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling