Andijon iqtisodiyot-qurilish instituti


Download 201.5 Kb.
bet13/14
Sana10.02.2023
Hajmi201.5 Kb.
#1184960
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
силлабус банк 2022-2023

3 - “Qoniqarli” baho
- Talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi;
- fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda - 3 (qoniqarli) baho bilan baholanadi.
2 - “Qoniqarsiz” baho
- Talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda - 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.




Baholash turlari

Maks.
ball

O’tkazish vaqti




Oraliq nazorat (ON turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi).
Oraliq nazorat semester davomida ishchi fan dasturining tegishli bo’limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko’nikmalarini baholash maqsadida o’quv mashg’ulotlari davomida o’tkaziladi. Oraliq nazorat turi har bir fan bo’yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 2 martagacha o’tkazilishi mumkin hamda o’tkazish shakli va muddati fanning xususiyati, fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib kafedra tomonidan belgilanadi. Talabani oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda uning o’quv mashg’ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi.
Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.

5

9-16 hafta




Yakuniy nazorat
Yakuniy nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash o’quv mashg’ulotlarini olib bormagan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Yakuniy nazorat turini o’tkazish shakli fanning xususiyati, fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib belgilanadi.

5

18-19 hafta




Test

5

2-semestrda talabalar oraliq nazoratni “Yozma” shaklda topshiradilar. Jami variantlar soni 30 ta. Har bir variantda 5 tadan savol mavjud. Har bir savol maksimal 1 ball bilan baholanadi. Talabalar maksimal 5 ball to’plashlari mumkin. Yakuniy nazorat “Test” shaklda amalga oshiriladi. Talabalar maksimal 5 ball to’plashlari mumkin. Ballar kasr son ko’rinishini hosil qilsa, u holda talabaning foydasiga yaxlitlanadi. Masalan, talaba 2,6 ball to’plaganda unga “3” baho qo’yish mumkin.
Baholash mezonlari:
2,6 ball – 3,5 ball “3” baho;
3,6 ball – 4,5 ball “4” baho;
4,6 ball – 5,0 ball “5” baho.
3-semestrda talabalar oraliq nazoratni “Yozma” shaklda topshiradilar. Jami variantlar soni 30 ta. Har bir variantda 5 tadan savol mavjud. Har bir savol maksimal 1 ball bilan baholanadi. Talabalar maksimal 5 ball to’plashlari mumkin. Yakuniy nazorat “Test” shaklda amalga oshiriladi. Talabalar maksimal 5 ball to’plashlari mumkin. Ballar kasr son ko’rinishini hosil qilsa, u holda talabaning foydasiga yaxlitlanadi. Masalan, talaba 2,6 ball to’plaganda unga “3” baho qo’yish mumkin.
Baholash mezonlari:
2,6 ball – 3,5 ball “3” baho;
3,6 ball – 4,5 ball “4” baho;
4,6 ball – 5,0 ball “5” baho.
Talabalar masofaviy shaklda o’qitilganda oraliq nazoratlar 2-semestrda va 3-semestrda “Test” shaklida amalga oshiriladi. Har bir variant 25 ta savoldan iborat. Har bir savol 0 yoki 0,2 ball bilan baholanad, ya’ni to’g’ri javob uchun 0,2 ball, noto’g’ri javob uchun 0 ball beriladi. Talaba maksimal 5 ball to’plashi mumkin.
Talabalarning baholari ular to’plagan ballari asosida quyidagicha guruhlanadi:

  1. To’g’ri javoblar soni 0 – 13 ta bo’lganda “2” baho;

  2. To’g’ri javoblar soni 14 – 17 ta bo’lganda “3” baho;

  3. To’g’ri javoblar soni 18 – 21 ta bo’lganda “4” baho;

  4. To’g’ri javoblar soni 22 – 25 ta bo’lganda “5” baho;

Talaba oraliq nazoratdan qoniqarsiz “2” baho olsa u yakuniy nazoratga qo’yilmaydi.

Download 201.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling