Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti andijon arxitektura va qurilish texnikumi
Download 28.81 Kb.
|
ELEMENTARY ENGLISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2023-yil 6-martdagi “Professional ta’lim muassasalarini metodik va ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 44-sonli buyrug‘i
- “LEARN ENGLISH IN THE SHORTEST PERIOD OF TIME”
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ANDIJON IQTISODIYOT VA QURILISH INSTITUTI ANDIJON ARXITEKTURA VA QURILISH TEXNIKUMI O’ZBEK TILI VA IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI ELEMENTARY ENGLISH to‘garagining ISH REJASI ANDIJON – 2023 Tuzuvchi: Mirzayeva N.S – AIQI “O’zbek tili va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi; KELISHILDI: “O’zbek tili va ijtimoiy fanlar” kafеdrasining 2023 yil ____ __________dagi №____-sonli yig‘ilishida muhokama qilingan. Kafedra mudiri:______________________________A.A.Xakimov Andijon arxitektura va qurilish texnikumi pedagogik Kengashining 2023yil ____ __________dagi №____-sonli yig‘ilishida muhokama qilingan. Texnikum direktori: _________________________I.Akbarov KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 6-martdagi “Professional ta’lim muassasalarini metodik va ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 44-sonli buyrug‘ida hamda Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti rektorining 2023-yil 24-martdagi 19-sonli buyrug‘ida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Professional taʼlim muassasalarini metodik va ilmiy tomondan qo‘llab quvvatlash maqsadida institutga biriktirilgan Andijon arxitektura va qurilish texnikumi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘ygan. Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va doktorantlari tomonidan professional ta’lim muassasalariga metodik va ilmiy jihatdan yordam ko‘rsatish chora-tadbirlar rejasining bandlarida berilgan masalalarga binoan xorijiy davlatlarda ishlash istagi bo‘lgan yoshlarga ingliz tilini o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Ta’lim tizimini modernizasiyalash, uning yangi-yangi modellarini yaratish, ilmiy-amaliy asoslarini yanada takomillashtirish, o‘quv jarayonlarini texnologiyalashtirish, ta’lim subyektlarining kasbiy bilim va pedagogilk mahoratlarini bugungi kun talablari darajasiga yetkazish bugungi kundagi eng dolzarb talablardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, texnikumda auditoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish bilan birga o‘quvchilarni xorijiy til to‘garaklarga jalb etish va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish ta’lim sifatini oshirishga ko‘mak beradi. To‘garakning shiori “LEARN ENGLISH IN THE SHORTEST PERIOD OF TIME” deb rejalshtirilgan bo‘lib asosan elementary darajasidagi o‘quvchilarga mo‘ljallangan. To‘garak a’zolari bosqichma-bosqich o‘zlarining gapirish ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib boradilar. “Elementary English” to‘garagi oyda bir marotaba har oyning oxirgi chorshanba kuni soat 14.00-15.00 gacha o‘tkazilishi ko‘zlangan. To‘garak a’zolari mashg‘ulotlar davomida ingliz tilida ravon gaplashish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Maqsad talabalarni individual, jamoaviy ishlagan holda ularning ingliz tilidan muloqatlarini oshirish, iqtidorli talabalarni xalqaro anjumanlarda, loyihalarda faol ishtirok etib nutq so‘zlashga o‘rgatish, CEFR, IELTS, TOEFL hamda xalqaro til sertifikatlarini olishga ko‘rsatmalar berishni o‘z oldiga vazifa qilib oldi. To‘garakka a’zolik o‘quvchilarning o‘z xoxishlariga binoan amalga oshiriladi.
Download 28.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling