Andijon mashinasozlik instituti avtomobilsozlik fakulteti “EM” yo’nalishi 76/21-guruh talabasi mutalibov sirojiddinning “mkmt” fanidan
Download 62.49 Kb.
|
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI AVTOMOBILSOZLIK FAKULTETI “EM” YO’NALISHI 76/21-GURUH TALABASI MUTALIBOV SIROJIDDINNING “MKMT” FANIDANAMALIY MASHG’ULOTI5-Amaliy mashg’ulotMIKROSTRUKTURAGA QARAB PO‘LAT TARKIBIDAGI UGLEROD MIQDORINI ANIQLASH Mashg’ulotni bajarishdan maqsad: Metall va qotishmalarning makro va mikro stukturasini tekshirishni o’rganish. Makroskopik tahlil deb metall va qotishmalar tuzilishini oddiy ko’z bilan yoki 30 martagacha kattalashtirib tuzilishini o’rganishga aytiladi. Makro va mikro tahlil yordamida tekshiriladigan metallar strukturasi makro va mikrostruktura deyiladi. Кo’z yoki lupa yordamida (x30-40 gacha kattalashtirilgan holatda) tayyor mahsulot yuzalarini, sinish yuzalarini tekshirishga makrostrukturali tekshirish deyiladi. Makro tekshirish shliflar yordamida amalga oshiriladi. Shlif tayyorlash texnologiyasi quyidagicha: temir qirqish arrasi yoki stanok yordamida tekshirilayotgan namuna ikkiga bo’linadi. Namuna stanokda egov yoki abraziv charx yordamida tozalanadi, so’ngra metallografik jilvirlash qog’ozlarida silliqlanadi. Bunda metallografik jilvirlash qog’ozlarining katta nomerlaridan kichik nomerlariga o’tiladi. Bir nomer qog’ozdan boshqasiga o’tilganda shlif 900 ga buriladi. Shliflar yuzasidan chiziqlar yo’qolmaguncha bir yo’nalishda silliqlanadi. Mikrostrukturaning ko’rinishi uchun shliflarga turli reaktivlar ta’sir ettiriladi. Turli reaktiv eritmalar ta’sirida makroshliflar yuzasida ichki tuzilishning ko’rinishi hosil bo’ladi. Mikroskopik tahlil deb metall va qotishmalar tuzilishini mikroskop yordamida kattalashtirib tuzilishini o’rganishga aytiladi. Mikrostruktura tahlili alohida tayyorlangan metall namunalarni (mikroshliflarni) mikroskop ostida ichki tuzilishini tekshirish usulidir. Mikroshlif stanokda yoki metal qirqish arrasida kesib ishlanadi.Shlifni tayorlashda quyidagi o’lchamlar tavsiya etiladi, (agar na’muna slindrik bo’lsa) 12mm yoki 12x12mm. Namunaning balandligi 10-15 mm. kesib olingan na’muna obraziv charxda tozalanadi. Na’munani tozalaganda o’ta qizishi mumkin emas. Tekislangan na’muna jilvirlash qag’ozi yordamida silliqlanadi, bunda jilvirlash qag’ozi yordamida amalga oshiriladi Shlif tayyorlash texnologiyasi quyidagicha: temir qirqish arrasi yoki stanok yordamida tekshirilayotgan namuna ikkiga bo’linadi. Namuna stanokda egov yoki abraziv charx yordamida tozalanadi, so’ngra metallografik jilvirlash qog’ozlarida silliqlanadi. Bunda metallografik jilvirlash qog’ozlarining katta nomerlaridan kichik nomerlariga o’tiladi. Bir nomer qog’ozdan boshqasiga o’tilganda shlif 900 ga buriladi. Shliflar yuzasidan chiziqlar yo’qolmaguncha bir yo’nalishda silliqlanadi. Mikrostrukturaning ko’rinishi uchun shliflarga turli reaktivlar ta’sir ettiriladi. Turli reaktiv eritmalar ta’sirida mikroshliflar yuzasida ichki tuzilishning ko’rinishi hosil bo’ladi. Amaliy mashg’ulotini o’tkazishda talabalar quyidagilarni bajaradilar: - makroshlif tayyorlash texnologiyasi bilan tanishadilar; - makrostrukturalar haqida ma’lumolar oladilar; - ba’zi qotishmalarni makrostrukturalarni lupa va mikroskoplar orqali ko’radilar; - metall va qotishmalarning macro tahlillari bo’yicha xulosalar chiqaradilar. - mikroshlif tayyorlash texnologiyasi bilan tanishadilar; - mikrostrukturalar haqida ma’lumolar oladilar; - ba’zi qotishmalarni mikrostrukturalarni mikroskoplar orqali ko’radilar; - metall va qotishmalarning mikro tahlillari bo’yicha xulosalar chiqaradilar. Hisobotni yozish tartibi: Amaliy mashg’ulotini mavzusi va maqsadi, makro va mikroshliflar tayyorlash texnologiyasi, makrostrukturalar haqida tushunchalar va ularning tahlili haqida boshlang’ich ma’lumotlar va xulosa. Download 62.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling