Andijon mashinasozlik instituti avtomobilsozlik fakulteti “EM” yo’nalishi 76/21-guruh talabasi mutalibov sirojiddinning “mkmt” fanidan


Download 0.59 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1010032

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI AVTOMOBILSOZLIK FAKULTETI “EM” YO’NALISHI 76/21-GURUH TALABASI MUTALIBOV SIROJIDDINNING “MKMT” FANIDAN

AMALIY MASHG’ULOTI

7-amaliy mashgulot


TERMIK ISHLASHNI PO‘LAT TUZILISHI VA MEXANIK XOSSALARIGA TA’SIRINI O’RGANISH
Ishdan maqsad: Po`latlarga termik ishlov berish, toblash jarayonini va bunda struktura xamda xossalarining o`zgarishini o`rganish.
Umumiy ma`lumot. Po`latlarni termik ishlash deb, shunday jarayonlarga aytiladiki, bunda metall va qotishmalarini ma`lum temperaturagacha qizdirib, shu temperaturada ma`lum vaqt ichida ushlab turib, to xavo temperaturasiga mos kelguncha tez yoki sekin sovitiladi.
Termik ishlash jarayonida po`latning ichki tuzilishini o`zgartirishga ta`sir kursatuvchi asosiy omillar.
  • Qizdirish temperaturasi.
  • Qizdirish vaqti.
  • Qizdirilgan po`latni sovitish tezligi .

  • Qizdirish vaqti asosan qotishmaning ximiyaviy elementlariga, o`lchamlariga va qotishmaning shakliga, shu qotishma pechni ichida qanday joylashtirganligiga, qizdirish uskunalariga bog`liq.

Normallash deb uglerodli po`latlarni GSE chizig`idan 30-500C yuqoriroq temperaturada qizdirib, pechda mo`ljallangan vaqtda tutib turilgandan keyin, asta-sekin xavoda sovitishga aytiladi .
Martensitning strukturasini ichki tuzilishi ninachalaridan iborat. Ninachalarining katta-kichikligi austenit donalarining o`lchamlariga bog`liq. Agar austenit donacharining o`lcham-lari kichkina bo`lsa, ninachalar xam kichik bo`ladi.
Troostit – bu ferrit bilan tsementitning yuqori dispersiyali aralashmasidan xosil bo`lgan struktura. Bu struktura po`latlarni 1 sekundda 60-800C sovitish natijasida olinadi. Troostit qattiq, lekin plastikligi soorbitga nisbatan kam. Toblagan po`latning qattiqligi eng yuqori darajada, lekin qovushqoqligi esa kam bo`ladi. Toblangan po`latning qattiqligi uning sovitish tezligiga bog`liq. Sovitish tezligi kamayishi bilan po`latning qattiqligi xam kamayadi. Bo`shatish deb toblangan po`latlarni dan pastroq temperaturalarda qizdirib, pechda mo`ljallangan vaqtda tutib turilgandan keyin xavoda sovitishga aytiladi.
Ishni bajarish tartibi:
  • Mufel pechi hamda issiqlikni o`lchash asbobolarining tuzilishi va ishlashi bilan tanishiladi.
  • Tekshiriladigan po`lat namunaning kritik nuqtalarini toblash usulida aniqlash uchun temir-tsementit (Fe+Fe3C) xolat diagramma-sidan qizdirish temperaturalari topiladi.
  • Namunalarni qizdirish vaqti 1 mm diametrdagi yoki qalinlikdagi namunani 1,5 minut ushlab turiladi. Odatda namunalar shayba shaklida bo`lib, ularning diametri 15 dan 22 mm gacha, balandligi 12 dan 15 mm gacha qilib tayerlanadi.
  • Tekshiriladigan namunaning oldingi qattiqligi TK-2M priborida aniqlanadi.
  • Mufel pechining temperaturasi 9200 K keltiriladi va unga namunalar joylashtiriladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling