Andijon mashinasozlik instituti elektrotexnika fakulteti


a) ustunli, b) qobiqli 1. Ustun. 2. To’sin


Download 0.62 Mb.
bet10/22
Sana22.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1650045
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
diplom tugadi Bozorboyeva

a) ustunli, b) qobiqli 1. Ustun. 2. To’sin

Ustunli transformatorning o‘zaro bog‘langan magnit o‘tkazgichlari ko‘rsatilgan, bu transformatorning xarakterli tomoni uning magnit tizimlarining nosimmetrikligidadir, chunki aloxida A, V va S fazalarining o‘zaklaridagi magnit zanjirlari bir xil emas. O‘rtada joylashgan V o‘zakning magnit zanjiri ikki chekkadagi A va S o‘zaklarnikidan qisqaroq, chunki uchala zanjirdagi magnit kuch chiziqlari bir-biri bilan ikki va nuqtalarda tutashadilar.


Kuch transformatorlarining magnit o‘zaklari issiq xolda juvalangan E41, E42, E43 markali yoki sovuq xolda juvalangan E310, E320, E330 markali elektrotexnik magnit yumshoq po‘latlardan tayyorlanadi. Keyingi paytlarda elektr mashinasozlik zavodlarida elektr mashina va transformatorlarning magnit o‘zaklarini tayyorlashda sovuq xolda juvalangan E310, E320, E330 markali po‘latlar keng qo‘llanilmoqda.
Transformatorlarning magnit o‘zaklaridagi induktsiya asosan 1,2 – 1,5 Tl, issiq xolda juvalangan po‘latlar uchun 1,5-1,7 T l ni va magnit o‘zagi sovuq xolda juvalangan po‘latdan tayyorlangan moyli transformatorlarda induktsiya 1,0-1,5 Tl tashkil etadi.




Magnit o‘zakdagi magnit kuch chiziqlarining o‘rtacha uzunligi.


Transformatorlarning cho‘lg‘amlarini tayyorlashda asosan elektrotexnik misdan va alyuminiydan foydalaniladi. Transformatorlarning nominal kuchlanishiga asosan cho‘lg‘amlarni ximoyalash materialining klassifikatsiyasi tanlanadi. Transformatorning quvvatiga, kuchlanishi va tokiga asosan cho‘lg‘amning turi tanlanadi. Cho‘lg‘amlar uzluksiz, spiral g‘altakli (katushkali), bir qatlamli va ko‘p qatlamli silindrik, bir odimli va ko‘p odimli vint ko‘rinishidagi konstruktsiyalarda tayyorlanadi.


Vintsimon chulg‘amlar bir necha parallel o‘tkazgichlardan iborat bo‘ladi. Cho‘lg‘amning o‘ramlarini odimi bir yoki bir necha odimli bo‘lgan vint chiziqlari singari joylashtiriladilar. O‘ramlar orasida, xamda shoxobchalar orasida kerak bo‘lgan xollarda sovitish uchun moy o‘tar kanallari mavjud.
Vintsimon cho‘lg‘amlarni izolyatsion materialdan yasalgan silindrga joylashtirilgan uzun ensiz tayoqlarga yoki muvaqqat po‘lat silindrsimon qolipga o‘raladi. Vintsimon cho‘lg‘amlar transformatorning asosan quyi kuchlanish cho‘lg‘amlarida tokning qiymati 300 A dan kattaroq bo‘lganda qo‘llaniladi.
Cho‘lg‘amlarning ko‘ndalang kesim yuzalari kattalashib ketgan taqdirda bunday o‘tkazgichlar parallel o‘tkazgichlarga bo‘linadi va bu o‘tkazgichlar o‘rtasida elektr yurituvchi kuch va tokni bir xilda taqsimlanishini ta’minlash uchun transpozitsiya qilinadi, ya’ni parellel o‘tkazgichlarning o‘rinlari cho‘lg‘amning balandligi bo’yicha almashtiriladi.
Kuchlanishi 35kV va undan yuqori bo‘lgan transformatorlarda uzluksiz spiral g‘altakli cho‘lg‘amlar qo’llaniladi. Ular bir-biridan kanallar bilan ajratilgan yassi gardishsimon (disksimon) o‘ramlardan iborat. Agar uzluksiz spiral cho‘lg‘am transformatorning yuqori kuchlanish cho‘lg‘ami bo‘lsa, u xolda transformatsiyalash koeffitsiyentini 5% atrofida o‘zgartirish maqsadida maxsus shoxobchalarga ega bo‘ladi.
Almashinuvchi cho‘lg‘amli transformatorlarda yuqori kuchlanishli va quyi kuchlanishli cho‘lg‘amlarning ayrim qismlari o’zaro shunday almashinib joylashtiriladiki, unda quyi kuchlanish cho‘lg‘amlarining o‘ramlari magnit o‘zakka yaqinroq joylashadilar. Almashinuvchi cho‘lg’amlar ishlab chiqarishda murakkab texnologik jarayoni, qisqa tutashuvlarga bardoshsizligi; magnit o‘zakdan va bir-biridan izolyatsiyalashning qiyinligi kabi kamchiliklari bilan kontsentrik cho‘lg‘amlardan ajralib turadi.
Transformatorning baki, gaz relesi, gaz chiqaruvchi truba va kengaytiruvchi bak, forforli izolyatorlar uning yordamchi elementlarini tashkil etadi.
Transformatorlarning bakini o’lchamlari transformatorni loyixalashda xisoblanadi va konstruktiv po‘latdan tayyorlanadi. Transformatorning quvvatiga muvofiq ravishda tekis devorli, trubali va radiatorli baklar qo‘llanilishi mumkin.
Xozirgi zamon moyli kuch transformatorlarini sovutish uchun aktiv qismlari, ya’ni magnit o’zak va unga maxkamlangan cho‘lg‘amlar, moyli bakka joylashtiriladi. Bunda cho‘lg‘amlar va magnit o‘zak o’z xaroratini xarakatlanayogan (aktiv qismni yuvayotgan) moyga uzatadi. Moyning xarakati bakning turli joylaridagi moy xaroratlarining farqi natijasida xosil bo‘ladi. Chunonchi, qizigan moy yuqoriga xarakatlanib, uning o‘rnini maxsus sovutgichlardan kelayotgan sovuq moy egallaydi. Sovutgichlarga esa qizigan moy keladi, shu tariqa, moyning tabiiy sirkulyatsiyasi (berk kontur bo’ylab xarakati) yordamida transformatorning cho‘lg‘amlari va magnit o‘zaklari tabiiy sovutiladi. Bakning tuzilishi va shakli transformatorning qizishini xisoblash bilan uzviy bog'liqdir. Bakning materialini mustaxkamligi moyning 0,5 atmosfera bosimiga bardosh bera olishi shart. U g‘ildirakli aravachaga joylashtiriladi va transformatorning to‘la og'irligiga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Transformatorning quvvati oshgan sari uning sovutish sharoitlari murakkablashadi. Shu tufayli bakning tuzilishi xam o‘zgarib boradi. Masalan:
a) quvvati 30 kVA gacha bo‘lgan transformatorlarning baki eng sodda tuzilgan yaoni tekis devorli bo‘ladi;
b) quvvati 3000 kVA gacha bo‘lgan transformatorlarda trubali baklar qo‘llaniladi. Bunda bakning devorlariga diametri 50 mm, devorining qalinligi 2 mm gacha bo’lgan po‘lat trubalar 1  3 qator vertikal xolatda payvandlanadi;
v) quvvati 10000 kVA gacha bo‘lgan transformatorlarning baklariga tabiiy sovutuvchi radiator-sovutgichlar o‘rnatiladi;
g) quvvati 10000 kVA va undan katta transformatorlar xavo purkagichlar yordamida sovutiladigan radiatorlar o‘rnatiladi.
GES larda o‘rnatiladigan transformatorlarning moyini sovutish uchun maxsus sovutgichlardagi suvdan foydalaniladi. Bu xolda moyning sun’iy (majburiy) sirkulyatsiyasi nasoslar yordamida amalga oshiriladi. Bu turdagi sovutgichlar qo‘llangan transformatorlarning o‘lchamlari boshqalarnikidan ancha kichik bo‘ladi.
Transformatorlarning yuklanishini ortib ketishidan va ichki qisqa tutashuv xolatlaridan ximoyalash uchun gaz relesidan foydalaniladi. Gaz relesi ikkita qalqovichdan iborat bo‘lib, ularning ichiga kontaktlarini ulash uchun suyuq metall quyiladi. Suyuq metall sifatida asosan simobdan foydalaniladi.
Gaz chiqaruvchi trubalar transformator bakining o‘ta yuklanish va qisqa tutashuv rejimlarida moydan ajralib chiqqan gaz xisobiga xosil bo’lgan bosim ta’sirida deformatsiyalanishi va yorilib ketishidan ximoya qiladi. Gaz chiqaruvchi trubalar asosan trubadan va shisha membranadan iborat. Transformatorning kengaytiruvchi baki, moy zaxirasi sifatida qo‘llaniladi. Bakdan tekshirish uchun olingan, payvandlangan choklarini buzilishi natijasida oqib ketgan, ustki qopqoq prokladkasidan sizib chiqqan moylarni o‘rnini kengaytiruvchi bakdagi moy zaxirasi yordamida to‘ldiriladi. Kengaytiruvchi bakning yon tomonida o‘rab turgan muxitning xarorati o‘zgarganda, transformatorning bakidagi moyning satxi qancha bo‘lishini ko‘rsatuvchi ko‘rsatgich o‘rnatilgan. Transformatorning cho‘lg‘amlarini manbaaga va iste’molchilarga ulash uchun fosfordan yoki shishadan tayyorlangan izolyatorlardan foydalaniladi. Izolyatorlarning o‘lchamlari transformatorning kuchlanishiga va quvvatiga asosan xisoblanadi.

Transformatorlar. Transformator deb elektr energiyasini bir kuchlanishdan ikkinchi kuchlanishga o‘zgartirib beruvchi elektr statik apparatga aytiladi. Transformatorlar bir fazali yoki uch fazali bo‘ladi. Elektr stantsiyalarida odatda uch fazali transformatorlardan keng foydalaniladi, chunki bitta uch fazali transformatordagi isroflar uchta bir fazali transformatorlardagiga qaraganda 12-15%, narxi 20-25% kamroq bo‘ladi. Transformatorlarning maksimal quvvati, ularning og‘irligi, o‘lchamlari, transportirovka qilish shartlari bilan chegaralanadi.


Transformatorlarni printsipial sxemalari: a-ikki chulg‘amlikniki; b-uch chulg‘amlikniki; v-past kuchlanish chulg‘ami maydalangan.


Transformatorlar ikki va uch chulg‘amli bo‘ladi. Bundan tashqari pastki kuchlanish chulg‘ami ikki va un-dan ortiq bir-biridan izolyatsiyalangan parallel tarmoqlardan iborat bo‘lishi ham mumkin. Bunday transformatorlar maydalangan chulg‘amli transformatorlar deb aytiladi. Past kuchlanish chulg‘ami maydalangan transformatorlar bir necha generatorlarni bitta kuchaytiruvchi transformatorga ulash imkonini beradi.
Transformatorlarning asosiy parametrlariga nominal quvvat, kuchlanish, tok, qisqa tutashuv kuchlanishi, salt ishlash toki, salt ishlash va qisqa tutashuv isroflari kiradi.
Transformatorning nominal quvvati deb, uning pasportida ko‘rsatilgan nominal davr tezlik va kuchlanishdagi o‘rnatilgan joyi va sovutish muhiti nominal sharoitlarda bo‘lgan xolda uzluksiz yuklash mumkin bo‘lgan to‘la quvvatning qiymatiga aytiladi.
Uch fazali uchun  bu liniya (fazalararo) kuchlanish. Bir fazali uchun  bu chulg‘am kuchlanishi, yulduzga ulangan uch fazali guruhga ulashga mo‘ljallangan uchun  bu U3. Yuklama ostida ishlayatgan transformatorda birlamchi chulg‘amga nominal kuchlanish keltirilsa, ikkilamchi chulg‘amdagi kuchlanish nominaldan kuchlanish isroflari qiymatiga kichik bo‘ladi.
Transformatsiya koeffitsiyenti:

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling