Andijon mashinasozlik instituti elektrotexnika fakulteti
Xayot faoliyat xavfsizligi
Download 0.62 Mb.
|
diplom tugadi Bozorboyeva
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy va ommaviy ximoya vositalari
- Elektr tokidan shikastlanish sabablari
Xayot faoliyat xavfsizligi
III.1 Texnika xavfsizlik bo‘limi: Ishchi xizmatchilarga qo‘yiladigan texnika xavfsizligi bo‘yicha talablar! - 18 yoshga to‘lmaganlar Elektr podstantsiyada ishlashi mumkin emas. - Kasalligi bor – o‘pka kasalligi, yurak xastaligi, diabet kasalligi, ayollar kirishi xamda ishlashi mumkin emas . - Xar 6 oyda ishchi xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart - Xar 12 oyda ishchi xodimlar texnika xavfsizligi, elektr xavfsizligi bo‘yicha attestatsiyadan utishlari shart. - xar kunda bajaradigan ishlar uchun texnika xavfsizlik , elektr xavfsizlik bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘tib naryad-ruxsatnoma olishlari shart. - xar 3oyda davriy yo‘riqnomalardan o‘tishlari shart . Shaxsiy va ommaviy ximoya vositalari: Elektr qurilmalarini ishlatish jarayonida ko‘pincha shunday sharoit yuzaga keladiki, bunda ular xatto juda mukammal bo‘lsa ham, ishlovchilarning xavfsizligini ta’minlay olmaydi va qo‘shimcha himoya vositalaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Himoya vositalarini shartli ravishda guruhlarga: to‘suvchi va yordamchi vositalarga bo‘lish mumkin. Ihotalovchi vositalar odamga tok o‘tkazuvchi yoki ulangan qismlardan, shuningdek, yerdan elektr toki o‘tmasligini ta’minlaydi. Ular asosiy va yordamchi vositalarga bo‘linadi. Asosiy ihotalovchi himoya vositalari uzoq vaqt mobaynida elektr qurilmasining kuchlanishga chidash xossasiga ega, shu sababli ular vositasida kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarga tegish mumkin. Ularga quyidagilar kiradi: -kuchlanishi 1000 V dan oshmaydigan elektr qurilmalarida – elektr o‘tkazmaydigan rezina qo‘lqoplar, dastasi ihotalangan asboblar va tok izlagichlar; -1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalrida – ihotalovchi shtanglar, ihotalovchi va tok o‘lchash ombirlari, shuningdek, yuqori kuchlanishni ko‘rsatuvchi taxtachalar. Qo‘shimcha ihotalovchi himoya vositalariga quyidagilar kiradi: -kuchlanishi 1000 V dan oshmaydigan qurilmalarda –ihotalovchi poyandozlar va tagliklar; -kuchlanishi 1000V dan katta bo‘lgan qurilmalarda –rezina etiklar va tok o‘tkazmaydigan qo‘lqoplar. Ihotalovchi shtanglar bir qutbli ajratgichlarni uzib qo‘yish va ulashga mo‘ljallangan. Ihotalovchi ombirlardan kuchlanish ostida bo‘lgan naychasimon saqlagichlar bilan ishlashda foydalaniladi. Tok o‘lchash ombiri ko‘chma asbob bo‘lib, u sim, shina va shu kabilardan o‘tayotgan tokning elektr zanjirini tarmoqdan uzmasdan o‘lchash uchun ishlatiladi. Yuqori kuchlanishni ko‘rsatuvchi asbobdan 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarining tok o‘tkazuvchi qismlarida kuchlanish borligi yoki yo‘qligini aniqlashda foydalaniladi. Bunday tekshiruv, masalan, uzib qo‘yilgan tok o‘tkazuvchi qismlarda ishni boshlashdan oldin, albatta o‘tkazilishi lozim. Tok izlagichlarning vazifasi ham yuqori kuchlanishni ko‘rsatuvchi asbob kabidir, ammo ular kuchlanishi 1000 V dan oshmaydigan elektr qurilmalarida qo‘llaniladi. Rezinadan tayyorlangan tok o‘tkazmaydigan himoya vositalari – qo‘lqop , rezina etik, kalish va poyandozlar asosiy himoya vositalari yordamida bajariladigan ishlarda qo‘shimcha sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari, qo‘lqoplardan 1000 V gacha kuchlanish ostida ishlayotganda, shuningdek, ajratkichlar, uzgichlar bilan bog‘liq ishlarda elektr o‘tkazmaydigan kalish va rezina etiklardan kuchlanishdan himoyalovchi vosita sifatida ham foydalaniladi. Elektr o‘tkazmaydigan qo‘lqop, kalish, rezina etik va poyandozlar elektr o’tkazmaydigan maxsus rezinadan tayyorlanadi hamda elektr ta’siriga juda chidamli bo‘ladi. Ihotalovchi tagliklar taxta to‘shama va chinni oyoqchalardan tashkil topadi. Elektr o‘tkazmaydigan poyandozlar kabi tagliklar ham elektr qurilmalari bilan bog‘liq turli ishlarni bajarishda ihotalovchi ashyo sifatida ishlatiladi. Ular zax xonalarda qo‘llaniladi. Asosiy va qo‘shimcha himoya vositalari doimo birgalikda ishlatilishi kerak. Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatishda ishlatiladigan ximoya vositalari vaqti-vaqtida elektr, ayrim xollarda esa mexanik mustaxkamlikka ham, albatta, sinab turilishi darkor. Ihotalovchi vositalarni elektr va mexanik mustaxkamlikka sinash meyorlari hamda muddatlari 1-jadvalda keltirilgan.
Podstantsiyada xar kuni yo‘riqnoma o‘tkazilishi shart, kunlik naryadlar berilishi, ishchilari 4 va 5 – razryadlardan past bo‘lmasligi mumkin emas. Elektr xavfsizligi: Elektr tokidan shikastlanish sabablari: a) tok o‘tkazuvchi qismlarga, ochiq simlarga, elektr mashinasining kontaktlariga rubilniklarga, saqlagichlar va kuchlanish manbaiga ulangan boshqa apparat va asboblarga (ularning tok o‘tkazuvchi qismlariga) tegib ketganda; b) elektr qurilmalrining aslida kuchlanish ostida bo‘lmagan, biroq izolyatsiya buzilganligi natijasida kuchlanish ostida bo‘lgan qismlariga tegib ketganda; v) elektr qurilmasining qismlari bo‘lmagan, biroq tasodifan kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi narsalar (masalan, nam devor) ga tekkanda; g) elektr tarmog‘ining uzilgan simi yerga tegib qolgan joyga yaqinlashganda kishini tok urishi mumkin. Kishi organizmining biror qismi elektr tokiga tegsa, badanning ikki nuqtasidagi potentsiallar bir – biridan farq qiladi. Elektr apparatdan ancha narida kishi organizmining hamma nuqtalaridagi elektr potentsial nolga teng bo‘ladi. Ammo kishi potentsiali bo‘lgan elektr apparatiga yaqinlashsa, u elektr maydoni ta’siridagi zonaga tushib qoladi, chunki kuchlanish ostida bo‘lgan elektr apparatining qismlari atrofida doimo elektr maydoni mavjud bo‘ladi . Kishi organizmining tokka tekkan eng yaqin nuqtasining potentsiali noldan farq qiladi, organizmning elektr potentsiali nolligacha qoladi. Ana shunday vaqtda kishi organizmi ikki nuqtasining elektr potentsiallari bir –biridan farq qiladi. Bu holda kishi organizmidan tok o‘tadi. Amalda ko‘pchilik hollarda 127, 220 va 380 vol’tli elektr apparatlari bilan ishlayotganda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish zarur. Aks xolda ko‘ngilsiz xodisalar ro‘y berishi mumkin. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra ko‘pchilik baxtsiz xodisalar past kuchlanishli elektr apparatlariga to‘g‘ri keladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling