Andijon Mashinasozlik Instituti Elektrotexnika fakulteti


Download 1.19 Mb.
Sana11.05.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1451572
Bog'liq
M.Ish E.T.Asoslari


Andijon Mashinasozlik Instituti
Elektrotexnika fakulteti
Energiy tejamkorlig va Energoaudit yo’nalish
2-bosqich K-95-21 guruh talabasi
Xusanov Maxmudjonning
Energiya tejamkorlik asoslari
Fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Energiya turlari, energiyani olish, o’zgartirish va undan
foydalanish.
Reja:
  • O’zbekiston yoqilg’i energetika majmuasining tavsiflari
  • Energiya turlari, energiyani olish, o’zgartirish va undan foydalanish
  • Elektr stansiyalarining turlari

O’zbekiston yoqilg’i energetika majmuasining tavsiflari
O‘zbekiston Respublikasi energetika siyosatining asosiy maqsadi yoqilg‘i energetika majmuasi sohalarining optimal ishlashi va rivojlanishining mexanizmini shakllantirish va yo‘llarini qidirishdan iborat hamda atrof – muhit ekologik xavfsizligini saqlagan holda, rivojlangan Evropa davlatlari yuqori hayot darajasi va sifati standartlariga etishish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta`minlaydigan, aholi va iqtisodiyotning barcha sohalarini ishonchli va samarali energiya bilan ta`minlashni texnik amalga oshirishdan iborat.
Yoqilg‘i energetika majmuasi (YoEM) aholi hayot darajasini ko‘tarish va iqtisodiyot ishlashini ta`minlaydigan O‘zbekiston Respublikasi halq xo‘jaligining eng muhim strukturasini tashkil etuvchisidir. YoEM o‘z ichiga energiya tashuvchilarning barcha turlari: gaz, neft va uni qayta ishlash mahsulotlari, qattiq yoqilg‘i, elektr va issiqlik energiyalarini qazib olish, uzatish, saqlash, ishlab chiqarish va taqsimlashni oladi. Majmua sohalari respublika halq xo‘jaligida muhim o‘rin egallaydi.
Elektr energetika – strategik soha bo‘lib, uning holati butun davlatning rivojlanish darajasida aks etadi. Hozirda elektr energetika O‘zbekiston iqtisodiyotida bir tekis ishlayotgan majmuadir.
Bizning davlatimiz energetika siyosatining yuqori ustunligi jamiyatning energiya ta`minotiga bo‘lgan xarajatini pasaytirish uchun vosita sifatida, energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish,mamlakatning ustuvor rivojlanishini ta`minlash va ishlab chiqarish kuchlarining raqobatbardoshligini oshirishdan iborat. Sрuning uchun elektr energetika sohasi doimo Respublika hukumati va prezidentimizning nazoratidadir.
Energiya turlari, energiyani olish, o’zgartirish va undan foydalanish
Energiyaning quyidagi turlari mavjud: mexanik, elektr, elektromagnit, issiqlik, kimyoviy, atom (yadro ichki). Xalqaro birlik tizimi da energiyani o’lchash birligi sifatida 1 Joul (J) qabul qilingan. 1 J=1nyuton metrga (Nm) ekvivalentdir. Agarda hisob-kitoblar issiqlik, biologik va energiyaning ko’pchilik boshqa turlari bilan bog’liq bo’lsa, u holda o’lchov birligi sifatida sistemadan tashqari birlik qo’llaniladi - kaloriya (kal) yoki kilokaloriya (kkal), 1 kal=4.18 J. Elektr energiya Vatt∙soat (Vt∙s, kVt∙s, MVt∙s.) da o’lchanadi; 1 Vt∙s=3.6 MDj. Mexanik energiyani o’lchashda 1kg·m qiymatdan foydalaniladi, 1kg∙m=9.8Dj.
Elektr stantsiyalarning asosiy turlari va ularning tavsiflari Birlamchi energiyani ikkilamchisiga o’zgartirish, xususan elektrga aylantirish o’z nomida qaysi birlamchi energiya turi qanday ikkilamchi turga o’zgartirilishini ko’rsatadigan stantsiyalarda amalga oshiriladi.
IES-issiqlik elektr stantsiya, issiqlik energiyasini elektr energiyaga o’zgartiradi. GES – gidroelektrstantsiyasi, suv harakatining mexanik energiyasini elektr energiyaga aylantiradi. GAES – gidroakkumlaydigan elektr stantsiyasi, oldindan sun`iy havzalarida yig’ilgan suvning harakati mexanik energiyasini elektr energiyaga aylantiradi; AES – atom elektr stantsiya – yadro yoqilg’isining atom energiyasini elektr energiyaga aylantiradi; OES – oqim elektr stantsiyasi – okean suvi quyilishi (priliv) va ortga qaytishi (otliv) energiyasini elektr energiyaga aylantiradi; SHES – shamol elektr stantsiyasi – shamol energiyasini elektr energiyaga aylantiradi; QES – quyosh elektr stantsiyasi – quyosh nuri energiyasini elektr energiyaga aylantiradi. KES – kondensatsion issiqlik elektr stantsiyalari, faqat elektr energiya ishlab chiqaradi. IES lar organik yoqilg’ida (gaz, mazut, ko’mir) va ham yadro yoqilg’ida ishlashi mumkin.
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling