Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

Nazorat savollari 
1. Kasbiy psixologiya fanining predmeti nima? 
2. Fanning maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 
3. Kasbiy psixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi qanday? 
4. Kasbiy psixologiya fanining hozirgi paytdagi dolzarb muammolari 
nimalardan iborat? 
5. Kasbiy tanlov va kasbga yaroqlilikni (layoqatini) aniqlash.
6. K.Farrenning Shaxs yashovchanlik sifatlariga
7. K.Farren kasbning yashovchanlik koʻrsatkichlarini sanang. 
 


29 
2-MAVZU. KASBIY PSIXOLOGIYANING ASOSIY METODLARI 
REJA: 
2.1.Kasbiy psixologiyaning asosiy metodlari haqida tushuncha. 
2.2.Tadqiqiy metodlar: longityud va kesimli metodlar. 
2.3.Tadqiqotlarni tashkillashtirish va rejalashtirish. 
2.4.Eksperimental metodlar. 
2.5.Faoliyat natijalarini tahlil qilish metodi. 
Tayanch ibora va tushinchalar: metod, longityud metodi, kesimli metod, reja, 
tadqiqot, kuzatish metodi, anketa metodi, test metodi, biografik metod, 
sotsiometrik metod, faoliyat mahsuloti. 
2.1. Kasbiy psixologiyaning asosiy metodlari haqida tushuncha. 
Metod soʻzi – yunoncha metodos boʻlib tadqiqot, tekshirish degan ma‘noni 
beradi. Nazarimizda yuqoridagilarga yana yoʻl, usul soʻzlarini ham kiritish 
mumkin. Metodlar tadqiqot ishlarida ham, bilim berishda ham qoʻllaniladi. Ushbu 
bobda bilim berish metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi 
uchun zarur boʻlgan ma‘lumotlarni toʻplashdagi qoʻllaniladigan tadqiqot metodlari 
haqida soʻz boradi. Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan 
muhim oʻrin egallagan, diagnostik xususiyatli metodlardan biri – kuzatish 
metodidir. Mazkur metod fanimizing eng qadimgi zamonidan boshlab to hozirgi 
davrgacha ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan biri boʻlib, keng 
koʻlamda foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi kunda uning ob‘ekti, koʻlami 
yanada 
kengaydi, 
murakkab 
psixologik 
jarayonlar, 
holatlar, 
hodisalar, 
kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlarini oʻrganish imkoniyati tugʻildi, 
sifat hamda mazmun jihatidan katta oʻzgarishlar yuzaga keldi. 
Hozirgi zamon kasbiy psixologiya fanining asosiy printsiplari, kategoriyalari 
va ilmiy tadqiqot usullari 1923 yilda Psixonevrologlarning birinchi s‘ezdida K. N. 
Kornilov (1879–1957) psixologiyani dialektika negizida tuzish masalasini ilgari 
surdi. Psixologlarning psixologiyani dialektik materializm negizida tuzish uchun 
olib borgan kurashining natijasi hisoblangan gʻoyaviy-nazariy kurash jarayonida 


30 
psixologiya predmeti va uning metodlari haqidagi ilmiy tushunchalar tarkib topdi, 
psixologik tadqiqotlarning eng muhim prinsiplari va asosiy muammolari aniqlab 
olindi, bilimning turdosh sohalariga munosabat oydinlashdi. Psixologiya fanining 
taraqqiyotida buyuk oʻrin tutgan B. G. Ananev, P. P. Blonskiy, L. S. Vigottskiy, A. 
V. Zaporojets, K. N. Kornilov, G. S. Kostyuk, A. N. Leontev, A. R. Luriya, S. A. 
Rubinshteyn, A. A. Smirnov, B. M. Teplov, D. N. Uznadzeva boshqa olimlar 
etishib chiqdi. Psixologiya psixik jarayonlarni, shaxsning individual – tipologik 
xususiyatlarini oʻrganar ekan, tekshirishning muayyan metodlarini oʻrgatadi. 
Psixologiyada tekshirish metodlari ob‘ektiv boʻlmogʻi lozim. Insonning ish-
harakatlarivaxatti-harakatlarini tekshirish asosidagina uning niyatlari, fikrlari va 
hissiyotlari haqida toʻgʻri ma‘lumot olish mumkin. 
Kasbiy psixologiyaning metodlari psixik hodisalarni oʻrganishga ob‘ektiv 
qarashni ta‘minlabgina qolmay, balki shaxsning psixik jarayonlari va xususiyatlari 
nima uchun va qanday yuzaga keladi? Qanday rivojlanadi va qanday oʻzgarib 
boradi? degan savollarga javob bermogʻi lozim. 
Kasbiy psixologiyaning metodlari amaliyot bilan bogʻliq ravishda olib 
borilishi kerak. Kasbiy psixologiya metodlariga tarixiy jihatdan yondashmoq 
lozim. Shu jihatdan psixologiya metodlari uning predmeti kabi tarixan anchagina 
oʻzgarishlarga duch keldi. Psixologik tadqiqotlar predmetining alohida xususiyatga 
egaligi uning alohida tadqiqot metodlariga ega boʻlishi zarurligi haqidagi fikrni 
ilgari surmasdan qoʻymasdi. Idealistik psixologiya yagona bir metodni tavsiya eta 
olgan va shu metod yordamida kishi «ruhiga» kirib borishga uringan. Oʻzini oʻzi 
kuzatish (introspektsiya, ya‘ni ichkaridan koʻrish) ana shunday metod edi. Kasbiy 
psixologiyada tadqiqotning sub‘ektiv va ob‘ektiv metodlari bir-birini inkor etadi. 
Haqiqiy ilmiy psixologiya psixikani oʻrganishning ob‘ektiv metodlaridan 
foydalanish va fanda bundan boshqa metodlarning boʻlishi mumkin emasligini 
tushuntirishi kerak.
Hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy tadqiqotga yana bir muhim talabi 
psixik faktlarni genetik (tarixiy) jihatdan oʻrganish printsipiga amal qilishni taqozo 
etadi. Bu metod yordamida psixik rivojlanish davrlarga boʻlish yoʻli bilan (ya‘ni 


31 
rivojlanishning alohida yosh bosqichlarini ta‘riflash va ularni oʻzaro bir- biriga 
taqqoslash) emas, balki bola shaxsini unga ta‘lim berishning maxsus tashkil etilgan 
sharoitlarida qator yillar mobaynida uzoq vaqt oʻrganish natijasida aniqlanadi. 
Masalan, bolaning psixik taraqqiyoti oʻrganilar ekan, psixik taraqqiyotining asosiy 
qonuniyatlarini, xususiyatlarini aniqlash, uning shu tarzdagi psixik taraqqiy etish 
sabablarini bilib olish hamda sinchiklab oʻrganish asosida oilaviy tarbiya va ta‘lim 
jarayonlarini takomillashtirish uchun muayyan usullarni belgilash lozim. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling