35
chiqilgan. Kasbiy anamnez mehnat motivlarini oʻrganish,
tanqidiy voqealarni
aniqlash, kasbiy faoliyatda obroʻ-e‘tibor qozonishni oldindan tashxis qilishda
qoʻllaniladi. Anamneztik tadqiqot oʻz ichiga
suhbat tizimini olgani uchun, suhbat
metodiga qoʻyiladigan talablar bu usulga ham tadbiq etiladi.
2.4.Eksperimental metodlar.
Kasbiy psixologiyaning asosiy metodlari :
kuzatish va eksperiment
metodidir. Xususiy metodlari: suhbat, soʻrov, faoliyat mahsuli va jarayonini tahlil
qilish hamda test metodlari.
Psixologiyada tekshiriladigan psixik hayot hodisalari juda xilma-xil va
murakkab hodisalardir. Bu hodisalar
qanday metodlar bilan, ya‘ni qaysi yoʻllar
bilan, qanday usullar bilan tekshiriladi, degan savol tugʻiladi.
Psixologiyada
chinakkam ilmiy bilimga ega boʻlmoq uchun psixikani tekshirish metodlarini
bilish va shu metodlardan foydalana bilish kerak.
Har bir pedagog kishilar
psixikasini tekshirish uchun loaqal eng oddiy usullarni bilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: