Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


 Mutaxassislik – kasbiy ta’lim, tayyorgarlik yoʻli bilan ish jarayonidagi


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

3.3. Mutaxassislik – kasbiy ta’lim, tayyorgarlik yoʻli bilan ish jarayonidagi 
maxsus bilimlar 
Kasbiy faoliyatning samaradorligini shartlaridan biri mutaxassisning kasbiy 
tayyorligi xisoblanadi. Kasbiy tayyorgarlik deganda uning ruxiyati va jismoniy 
sogligi xamda xolati, undagi mavjud sifatlarning bajarayotgan faoliyati talablariga 
mosligi darajasi tushuniladi. Mashxur rus psixologi K.K.Platonov mutaxassisning 
kasbiy tayyorligi bu oʻzining muayyan kasbiy faoliyatini bajarishga qodir va 
tayyorgarlik kurgan deb xisoblovchi va uni bajarishga intiluvchi shaxsning 
sub‘ektiv xolatidir - deb xisoblangan. 
Mutaxassisning kasbiy tayyorligi murakkab koʻp darajali va koʻrinishli 
tizimli psixik shaklga ega boʻlib, birinchi navbatda odamning shaxsiy koʻrinishi 
asosiy oʻrin egallaydi. Shu bilan birga, kasbiy tayyorgarlik mutaxassisda kerakli 
darajada jismoniy sogʻlikni kasbiy faoliyat uchun zarur boʻlgan jismoniy sifatlar 
shakllanganligi va rivojlanganligini talab qiladi. Chunki har qanday kasbiy faoliyat 
insonning qandaydir kuch jismoniy energiya sarflashini koʻzda tutadi.
Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligida ikkita oʻzaro bogʻlik boʻlgan 
tomonlarni koʻrsatish maqsadga muvofiq. Bu oʻzaro bogʻliqlik tomonlar 
psixologlar M.I.Dyachenko va A.M.Stolyarenkolar tomonidan ishlab chiqilgan 
boʻlib ular quyidagilardan iborat: 
1. Shaxsning kasbiy faoliyatga salohiyatli tayyorligi mutaxassisning bu 
tayyorligi quyidagilardan iborat boʻladi; komponentlar kasbiy faoliyatning psixik 
6
Kelvin Seifert Educational Psychology 2009 10-bet 


56 
asoslari, bilim, koʻnikma, malakalar kasb uchun muxim xisoblangan, shaxsning 
sifatlari uning munosabati, mazmun va kadriyatlari, afzalliklari xamda umuman 
shaxsning zarur bulgan kasbiy imkoniyatlari darajasi;
2. Shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaqtdagi tayyorligi. 
Mutaxassisning kasbiy tayyorligining ushbu tomoni tezkorligi, oʻzgaruvchanligi, 
xar kanday xolat va sharoitda aniq masalalarni yechish, mutaxassisning ruxiy va 
jismoniy xolati, jamoadagi ma‘naviy psixologik muxitga bogʻliqligi bilan 
ifodalanadi.
Mutaxassisning bevosita psixologik tayyorgarligi dastlabki tayyorgarlikni 
faollashtirish natijasi sifatida ishtirok etadi. Mutaxassisning kasbiy faoliyatga 
dastlabki saloxiyatli tayyorligi bevosita ayni vaqtdagi tayyorligining asosi 
xisoblanadi. Shuning uchun mutaxassisni oliy oʻqv yurtida tayyorlash unda kasbiy 
faoliyat uchun yyetarli boʻlgan sifatlarni shakllantirish lozim. Ba‘zi vaqtlarda xatto 
kasbiy masalalarni xal etishga yaxshi tayyorgarlik kurgan mutaxassis xam zarur 
paytda kerakli faoliyat uchun tayyor boʻlmay qolishi mumkin, ya‘ni kasbiy xulqi 
va faoliyatini ruxiy boshqarish yyetarli darajada boʻlmaydi. Bunday xolatda 
faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirib boʻlmaydi yoki samarasiz boʻladi. 
Koʻrinib turibdiki, mutaxassisning kasbiy tayyorligi unda kasbiy bilimdonlikni 
kerakli darajasini kasbiy maxoratini xamda oʻzini boshqarish, oʻzini kerakli 
faoliyatga yoʻnaltirishga, zoʻining kasbiy (ma‘naviy shaxsiy va jismoniy) 
imkoniyatlarini xal etishga yunaltira bilish qobiliyati mavjudligini nazarda tutadi. 
Mutaxassisning kasbiy tayyorligining asosiy va eng murakkab tomoni (psixologik 
tomoni) - mutaxassis ruxiyatining kasbiy tayyorgarligi xisoblanadi. Bu mutaxassis 
psixikasi ruxiy kuchlarining kasbiy masalalarni xal etishga oʻzining vazifalarini 
bajarishga tayyorligi va yoʻnalganligi darajasidir. 
Mutaxassis ruxiyatining kasbiy tayyorligining asosiy tarkibiy kismlari 
quyidagilardan iborat: - yoʻnaltiruvchi intellektual bilish. Bu tarkibiy kismi 
mutaxassis shaxsining bilish soxasini oʻz ichiga oladi: kasbiy idrokini, fikrlashi, 
tasavvur, xotirasi, dikkatini va ular birgalikda mutaxassis shaxsining kasbga 
intellektual tayyorligini tashkil etadi. Mutaxassisning motivatsion tayyorligining 


57 
asoslari oʻz kasbi mutaxassisligini tushuna olishi; oʻzida pozitiv munosabatni 
tarkib toptira olishi, oʻzini baholay olishi, bilish faoliyatiga qiziqishlari 
xisoblanadi. Oliy oʻquv yurti sharoitlarida mutaxassisni tayyorlashda kasbiy 
faoliyatga motivatsion tayyorligi talabalarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga va 
ta‘lim olish jarayonida oʻzini rivojlantirishga mavjud motivatsion doiraning 
yoʻnaltirilganligida namoyon boʻladi. - ijrochilik. Bu tarkibiy qismi kasbiy 
maxoratni (bilim, malaka, koʻnikmalar) kasbiy xulq odatlari kabi muxim kasbiy 
sifatlarning 
toʻplami, 
kasbiy 
qobiliyatlarni 
rivojlanganlik 
darajasi 
va 
mutaxassisning irodaviy tayyorligi uning xulqi va faoliyati davomida oʻzini 
boshkarishga kodirligi, operatsional funksiyali tayyorgarlikni oʻz ichiga oladi.
Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi yadrosini shaxsning kasbiy yoʻnalganligi 
va kasbiy mahorati tashkil etadi. Hozirgi zamon mutaxassisining kasbiy 
tayyorgarligida uning kommunikativ tayyorligi alohida ahamiyatga ega. Bunday 
tayyorgarlik mutaxassisda odamlar bilan kasbiy muhit bilan konstruktiv va 
samarali oʻzaro yaqin aloqalar, xodimlar va rahbarlar bilan amaliy va shaxsiy 
oʻzaro munosabatlarga tayyorligi va bunday oʻzaro munosabatlarni oʻrnata olishga 
va rivojlantirishga qodirligini koʻzda tutadi. Shaxsning kommunikativ tayyorligi 
faqatgina odamning nutqiy madaniyati yetarlicha darajada rivojlanganligida u soʻz 
va tildan toʻgʻri foydalanishni bilganidagina mavjud boʻladi. Shaxsning nutq 
madaniyati uning fikrlash madaniyati rivojlaganligining koʻrsatkichi hisoblanadi. 
Shuning uchun mutaxassisning shaxsiy va kasbiy kamol topishini muxim 
shartlaridan biri uning kasbiy nutqiy madaniyatini rivojlantirish xisoblanadi. 
Mutaxassisning kommunikativ tayyorligi unda empativlikni, xushmuomalalikni, 
doʻstonalilikni, oʻrtoqlik hissini, jamoatchilikni rivojlantirishni, kasbdoshlari bilan 
oʻzaro aloqalar munosabatlariga tayyorligi va qodirligini, oʻzaro munosabatlarda 
keraksiz keskinliklarni yuzaga keltirmaslikni, yuzaga kelgan qiyinchilikni toʻgʻri 
xal eta bilishni, ishda, xodimlar, kasbdoshlari bilan munosabatlarda murosaga 
kelishni kuzda tutadi. Mutaxassis faoliyati muvaffakiyatliligini yana bir muhim 
sharti uning kasbiy va shaxsiy jihatdan tayyorligi va qodirligi xisoblanadi. Bu 
yoʻnalishda uning faolligi darajasi ishtirok etadi. Kasbiy masalalarni xal etishda 


58 
xam xodimlar kasbdoshlari bilan uzaro munosabatlarda xam oʻzini toʻla va xar 
tomonlama koʻrsatishga intilish iborat boʻladi. Mutaxassisning bunday oʻzini 
tashqil etish kup jixatdan uning muvaffaqiyatga erishish istagiga va intilishiga 
boglik boʻladi. Zamonaviy psixologiyada muvaffaqiyat muammosiga bagishlangan 
kuplab ishlar mavjud boʻlib, ularda mazkur muammo amaliy va nazariy jixatdan 
urganilgan. Muvaffaqiyat deganda shaxsning oʻz oldiga qoʻygan maksadlariga 
erishishi tushuniladi. Odamning bajarayotgan ishini muvaffaqiyatliligini xis etishi 
ikkita xal etuvchi vaziyatlarga bogʻlik boʻladi: xaqiqiy natija va ushbu vaziyatlarda 
uning kizikishlari darajasiga. Ular odam oʻz faoliyatida qoʻygan maqsadlarini ifoda 
etish shakli sifatida ishtirok etadi. Shunga muvofik muvaffaqiyatga erishishning 
vositalari, shart- sharoitlari ishlab chiqilgan boʻlib u quyidagi formula asosida 
beriladi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling