Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
Kognitivistik yoʻnalish. Kognitivistik yoʻnalishning asoschilari qatoriga J.
Piaje, Dj. Kelli va boshqalarni kiritish mumkin. J. Piajening intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan boʻlib, u intellekt funktsiyalari va intellektning davrlari ta‘limotini oʻz ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funktsiyalari uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish, koʻnikish)dan iborat boʻlib, intellektning funktsional invariantligi deb yuritiladi. Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining quyidagi bosqichlarni ajratadi: 1) sensomotor intellekti (tugʻilishdan to 2 yoshgacha); 2) operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7 yoshgacha); 3) muayyan operatsiyalar davri (7–8 yoshdan 11–12 yoshgacha); 4) formal (rasmiy) operatsiyalar davri. 62 J. Piajening gʻoyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini kognitiv-genetik nazariyaga biriktirish mumkin. Bu yoʻnalishning namoyandalari qatoriga L. Kolberg, D. Bromley, Dj. Birrer, A. Vallon, G. Grimm va boshqalar kiradi. Shaxs psixologiyasining rivojlanishi muammosini oʻrganishga Rossiyalik atoqli olimlar L. S. Vigotskiy, P. P. Blonskiy, S. L. Rubinshteyn, A. N. Leontev, B. G. Ananev, A. G. Kovalev, L.I. Bojovichlar oʻzlarining salmoqli hisslarini qoʻshganlar. Quyida psixologlarning ayrim fikrlariga qisqacha toʻxtalib oʻtamiz. A.G.Kovalevning fikricha, shaxs – ijtimoiy munosabatlarning ham ob‘ekti, ham sub‘ekti. A. N. Leontevning tushunti- rishicha, shaxs faoliyat sub‘ektidir. K. K. Platonov jamiyatda oʻz vazifasini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli individni shaxs deb ataydi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan S. L. Rubinshteynning ta‘rificha, shaxs tashqi ta‘sirlar yoʻnalishini oʻzgartiruvchi, ichki shart-sharoitlar mahsulidir. A.V.Petrovskiyning quyidagi ta‘rifini shaxsning psixologik ta‘rifi sifatida qabul qilish mumkin: «Oʻz mehnati tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan, jamiyatda rivojlanuvchi va odamlar bilan til yordamida munosabatga kirishuvchi odam shaxsga voqelikni beruvchi hamda faol oʻzgartiruvchi sub‘ektga aylanadi». Koʻrinib turibdiki, psixolog olimlar shaxsni tushunishga turli tomonlardan yondashib, unga har xil ta‘rif berishgan. Muayyan fikrlarni jamlagan holda shaxsga quyidagicha ta‘rif berish mumkin. «Shaxs oʻz menligini anglagan, oʻzgalar bilan oʻzaro munosabatlarga kirisha oladigan tabiat va jamiyatga faol ta’sir oʻtkaza oladigan har qanday individ». Yuqorida bayon qilingan nazariyalar va psixolog olimlarning fikrlaridan kelib chiqib, psixologiyada «shaxs» masalasini tushu- nish boʻyicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin. 1) jamiyatning a‘zosi hisoblangan va ong egasi boʻlgan har bir individ shaxsdir; 63 2) shaxs hamma vaqt muayyan, faqat oʻziga xos boʻlgan murakkab individual sifatlar va xususiyatlar egasidir. Bu sifatlar va xususiyatlar shaxs xulqida, boshqa shaxslar bilan munosabatlarida, irodasi va xulq-avtorida, xislatlarida, qobiliyatlari, mayllari va qiziqishlarida ifodalanadi; 3) odam shaxs boʻlib tugʻilmaydi, balki u ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shaxs sifatida shakllanadi. 4) shaxs psixologiyasini aniq tarixiy sharoitlardan, u mansub boʻlgan jamiyatdan, jamiyatda egallagan mavqeidan kelib chiqqan holda oʻrganish mumkin. Ushbu xulosalardan muxandis faoliyatida amalda foydalaniladigan boʻlinsa, shaxs muammosini oʻrganishning ikki tendentsiyasi («tendentsiya lotincha soʻz boʻlib, «intilish», «gʻoya», «fikr», «mayl», «tamoyil» degan ma‘nolarni anglatadi) birli- gini kuzatish mumkin. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling