Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


 Shaxsning «Mеn» obrazi va oʻz-oʻziga baho bеrishi muammosi


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

4.2. Shaxsning «Mеn» obrazi va oʻz-oʻziga baho bеrishi muammosi 
Ijtimoiy munosabatlar 
tizimida odamlar bilan 
oʻzaro muloqotga 
kirishgandan soʻng inson oʻzini atrofdagi muhitdan ajratadi, oʻzidagi jismoniy va 
ruhiy holatlar, harakatlar va jarayonlarning sub‘ekti sifatida his etadi, shaxsan oʻzi 
uchun «boshqalar» qarshisida turgan, shu bilan birga, ularga bevosita bogʻliq 
boʻlgan «Men» sifatida namoyon boʻladi. Shaxsan «Men» mavjudligining 
sub‘ektiv kechinmasi, avvalambor, insonning hozirgi, oʻtgan zamon va kelajakda 
shaxsan oʻziga nisbatan oʻzining oʻxshashligini tushunishi holatida ifodalanadi. 
Shunday qilib, oʻzini anglashyoki «Men-konsepsiyasi» – bu individning oʻzi 
haqidagi tasavvurlarning takrorlanmas tizimi sifatida kechiriladigan nisbatan 


69 
barqaror u yoki bu darajada anglanganlikdir, uning asosida individ boshqa odamlar 
bilan oʻzaro aloqalarini oʻrnatadi va oʻziga munosabat bildiradi. «Men-
konsepsiyasi» – bir butun boʻlsada, lekin ichki qarama-qarshiliklardan holi emas, 
oʻziga nisbatan mayl sifatida namoyon boʻladigan va quyidagi tarkibiy qismlardan 
iborat shaxsiy Men obrazi boʻlib hisoblanadi: kognitiv – oʻz sifatlari, layoqatlari, 
tashqi koʻrinishi, ijtimoiy ahamiyatliligi va h.k.lar obrazi; emotsional – oʻzini 
hurmat, oʻzini yaxshi koʻrish, oʻzini kamsitish va h.k.; baholash-irodaviy – oʻziga 
berilgan bahoni koʻtarishga, hurmatga sazovor boʻlishga va h.k.ga intilish. «Men-
konsepsiyasi» – ijtimoiy oʻzaro ta‘sir sharti va oqibati ijtimoiy tajriba bilan 
aniqlanadi. Uning tarkibiy qismlari: real Men (oʻzini hozirgi hozirgi zamonda 
tasavvur etish), ideal Men (uning fikricha, ahloqiy qoidalarga rioya qilgan sub‘ekt 
kim boʻlishi), dinamik Men (sub‘ekt qanday boʻlishni xohlashi), xayoliy 
Men(imkoniyat boʻlsa, sub‘ekt qanday boʻlib qolishni istashi) va boshqalar.[1]
I.S. Kon «Men» tushunchasiniindividga oʻzini anglashnigina emas, balki, 
oʻz faoliyatini ongli yoʻnaltirish va boshqarish imkoniyatini yaratuvchi faol-ijodiy, 
integrativ muqaddima sifatida ochib bergan holda, bu tushunchaning ikki 
tomonlama xususiyatga ega ekanligini ta‘kidlab oʻtadi. Oʻzini anglash ikkilangan 
«Men»ni oʻz ichiga oladi: 1) «Men» tafakkur sub‘ekti sifatidagi, refleksga ega 
«Men» – faol, harakatchan, sub‘ektga tegishli, ekzistensial «Men»; 2) «Men» idrok 
qilish va ichki sezgi ob‘ekti sifatida – ob‘ektga tegishli, refleksga ega, noyob 
hodisaviy, «Men» darajasi yoki «Men» obrazi «Men» tushunchasi, «Men-
konsepsiyasi».
Refleksga ega «Men» kognitiv chizmadan iborat boʻlib, uning yordamida 
individ oʻzining ijtimoiy persepsiyasini va boshqalar haqidagi tasavvurlarini 
tuzadi. Kognitiv chizma ikkita tizimnioʻz ichiga oladi: shaxsiy va ijtimoiy 
oʻxshashlik. Shaxsiy oʻxshashlik jismoniy, intellektualva ahloqiy qirralar 
atamalaridagi oʻz yoʻnalishini belgilashga kiradi. Ijtimoiy oʻxshashlik alohida 
oʻxshashliklardan tashkil topib,odamning turli ijtimoiy guruhlar: irq, millat, sinf, 
jins va h.k.larga mansubligi bilan belgilanadi.Shaxsiy oʻxshashlik bilan bir qatorda 


70 
ijtimoiy oʻxshashlik oʻzini anglash va ijtimoiy hulq-atvorning asosiy 
boshqaruvchisi boʻlib hisoblanadi.
«Men-konsepsiyasi» faqat anglanadiganlarni oʻz ichiga olgani uchun uni ongli 
kognitiv idrok va individning oʻzini oʻzi baholashi, ya‘ni, oʻzi haqida fikr va 
mulohaza bildirishi sifatida aniqlash mumkin.[2]
Koʻpchilik chet ellik mualliflarning U. Xyuit tomonidan umumlashtirilgan 
qarashlariga koʻra, «Men-konsepsiyasi» bir necha tarkibiy qismlarni oʻz ichiga 
oladi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling