Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Rasm. U. Xyuit boʻyicha «Men-kontseptsiyasi»ning toʻrt tarkibli tuzilishi
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Boshqalar kutgan Men»
- «Koʻrgazmali Men»
- Uydagi Men»
- Samimiy Men»
1. Rasm. U. Xyuit boʻyicha «Men-kontseptsiyasi»ning toʻrt tarkibli tuzilishi
2. «Aks ettirilgan Men» ijtimoiylashuv jarayonida paydo boʻladi. Bu tasavvurlar yigʻindisi boshqalarning biz haqimizdagi fikrlaridir. Individ boshqalarga qarab, oʻz harakatlariga muntazam ravishda oʻzgartirishlar kiritib turadi. Boshqalar uning uchun ijtimoiy oyna vazifasini bajaradi. 72 3. «Boshqalar kutgan Men» – bu mening fikrimcha, boshqalar menda koʻrmoqchi boʻlganlari, mendan kutayotganlari. Bunda ikkilangan aks ettirishni ta‘kidlash lozim: menda haqiqatdan ham koʻrmoqchi boʻlgan xususiyatlar emas, mening fikrimcha, koʻrmoqchi boʻlganlardir. Koʻp hollarda «Kutilgan Men» sohasini ota- onalar belgilaydi. Ba‘zan ular oʻz farzandlariga bu haqda toʻgʻridan toʻgʻri gapiradilar («Haqiqiy musiqachi boʻlib etishishingni orzu qilaman (olim, shoir va sh.oʻ.)»).Odatda, «Kutilgan Men» biz uchun obroʻli boʻlgan insonga yoʻnalgan holda tuziladi. Bu ota, ona, qarindoshlar yoki doʻstlardan biri, ba‘zida ustoz ham boʻlishi mumkin. Bu insonning obroʻsi qanchalik kuchli boʻlsa, uning kutilganlariga nisbatan yoʻnalish ham shunchalik kuchli boʻladi. 4. «Koʻrgazmali Men» yoki «Namoyishkorona Men» katta tantanalarda oʻzining egallab turgan darajasini koʻrsatish, alohida koʻrinish uchun kiyiladigan koʻchalik koʻylakni eslatadi. «Na Men» – bu boshqalarda yaxshi taassurot qoldirish uchun koʻrsatiladigan hulq-atvor aktlari yigʻindisi. Bunga, shuningdek, biz oʻz darajamiz yoki ijtimoiy rolimizdan qat‘iy nazar bildiradigan qarashlar, gʻoyalar, hulq-atvor odati va shu kabilarni kiritish mumkin. 5. «Uydagi Men» koʻchalik koʻylakni yechib, hulq-atvorning koʻrgazmali odatlarini tashlab, boʻshashganda namoyon boʻladi. Masalan,gerdaygan general doimo unga boshchilik qilib, hatto, ovozini koʻtaradigan ayolining itoatkor qoʻgʻirchogʻiga aylanadi. Yoki yuvosh ziyoli muhandis uyidagi ayoli va bolalarini qiynaydigan zolimga aylanadi. 6. «Samimiy Men» - eng yaqin odamlardan ham sir tutiladigan «Uydagi Men»ning yashirin qismi. Har birimizda, hatto, yaqin odamlarimizdan yashiradigan sirlarimiz topiladi. U oʻzimiz yakka qolganimizda ochishga imkon berishimiz mumkin boʻlgan, qachondir sodir etilgan va kechirib boʻlmaydigan xatolik hisoblanadigan, anglanmagan va boshqalar tomonidan qoralanadigan istaklar (ayniqsa, jinsiy) va boshqalar kabi yomon odatlardan shakllanadi. Boshqacha aytganda, bu biz boshqalarda ta‘na qiladigan, lekin oʻzimiz namoyon qiladigan harakatlar va qirralar uchun zahiradir. 73 «Men»ning oxirgi uch turi ma‘lum koʻrinishda bir-biri bilan yoki oʻzaro bogʻliq boʻladi. «Men»ning boshqa turlariga qaraganda, ularning oʻzaro bogʻliqligi kuchliroqdir. Quyidagi belgilanishlarni kiritamiz: - «Na-Men» - «Namoyishkorona Men»; - «Uy-Men» - «Uydagi Men»; - «Sa-Men» - «Samimiy Men». Ular bunday tartibda boshqalarga ishonch bildirish va sir tutilgan haqiqat darajalarining kamayishi boʻyicha joylashtirilgan. Masalan, koʻpchilik bizning «Na-Men»imizni koʻproq, «Sa-Men»imizni esa kamroq biladilar. Lekin eng haqqoniy «Men» «Sa-Men», eng yanglish esa – «Na-Men». Oʻrtada yyetarlicha haqqoniy va yaqin odamlarga tanish boʻlgan «Uy-Men» joylashadi.[1] Shunday qilib, xulosa qilish mumkin: «Men»imiz bilan qanchalik kam odam tanish boʻlsa, u haqdagi ma‘lumot shunchalik haqqoniy boʻladi. Inson boshqalardan yashiradigan sohasi «Na- Men» «Uy- Men» Inson boshqalarga oʻzi haqida bilishga ishonch bildirishi sohasi «Sa- Men» Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling