Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Havas– bu sub‘ektning ajratilmagan, anglanmagan yoki yetarlicha  anglanmagan ehtiyojlarini ifodalovchi ruhiy holat. Istak


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

Havas– bu sub‘ektning ajratilmagan, anglanmagan yoki yetarlicha 
anglanmagan ehtiyojlarini ifodalovchi ruhiy holat. Istakfaoliyat motivisifatida 
ehtiyojning yetarlicha aniq anglanganligi bilan ifodalanadi. Bunda uning 
ob‘ektigina emas, balki uni qondirish yoʻllari ham anglanadi. Intilishistak 
tuzilishiga irodaviy tarkibiy qism qoʻshilganida yuzaga keladi. Qiziqish– bu 
shaxsning yoʻnalganligini faoliyat maqsadlarini anglash bilan ta‘minlovchi bilish 
ehtiyoji ifodalanishining maxsus shakli. Sub‘ektiv tarzda qiziqish ob‘ektni 
chuqurroq oʻrganish, u haqda koʻproq ma‘lumotga ega boʻlish, uni tushunish 
istagida bilish jarayoniga ega boʻladigan ijobiy emotsional tonda namoyon boʻladi. 
Odatda, shaxs yoʻnalganligini ifodalovchi qiziqishning qondirilishi uning 
soʻnishiga sabab boʻlmasdan, uni ichdan oʻzgartiradi, boyitadi va chuqurlashtiradi, 
bilish faoliyatining yuqori darajasi talablariga javob beruvchi yangi qiziqishlarni 
uygʻotadi. E’tiqodlar– bu shaxsni oʻz qarashlari,tamoyillari, dunyoqarashiga 
muvofiq ravishda harakat qilishga undovchi motivlar tizimi. E‘tiqodlarshaklidagi 
ehtiyojlar mazmuni – bu tabiat va jamiyatni oʻrab turgan olam haqidagi bilimlar, 
ularni muayyan tarzda anglash. Bu bilimlar tartibli va ichdan tashkil topgan 
qarashlar (falsafiy, etika, estetika, tabiiy-ilmiy) tizimini hosil etganida, ular 
insonning dunyoqarashi sifatida oʻrganilishi mumkin.[2] 


77 
Shaxs mayli – bu avvalgi tajribada shakllangan, ob‘etni aynan ma’lum 
shaklda idrok qilish, tushunish yoki u bilan harakat qilishga tayyorlik, moyillik. 
Koʻpchilik mayllarning yanglish mohiyati, yokiinson shaxsiy tajribasidagi ba‘zi 
faktlardan shoshilinch va yetarlicha asoslanmagan holda chiqarilgan xulosalarning 
natijasi, yoki fikrlash stereotiplarini – ma‘lum ijtimoiy guruhda qabul qilingan 
xillarga ajratilgan mulohazalarni tanqidsiz oʻzlashtirish natijasi boʻlib hisoblanadi. 
Jamiyat hayotidagi turli faktlarga (hodisalar, odamlar va boshqalar) nisbatan 
ogohlantirish xususiyatiga ega boʻlgan mayllarijobiyvasalbiy boʻlishi mumkin. 
Mayllar u yoki bu darajada anglanmagan boʻlishi mumkin. Psixologik tadqiqotlar 
tomonidan mayl tuzilishida uch tarkibiy qism ajratiladi: kognitiv tarkibiy qism 
inson bilishga va idrok qilishga tayyor tasvir namunasidir; emotsional-

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling