Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


- MAVZU: SHAXSNING FAOLLIGI. FAOLIYAT TURLARI


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

5- MAVZU: SHAXSNING FAOLLIGI. FAOLIYAT TURLARI
5. 1. Shaxs va uning faolligi. 
5. 2. Faoliyatning turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar. 
5. 3. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivasiyasi . 
5. 4. Motivlarning turlari. 
5. 1. Shaxs va uning faolligi 
Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, oʻz-oʻzini anglab, har 
bir harakatini muvofiklashtiruvchi shaxsga xos boʻlgan eng muhim va umumiy 
xususiyat - bu uning faolligidir. 
 
Faollik (lotincha «actus» - harakat, «activus» - faol so‘zlaridan kelib 
chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha hatti-harakatlarini 
namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir.


79 
Bu - oʻsha oddiy qoʻlimizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bogʻliq 
elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uygʻonish paytlarimizda amalga 
oshiradigan mavxum fikrlashimizgacha boʻlgan murakkab harakatlarga aloqador 
ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning 
ongi va oʻz-oʻzini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida 
ishtiroki va uni uddalashi aloqador sifatlari orqali bayon etiladi. 
Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi: 
 
Misol tariqasida hayotdan shunday manzarani tasavvur qilaylik: uzoq 
ayriliqdan soʻng ona oʻz farzandi visoliga yetdi. Tashqi faollikni biz onaning 
bolasiga intilishi, uni quchoqlashi, yuzlarini siylashi, koʻzlaridan oqqan sevinch 
yoshlarida koʻrsak, ichki faollik - oʻsha koʻz yoshlarini keltirib chiqargan 
fiziologik jarayonlar, ichki sogʻinchning asl sabablari (ayriliq muddati, nochorlik 
tufayli ayriliq kabi yashirin motivlar ta‘siri), koʻrib idrok qilgandagi oʻzaro bir-
birlariga intilishni ta‘minlovchi ichki, bir qarashda koʻz bilan ilgab boʻlmaydigan 
emosional holatlarda namoyon boʻladi. Lekin shu manzarani bevosita guvohi 
boʻlsak ham, uni ifodalagan rasmni koʻrsak ham, taxminan qanday jarayonlar 
kechayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin.
Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini 
 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling