Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

eksteriorizasiya deb yuritiladi. 
Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga koʻra ham 
farqlanadi. Masalan, shunday boʻlishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har bir 
elementni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat va 
ongning yoʻnalishini talab qiladi. Lekin vaqt oʻtgach, bora-bora unda ongning 
ishtiroki kamayib, koʻpgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga 
oʻgirilganda, malaka hosil boʻldi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat 
yozishga oʻrganganmiz. Agar malakalarimiz qat‘iy tarzda bizdagi bilimlarga 
tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga koʻra harakatlarni muvaffaqiyatli 
bajarishni ta‘minlasa, biz buni koʻnikmalar deb ataymiz. Koʻnikmalar - doimo 
bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Masalan, koʻnikma va malakalar oʻzaro bogʻliq 
boʻladi, shuning uchun ham oʻquv faoliyati jarayonida shakllanadigan barcha 
koʻnikmalar va malakalar shaxsning muvaffaqiyatli oʻqishini ta‘minlaydi. Ikkalasi 
ham mashqlar va qaytarishlar vositasida mustahkamlanadi. Agar, faqat malakani 
oladigan boʻlsak, uning shakllanish yoʻllari quyidagicha boʻlishi mumkin: 
 oddiy namoyish etish yoʻli bilan; 
 tushuntirish yoʻli bilan; 
 koʻrsatish bilan tushuntirishni uygʻunlashtirish yoʻli bilan. 
Hayotda koʻnikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy 
va aqliy urinishlarimizni yengillashtiradi. Oʻqishda, mehnatda, sport sohasida va 
ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta‘minlaydi.
 Faoliyatni klassifikasiya qilish va turlarga boʻlishning yana bir keng tarqalgan 
usuli - bu barcha insonlarga xos boʻlgan asosiy faollik turlari boʻyicha 
tabaqalashdir. Bu - muloqot, oʻyin, oʻqish va mehnat faoliyatlaridir. 


84 
 
Faoliyatning klassik turlari chizmasi 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling