Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

 
Muloqot - shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon boʻladigan 
birlamchi faoliyat turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kuchli ehtiyojlardan biri - 
inson boʻlish, odamlarga oʻxshab gapirish, ularni tushunish, sevish, oʻzaro 
munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Shaxs 
oʻz taraqqiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan boshlaydi va nutqi orqali 
(verbal) va nutqsiz vositalar (noverbal) yordamida boshqa faoliyat turlarini 
mukammal egallashga zamin yaratadi. 
Oʻyin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma‘naviy 
ne‘matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi 
murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola 
tomonidan oʻzlashtiriladi. Bola toki oʻynamaguncha, kattalar hatti-harakatlarining 
ma‘no va mohiyatini anglab yetolmaydi. 
Oʻqish faoliyati ham shaxs kamolotida katta rol oʻynaydi va ma‘no kasb 
etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli koʻnikmalar 
oʻzlashtiriladi. 
Mehnat qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat boʻlib, uning 
maqsadi albatta biror moddiy yoki ma‘naviy ne‘matlarni yaratish, jamiyat 
taraqqiyotiga hissa qoʻshishdir. 


85 
Har qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan 
amalga oshirishda faoliyatning barcha qonuniyatlari va mexanizmlari amal qiladi. 
Oddiygina biror kasb malakasini egallash uchun ham unga aloqador boʻlgan 
ma‘lumotlarni eslab qolish va kerak boʻlganda yana esga tushirish orqali uni 
bajarish boʻlmay, balki ham ichki (psixik), ham tashqi (predmetga yoʻnaltirilgan) 
harakatlarni ongli tarzda bajarish bilan bogʻliq murakkab jarayonlar yotishini 
unutmaslik kerak. Lekin har bir shaxsni u yoki bu faoliyat turi bilan 
shugʻullanishiga majbur qilgan psixologik omillar - sabablar muhim boʻlib, bu 
faoliyat motivlaridir. 


86 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling