Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


 Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivasiyasi


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

 
5.3. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivasiyasi 
Yuqorida biz tanishib chiqqan faoliyat turlari oʻz-oʻzidan roʻy bermaydi. 
Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va oʻzini qanday tutishi, egallagan mavqyei 
ham sababsiz, kuzatilmaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq - atvorini 
tushuntirish uchun psixologiyada «motiv» va «motivasiya» tushunchalari 
ishlatiladi.
«Motivasiya» tushunchasi «motiv» tushunchasidan kengroq ma‘no va 
mazmunga ega.
Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak boʻlganda 
ishlatiladi, ya‘ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat 
yoʻlida?» degan savollarga javob qidirish - motivasiyani qidirish demakdir. 
Demak, u xulqning motivasion tasnifini yoritishga olib keladi. 
Motiv va motivasiya muammolarini tadqiq etishda rus va sobiq ittifoq 
psixologlari 
oʻzlarining 
munosib 
hissalarini 
qoʻshganlar, 
jumladan, 
K.D.Ushinskiy, 
I.M.Sechenov, 
I.P.Pavlov, 
V.M.Bexterov, 
A.F.Lazurskiy, 
V.M.Myasishchev, 
A.A.Uxtomskiy, 
L.S.Voʻgotskiy, 
S.L.Rubinshteyn, 
A.N.Leontyev, P.M.Yakobson va boshqalar. 
Oʻz zamonasining buyuk eksperimentatori A.F.Lazurskiy psixik jarayonlar 
va shaxs xususiyatlarini tadqiq etayotganida motivlar masalasiga qiziqish bilan 
yondashadi. Buning uchun muallif oʻz izlanishlarida ―mayllar va xohishlar kuchi 
hamda zaifligi‖, ―motivlar kurashiga moyilligi‖, ―motivlar muhokamasiga 
ortilganligi‖, ―xohishning qadriyatga ega ekanligi, aniq xususiyatliligi‖ singari 
kontekstlar orqali oʻrganishga intiladi. Shuning bilan birga A.F.Lazurskiy intilish 
rivojining darajasi ongli irodaviy zoʻr berish bilan bogʻliq ekanligini alohida 
ta‘kidlaydi.
Motiv muammosi D.N.Uznadze tomonidan oʻrganilgan boʻlib, uning 
mohiyatini tushntirish, ustanovka nazariyasiga asoslangan. Shuning uchun motivni 
 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling