Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch ibora va tushinchalar
Nazorat savollari
1. Kasbiy psixologiya fanining predmeti nima? 2. Fanning maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 3. Kasbiy psixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi qanday? 4. Kasbiy psixologiya fanining hozirgi paytdagi dolzarb muammolari nimalardan iborat? 5. Kasbiy tanlov va kasbga yaroqlilikni (layoqatini) aniqlash. 6. K.Farrenning Shaxs yashovchanlik sifatlariga 7. K.Farren kasbning yashovchanlik koʻrsatkichlarini sanang. 29 2-MAVZU. KASBIY PSIXOLOGIYANING ASOSIY METODLARI REJA: 2.1.Kasbiy psixologiyaning asosiy metodlari haqida tushuncha. 2.2.Tadqiqiy metodlar: longityud va kesimli metodlar. 2.3.Tadqiqotlarni tashkillashtirish va rejalashtirish. 2.4.Eksperimental metodlar. 2.5.Faoliyat natijalarini tahlil qilish metodi. Tayanch ibora va tushinchalar: metod, longityud metodi, kesimli metod, reja, tadqiqot, kuzatish metodi, anketa metodi, test metodi, biografik metod, sotsiometrik metod, faoliyat mahsuloti. 2.1. Kasbiy psixologiyaning asosiy metodlari haqida tushuncha. Metod soʻzi – yunoncha metodos boʻlib tadqiqot, tekshirish degan ma‘noni beradi. Nazarimizda yuqoridagilarga yana yoʻl, usul soʻzlarini ham kiritish mumkin. Metodlar tadqiqot ishlarida ham, bilim berishda ham qoʻllaniladi. Ushbu bobda bilim berish metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi uchun zarur boʻlgan ma‘lumotlarni toʻplashdagi qoʻllaniladigan tadqiqot metodlari haqida soʻz boradi. Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan muhim oʻrin egallagan, diagnostik xususiyatli metodlardan biri – kuzatish metodidir. Mazkur metod fanimizing eng qadimgi zamonidan boshlab to hozirgi davrgacha ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan biri boʻlib, keng koʻlamda foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi kunda uning ob‘ekti, koʻlami yanada kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar, holatlar, hodisalar, kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlarini oʻrganish imkoniyati tugʻildi, sifat hamda mazmun jihatidan katta oʻzgarishlar yuzaga keldi. Hozirgi zamon kasbiy psixologiya fanining asosiy printsiplari, kategoriyalari va ilmiy tadqiqot usullari 1923 yilda Psixonevrologlarning birinchi s‘ezdida K. N. Kornilov (1879–1957) psixologiyani dialektika negizida tuzish masalasini ilgari surdi. Psixologlarning psixologiyani dialektik materializm negizida tuzish uchun olib borgan kurashining natijasi hisoblangan gʻoyaviy-nazariy kurash jarayonida 30 psixologiya predmeti va uning metodlari haqidagi ilmiy tushunchalar tarkib topdi, psixologik tadqiqotlarning eng muhim prinsiplari va asosiy muammolari aniqlab olindi, bilimning turdosh sohalariga munosabat oydinlashdi. Psixologiya fanining taraqqiyotida buyuk oʻrin tutgan B. G. Ananev, P. P. Blonskiy, L. S. Vigottskiy, A. V. Zaporojets, K. N. Kornilov, G. S. Kostyuk, A. N. Leontev, A. R. Luriya, S. A. Rubinshteyn, A. A. Smirnov, B. M. Teplov, D. N. Uznadzeva boshqa olimlar etishib chiqdi. Psixologiya psixik jarayonlarni, shaxsning individual – tipologik xususiyatlarini oʻrganar ekan, tekshirishning muayyan metodlarini oʻrgatadi. Psixologiyada tekshirish metodlari ob‘ektiv boʻlmogʻi lozim. Insonning ish- harakatlarivaxatti-harakatlarini tekshirish asosidagina uning niyatlari, fikrlari va hissiyotlari haqida toʻgʻri ma‘lumot olish mumkin. Kasbiy psixologiyaning metodlari psixik hodisalarni oʻrganishga ob‘ektiv qarashni ta‘minlabgina qolmay, balki shaxsning psixik jarayonlari va xususiyatlari nima uchun va qanday yuzaga keladi? Qanday rivojlanadi va qanday oʻzgarib boradi? degan savollarga javob bermogʻi lozim. Kasbiy psixologiyaning metodlari amaliyot bilan bogʻliq ravishda olib borilishi kerak. Kasbiy psixologiya metodlariga tarixiy jihatdan yondashmoq lozim. Shu jihatdan psixologiya metodlari uning predmeti kabi tarixan anchagina oʻzgarishlarga duch keldi. Psixologik tadqiqotlar predmetining alohida xususiyatga egaligi uning alohida tadqiqot metodlariga ega boʻlishi zarurligi haqidagi fikrni ilgari surmasdan qoʻymasdi. Idealistik psixologiya yagona bir metodni tavsiya eta olgan va shu metod yordamida kishi «ruhiga» kirib borishga uringan. Oʻzini oʻzi kuzatish (introspektsiya, ya‘ni ichkaridan koʻrish) ana shunday metod edi. Kasbiy psixologiyada tadqiqotning sub‘ektiv va ob‘ektiv metodlari bir-birini inkor etadi. Haqiqiy ilmiy psixologiya psixikani oʻrganishning ob‘ektiv metodlaridan foydalanish va fanda bundan boshqa metodlarning boʻlishi mumkin emasligini tushuntirishi kerak. Hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy tadqiqotga yana bir muhim talabi psixik faktlarni genetik (tarixiy) jihatdan oʻrganish printsipiga amal qilishni taqozo etadi. Bu metod yordamida psixik rivojlanish davrlarga boʻlish yoʻli bilan (ya‘ni 31 rivojlanishning alohida yosh bosqichlarini ta‘riflash va ularni oʻzaro bir- biriga taqqoslash) emas, balki bola shaxsini unga ta‘lim berishning maxsus tashkil etilgan sharoitlarida qator yillar mobaynida uzoq vaqt oʻrganish natijasida aniqlanadi. Masalan, bolaning psixik taraqqiyoti oʻrganilar ekan, psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlarini, xususiyatlarini aniqlash, uning shu tarzdagi psixik taraqqiy etish sabablarini bilib olish hamda sinchiklab oʻrganish asosida oilaviy tarbiya va ta‘lim jarayonlarini takomillashtirish uchun muayyan usullarni belgilash lozim. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling