Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


 3.Tadqiqotlarni tashkillashtirish va rejalashtirish


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

2. 3.Tadqiqotlarni tashkillashtirish va rejalashtirish 


33 
Tadqiqotni tashkillashtirish va rejalashtirish metodlari, ya‘ni tashkiliy 
metodlar. 2. Dalillar toʻplash, ilmiy ma‘lumotlar olishga qaratilgan empirik 
metodlar(usullar). 3. Ma‘lumotlarni qayta ishlash usullari 4. Interpretasion 
metodlar(usullar).
Boshqa bir qator psixolog-olimlar kasbiy psixologiyaning quyidagi usullarini 
ajratishadi:
1. Sub‘ektiv metodlar (oʻzini oʻzi kuzatish);
2. Ob‘ektiv metodlar (kuzatishning xar xil turlari; eksperimental, testlar, 
savol-javob, soʻrovnomalar). 
Afsuski, bu metodlar muallifi psixologiya metodlarining tasniflanishini 
(klassifikatsiya) taqdim etmay, faqatgina psixologiya fanidagi mavjud metodlarini 
sanab oʻtish bilan chegaralanadilar. Bu esa oʻz navbatida aniq ilmiy 
tasniflanishning mavjud emasligi, psixologiyada metodlarning koʻpligi hamda bir 
tizimga solinmaganligi bilan izohlanadi.
3
Kasbiy psixologiyaning metodlarini tahlil etib, tadqiqiy metodlarni 
tasniflashning asosi sifatida muhim jihatlarini ajratib olish kerak. Bu masalalar 4 
xil shaklga ega: tasvirlash, oʻlchash, tushuntirish va psixik hodisani 
shakllantirishdan iborat. Shunga muvofiq metodlarning 4 ta guruhi taklif etiladi: 
noeksperimental (klinik), diagnostik, eksperimental va shakllantiruvchi.
Shunday qilib kasbiy psixologiya oldida quyidagi tadqiqiy masalalar turibdi:
1 guruh usullar - shaxsning kasbiy shakllanishi bu murakkab, ba‘zida esa 
dramatik jarayonning psixologik xususiyatlarini tasvirlashdan iborat. Bu jarayonni 
tadqiq etish uchun longityu‘d, savol-javob, psixobiografiya, tanqidiy voqealar 
metodlarini qoʻllash toʻgʻri boʻladi. Bu metodlar guruhini genetik metodlarga 
kiritishi mumkin. 
2 guruh usullar - kasblarning psixologik tavsifi, kasbning psixologik 
mazmunini tadqiq etish, faoliyat mahsuldorligini oʻrganish, mehnat metodi, 
hujjatlarni oʻrganish, kuzatilayotganlarni savol-javob orqali oʻrganish metodi, 
3
T. Melchert. Fondations of Professional psychology. 2011. 10-bet. 


34 
shuningdek, professiografiya yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.Bu uslublar 
guruhi praksimmetrik uslublarga tegishlidir.
3 guruh usullar - muhim kasbiy koʻrsatkich faoliyat va shaxs belgilarini 
oʻlchash. Bu tadqiqiy masalani hal qilish uchun maxsus qobiliyat testlari, 
muvaffaqiyat va ta‘lim testlari qoʻllaniladi. Bu psixometrik usullar guruhidir.
4 guruh usullar - kasbiy shakllanishning xususiyatlarini, qonuniyat va 
mexanizmlarini tushuntirishdan iborat. Bu vazifani bajarish usullari eksperimental 
usullardir: ya‘ni labaratoriya, modellashtiruvchi va tabiiy eksperimentlardir.
5 guruh usullar tadqiqiy ma‘lumotlarga miqdoriy ishlov berishga 
yoʻnaltirilgan. Ularga matematik ishlov berish usullari kiradi: ya‘ni korrelyasion, 
faktorli tahlil va boshqalar.
Biografik usul - shaxs hayot yoʻlini oʻrganish va loyiqalashtirish usullari, 
hayotiy dasturlar, kasbiy rejalar, kasbiy shaxsiy shakllanishining ssenariylarini 
ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan. Biografik usullarga tarjimai hol, ma‘lumotlarni 
oʻrganish, kasbiy mehnatdan qoniqish va boshqalarni kiritish mumkin.
4

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling