Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

Kuzatish metodi. 
Psixologiyada kuzatish odamning psixik hayotini oʻrganish metodi sifatida 
keng suratda qoʻllaniladi. 
Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, uning yangi shakllari, vositalari, 
usullari paydo boʻldi, xolisonalik (ob‘ektivlik) darajasi ortdi, ishonchliligini 
ifodalovchi mezonlar, oʻlchovlar yaratildi. Buning natijasida kuzatish psixologiya 
fanining universal tadqiqot metodlari qatoriga kirib, uning barcha sohalarida 
qoʻllanilmoqda, ayniqsa tadbiqiyligi imkoniyatining 
yuksakligi, statistik 
hisoblashga beriluvchanligi xususiyati bilan boshqa metodlardan ajralib turadi. 
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda uning yoritilmay qolib ketgan 
jihatlari, tarkiblari, yordamchi jabhalari yuzasidan mulohaza yuritamiz. 
Kuzatish metodining texnologiyasi quyidagilardan tashkil topadi: 
- voqelik (atrof – muhit, inson shaxsi) ni kuzatish oqimini muayyan 
qismlarga, yoʻnalishlarga ajratish (nemischa – lotincha ―kvantifikatsiyalash‖, ya‘ni 
eng zarur, birinchi darajali jihatlarini saralash); 


36 
- kuzatishning koʻlami (xajmi), xususiyati va oʻziga xosligini aniqlash, ya‘ni 
uning nimalarga qaratilganligini belgilab olish; 
- kuzatish jarayonida barcha holat, hodisa, alomat va tashqi qiyofa, 
koʻrinishning oʻziga xosligini qayd qilish (ularni yozma nutqda ifodalash, ya‘ni 
fransuzcha – lotincha ―fiksatsiyalash‖); 
- kuzatish davomida toʻplangan omillar, ma‘lumotlar, natijalarni matematik 
statistik metodlar yordami bilan hisoblab chiqish va miqdoriy tahlil yakunlari 
boʻyicha psixologik sifat talqinini amalga oshirish. 
Psixologik kuzatish olib borishdan koʻzlangan maqsad mana bulardan iborat: 
- kuzatiluvchi vaziyat, holat va ob‘ektni maqsadga muvofiq tanlash, uning 
oqilona ekanligiga ishonch hosil qilish; 
- kuzatishning dasturini ishlab chiqish, uni amaliyotga tatbiq qilish, sxematik 
ifodalashni yaratish, yigʻilgan natijalarni chizma asosida aks ettirish. 
Kuzatishning ob‘ekti va predmeti quyidagi tuzilishga ega: 
- kuzatishning ob‘ekti – inson, guruh, jamoa va shaxslararo munosabatlar, 
emotsional – hissiy kechinmalar, xayvonot olami, shaxsning faoliyati, ijodiyoti, 
muomalasi kabilarni oʻrganishdan iboratdir; 
- kuzatishning predmeti – insonning xilma xil holati, jarayoni, harakatining 
kuchi, jadalligi, uzluksizligi, dinamikasi, oʻziga xosligi, uning hamkorlikdagi 
harakati, undagi onglilik, ongsizlik, ongosti holatlarining kechishi, faoliyat va 
muomala kabilarni eksteriorizatsiyalashdan tashkil topgandir; 
- amaliy va gnostik holatlar; nutq aktlari: ma‘nosi, mazmuni, mohiyati, 
yoʻnalishi, chastotasi, ritmikasi, tempi, amplitudasi, davomiyligi, intensivligi, 
ekspressivligi, uning leksikasi, grammatikasi, fonetikasi, lingvistik qurilishi va 
boshqalar; 
- noverbal nutq ifodasi: mimika, pantomimika va vokal mimikasi (musiqa 
ma‘nosini tana a‘zolari orqpli ifodalash); 
- vegetativ reaksiyalarning koʻrinishi: rangning qizarish, oqarishi, terlash, 
nafas olishning tezlashuvi, sekinlashuvi va qiyinlashuvi. 


37 
Kuzatishning bosqichma – bosqichliligi, tadrijiyligi (ierarxiyasi) tarkiblari 
quyidagilardan tashkil topadi: 
- kuzatishning maqsadi, vazifalari, dasturi, qaydnomasi: bunda umumiy 
talablarga rioya qilish, kundalik, texnika vositalari (faktik holatlar), natijalarning 
tahlili, talqini va gʻoyalarni ilgari surish. 
Kuzatishni ifodalash uslublari: tajribalarda toʻplangan ma‘lumotlarni alomat, 
belgi va simvolika orqali aks ettirish (piktogramma, chizgi, jadval, anogramma) va 
turli shakl, xususiyatli bayonnomalar, qaydnomalar yuzaga keltirish. 
Psixologiya fanida kuzatishning quyidagi turlaridan foydalaniladi: izchil, 
epizodli, dala sharoitli, laboratoriyaviy – sun‘iy, tabiiy, xronologiyali, davriy, bir 
martali kabilar. 
Insonning mehnat faoliyatini kuzatishda quyidagi vositalarni qoʻllash 
maqsadga muvofiq: 
- F.Gilbertning ―Ish kuni fotografiyasi‖ metodikasi (rasmlarda ifodalangan 
ishchining harakatini kuzatish, koʻzdan kechirish orqali ularni tahlil qilish (sa‘i – 
harakatlar boʻyicha tizim vujudga keltirish, ulardagi oʻzgarishlarga binoan 
muayyan ketma – ketlikda joylashtirish); 
- A. K. Gostevning xronokartasi (ikki yoki uch marta yarim soatdan smenada 
va smenadan keyin tekshiruv oʻtkazish); 
- Talabalarda dars boshida, oʻrtasida va oxirida yoki boshqa vaziyatlarda: 
yordamchi yumush bilan shugʻullanish holati, dam olish, uyqu va shu kabilar. 
Kuzatish metodining bir necha xil shakllari mavjud boʻlib, vazifalariga qarab 
ularning har biridan foydalanish mumkin: aralishib yashirin kuzatish
kuzatiluvchining psixologik portretini yaratish, aralashib oshkora kuzatish 
(oʻsmirlarda yuqori natijalar beradi), hulq – atvor portretini tahlil qilish va hokazo. 
Kuzatilgan ob‘ektni qayd qilishning turlari va vositalari mavjuddir: 
kundaliklar, foto, video, kinoapparatlarning mahsullari, voqelikning musavvir 
tomonidan faktik ifodalanishi, ta‘kidlovchi, ta‘birlovchi, umumlashtiruvchi 
xususiyatlar majmuasi. 


38 
Kuzatish natijalarini umumlashtirishda ma‘lumotlar miqdor va sifat jihatidan 
tahlil qilinadi, tajriba yakunlari boʻyicha gʻoyalar, umumlashmalar, xossalar, 
qonuniyatlar mexanizmlar, holatlarining ilmiy psixologik talqini amalga 
oshiriladi.Kuzatish yakunida toʻplangan ma‘lumotlar ilmiy hisobot sifatida 
muayyan qoidalarga asoslangan holda quyidagi tartibda joylashtiriladi: kirish, 
metodikalarning tasnifi, natijalarning bosqichma – bosqich tahlili, ularning 
muxokamasi, izlanishlarning xotimasi va xulosalari, amaliy xususiyatga ega 
boʻlgan tavsiyalar, koʻrsatmalar berilishi, foydalaniladigan adabiyotlar roʻyhati va 
nihoyat ilovalar (har bir qism oʻziga xos yakunlangan, tugallangan ma‘no 
anglatishi lozim). Kuzatish metodi yordami bilan xatto nizoli (konfliktli) 
vaziyatlarni kuzatish ham mumkin. 
Nizoli vaziyatlar turli – tuman boʻlishidan qat‘i nazar kuzatish jarayonida 
ushbu holatlarga e‘tibor berish zarur: nizoning mohiyatiga kirish, nizoning 
kuchayishi va uning tashqi va ichki omillari, nizoni pasaytirishga qaratilgan 
ta‘siroʻtkazuvchi vositalardan foydalanganlik, nizo yechimining topilishi, nizoli 
vaziyat bartaraf qilingandan keyin sixologik holatning tasnifi. 
Kuzatish jarayonida R. Beylzaning interaksiya metodikasini (bahs – 
munozara jarayonida oʻzaro ta‘sir oʻtkazish imkoniyatini aniqlash uchun) qoʻllash 
ijobiy natijalar beradi: 
- umumiy muammo mohiyatiga guruh a‘zolarini yoʻnaltirish; 
- guruh a‘zolari tomonidan muammoni echish yoʻllarini baholash; 
- bahs (munozara, diskussiya) jarayonini nazorat qilish; 
- umumiy fikrga kelish uchun guruhiy qaror qabul qilish; 
- muammo echimiga erishishdagi guruh a‘zolarining birdamligi va 
hamjixatligi. 
Kuzatish yakunlari boʻyicha umumpsixologik xulosalar chiqarish, milliy, 
etnopsixologik, hududiy xususiyatlarni qat‘iy ravishda sharxlash, yosh davrlari, 
jinsiy xususiyatlariga taalluqli mulohazalar bildirish – psixologik bilimlarning 
boyishiga olib keladi. Tajribalarda, kuzatishlarda toʻplangan materiallar qiymatini 
oshirish uchun vujudga kelgan barcha omillarni psixologik tahlil qilish, statistik 


39 
metodlardan unumli foydalanish zarur, toki bu mezonlar ma‘lumotlarning ilmiylik 
darajasini yuksaltirishga xizmat qilsin. 
Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagi 
tartibda qoʻllash lozim: 
- olingan natijalarni foizlar boʻyicha hisoblash chiqish; 
- toʻplangan ma‘lumotlarning oʻrtacha arifmetik qiymatini topish; 
- son qatoridagi oʻrtacha kvadrat ogʻishni hisoblash (sigma); 
- son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispersiya); 
- omillar oʻrtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini (korrelyasion) tahlil 
qilish; 
- ma‘lumotlar, metodikalar ishonchlilik darajasini aniqlash uchun Styudent 
mezonidan foydalanish lozim. 
Kuzatish metodining oʻziga xos xususiyati shuki, odamning tashqi koʻrinishi 
(ish-harakatlari, qanday soʻzlashishi, kishilar bilan boʻlgan munosabati, psixik 
holati va faoliyati) tabiiy hayot sharoitida oʻrganib boriladi. 
Psixologik kuzatishning maqsadi boʻlishi shart. Psixologik kuzatish muayyan 
reja yoki dastur asosida olib boriladi. Odatda psixologik kuzatuv uzoq vaqtni talab 
qiladi. Kuzatish qancha uzoq davom etsa, kuzatuvchi shuncha koʻproq dalillar 
toʻplashi, uning psixologik xulosalari chuqur va ishonchliroq boʻladi. 
Psixik hodisalar hayotda, ya‘ni tabiiy sharoitda, odamning turli-tuman 
faoliyatida qanday koʻrinishda voqe boʻlsa, oʻsha koʻrinishda kuzatish metodining 
yordami bilan oʻrganiladi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling