Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻz-oʻzini kuzatish
Tashqi kuzatish.
Psixik hayot hodisalarini oʻrganishda avvalo tashqi kuzatish metodi tadbiq etiladi. Kuzatishning asosiy hususiyati shundaki, bu metod yordami bilan psixik hayotni sezgi organlarimiz bevosita seza oladigan, oʻzimiz bevosita idrok qila oladigan faktlari aniqlanadi va tasvirlanadi. Kishining psixik hayotida: mimika, imo-ishora, nutq, turli harakatlar va umuman kishining butun xatti-harakati va faoliyatini bevosita kuzatish bemalol mumkin. 40 Psixik jarayonlar bilan bevosita bogʻlangan ba‘zi bir fiziologik hodisalar turqning oʻzgarishi, nafasolish, qon aylanish va shu kabilarning oʻzgarishi ham tashqaridan kuzatilsa boʻladi. Kuzatish ma‘lumotlarini soʻzlar bilan tasvir etish bilan kifoyalanib qolmay, balki koʻrsatma vositalari, suratga olish, kinoga olish, tovushni yozib olish va shu kabi yoʻllar bilan ham qayd qilish mumkin. Masalan, bolalar nutqini oʻsib borishini kuzatish yoʻli bilan tekshira olamiz. Bunda bolaning soʻz boyligi qanday qilib sekin-asta orta borishini, nutqning fonetik tomonini, grammatik tuzilishini shu bola qanday bilib olayotganini qayd qilsa boʻladi. Odamning tevarak-atrofdagi voqelikni oʻzgartirish va yangidan koʻrishida duch kelgan toʻsqinlikni va qiyinchilikni engish uchun uning qanday zoʻr iroda bilan sabot-matonat koʻrsatishini ham kuzatish yoʻli bilan koʻzdan kechirsak va tekshirsak boʻladi. Psixik hayot hodisalarini oʻrganayotganda psixologning oʻz- oʻzini kuzatish metodiga ham murojaat qilib turishiga ham toʻgʻri keladi. Oʻz-oʻzini kuzatish Nomidan koʻrinib turibdiki, tadqiqotchi oʻz-oʻzini kuzatish bilan oʻzidagi psixik hodisalarni tekshiradi. Bu holda tadqiqotchi psixik jarayonlar va holatlarning ichki tomoni – odamning sub‘ektiv kechinmalari qanday roʻy bersa, ularni shu holida tasvir etish va aniqlab olishga intiladi. Psixolog oʻz tadqiqotlarida tekshirilgan kishilarning oʻz-oʻzini kuzatib olgan ma‘lumotlariga ham asoslanadi. Psixologiya vujudga kela boshlagan V asrdan tortib to bizning eramizgacha va XIX asrning deyarli oxirigacha oʻz-oʻzini kuzatish metodi yoki introspektiv metod ruhiy hayot hodisalarini bilishning birdan-bir metodi boʻlib keldi desa boʻladi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab oʻz-oʻzini kuzatish metodiga tanqidiy koʻz bilan qaraladigan boʻlib qoldi. Bu metodning bir qancha kamchiliklari borligi ma‘lum boʻldi. Oʻz-oʻzini kuzatishda tadqiqotchi ham tekshiriladigan ob‘ektga, u ham tekshiruvchi ob‘ektga boʻlinib qolishi bu metodning eng muhim kamchiligi ekanligi koʻrsatildi. Holbuki, normal kishilar shaxsining amalda bunday «boʻlinib ketishi» mumkin emas. 41 Oʻz-oʻzini kuzatishda psixik hodisalarni (masalan, shodlik yoki qaygʻu hissini, tafakkur jarayonini) ham boshdan kechirish, ham shu hodisalarni oʻrganish juda qiyin ekanligi, ba‘zan esa butunlay mumkin boʻlmasligi koʻrsatib oʻtildi. Oʻz-oʻzini kuzatish metodining cheklanganligini ham uning kamchiligi deb bilish kerak. Psixolog oʻz-oʻzini kuzatish yoʻli bilan faqat oʻz psixikasini oʻrganadi-da, axir. SHunday boʻlgach, odam psixikasi haqidagi fan faqat psixologlarning oʻz psixologiyasiga aylanib ketadi. Bunday psixologiya madaniy taraqqiyot jihatidan yuksak darajada turgan, oʻz ixtisosiga koʻra oʻzini-oʻzi kuzata oladigan va oʻzini-oʻzi muhokama qila oladigan kishilar psixikasi haqidagina bilim beradi. Ammo madaniy taraqqiyotning pastroq bosqichida turgan kishilar psixikasi haqidagi ta‘limot ham, bolalar psixikasi haqidagi ta‘limot ham psixologiyaga qoʻshilishi kerak. Madaniy taraqqiyotning pastroq bosqichida turgan kishilar va bolalar esa fan nuqtai nazaridan oʻz-oʻzini kuzata olmasligi tabiiy. Demak, oʻz- oʻzini kuzatish yoʻli bilan odam psixik taraqqiyotining turli bosqichlari haqida bilim olib boʻlmaydi. Nihoyat, oʻz-oʻzini kuzatish metodining yana bir katta kamchiligi shuki, bu yoʻl bilan olingan ma‘lumotlar psixik hayot hodisalarini turli yoʻsinda bir tomonlama, sub‘ektiv talqin qilishiga olib kelishi mumkin. Masalan, odamning xarakterini tekshirayotgan psixologning oʻzi egoist boʻlsa, oʻz-oʻzini kuzatish natijalaridan, egoizm – har qanday xarakterning muhim belgisidir deb hulosa chiqarishi mumkin. Dunyoda sahiy, olijanob xarakterli kishilar borligini bunday psixolog faqat oʻz-oʻzini kuzatish yoʻli bilan bila olmaydi. Zohiran koʻrinadigan narsa bu yerda xaqiqat boʻlib tuyulishi, yakka hodisa umumiy hodisa boʻlib tuyulishi mumkin. Holbuki, har qanday ilmiy bilim ob‘ektiv va chin bilim boʻlishi kerak. I.P.Pavlov oʻz-oʻzini kuzatish yoʻli bilan aniqlab olishi mumkin boʻlgan sub‘ektiv psixik hodisalar haqida gapirar ekan, bunday deb yozgan edi: «Albatta, bu (sub‘ektiv – P.I.) hikmatlar biz uchun birinchi darajali voqe‘likdir, ular kundalik hayotimizni yoʻlga soladigan, inson jamiyatining taraqqiy etishiga sabab boʻladi. 42 Ammo sub‘ektiv holatlarga qarab yashash boshqa-yu, ularning mexanizmini chinakamiga ilmiy tahlil qilish boshqa». Oʻz-oʻzini kuzatish yoʻli bilan sub‘ektiv ravishda koʻngildan kechadigan faktlarni aniqlash, tasvirlash mumkin, ammo ularni har tomonlama tushuntirish mumkin emas. Psixik hodisani tushuntirish – uning sababini, nerv-fiziologik asosini topish va odam yashaydigan ijtimoiy sharoit bilan bogʻlanganligini aniqlash demakdir, bularning hammasi esa oʻz-oʻzini kuzatish doirasidan tashqaridadir. Fanning vazifasi faktlarni tasvir etishdangina iborat emas, balki asosan shu faktlarni tushuntirish, ularning qonuniyatlarini kashf etishdan iborat. Ob‘ektiv metoddan foydalangandagina bunga erishish mumkin. Tashqi va ichki kuzatishning birligi Lekin odam psixikasini faqat oʻz-oʻzini kuzatish metodi bilan oʻrganib boʻlmasa, faqat tashqi kuzatish yoʻli bilan, ya‘ni oʻz-oʻzini kuzatish ma‘lumotlari bilan bogʻlanmasligi ham mumkin emas. Oʻz-oʻzini kuzatish metodining ahamiyatini tamomila inkor qilish – odamning yuksak darajadagi bilish qobiliyatiga, ijodiy qobiliyatiga, ongiga ishonmaslik demakdir. Boshqa kishilarni kuzatishning hususiyati shundaki, tadqiqotchi shu kishilar xulq-atvorining tashqi koʻrinishlarini idrok etar ekan, koʻnglidan kechayotgan hislarini bir qadar biladi. Shu sababli psixolog tashqaridan kuzatish yoʻli bilan va oʻz-oʻzini kuzatish ma‘lumotlariga tayanib, odamning turli xatti-harakatlarini tasvir etish bilangina kifoyalanib qolmay, balki umuman psixik hayot hodisalari haqida, ularning tashqi va ichki (sub‘ektiv) koʻrinishlari haqida xulosalar ham chiqarishi mumkin. Tadqiqotchi psixolog kishilar bilan muomala qilishda turmush tajribasiga va ilmiy tekshirishishlarida yetarli amaliyotga ega boʻlganida psixik hayotning tashqi koʻrinishlarini kuzatar ekan, psixik jarayonlarning sub‘ektiv suratda qanday kechishini ham ozmi-koʻpmi ocha oladi. Masalan, tafakkurni kuzatish yoʻli bilan tekshirganimizda koʻz, yuz muskullaridagi xilma-xil harakatlarni va turqining oʻzgarishini qayd qilibgina qolmay, balki, shu bilan birga, shu tafakkur jarayonlari qanday zabt va qanday tezlik bilan roʻy berishini ham bir qadar bila olamiz. Modomiki tafakkur jarayonlari tashqi muhitda oʻz ifodasini topar ekan, 43 tafakkurning mazmunini bila olamiz, tafakkur jarayoni qay shaklda roʻy berayotganini, masala qanday kelib chiqayotgani, masalani echish jarayoni qanday borayotganini ham kuzata olamiz. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling