Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

Test metodi 
Test tushunchasi inglizcha sinash, tekshirish, demakdir. SHaxsning aqliy 
oʻsishini, qobiliyatini tekshirishda qoʻllaniladigan qisqa standart masala, topshiriq, 
misol, jumboqlar test deb ataladi.Test ayniqsa insonning qanday kasbni egallashi 
mumkinligini kasbga yaroqligi (moyilligi) yoki yaroqsizligini, iste‘dodlilar yoki 
aqli zaiflarni aniqlashda, odamlarni muayyan oʻlchovlarga binoan saralashda keng 
qoʻllaniladi. Ushbu metodning qiymati tajribaning ilmiylik darajasiga, 
tekshiriluvchining mahoratiga va qiziqishiga, yigʻilgan psixologik ma‘lumotlarning 
xolisligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga bogʻliqdir. 
Ilmiy – psixologik manbalarda qayd qilinishiga koʻra, intellekt – lotincha 
soʻzdan olingan boʻlib, u odatda aql – idrok, anglash, tushunish, fahmlash degan 
ma‘noni anglatadi. Bizningcha, intelekt shaxsning muayyan darajada mustahkam, 
barqaror aqliy qobiliyatlari majmuasi tuzilishidan iboratdir. Oʻz davrida AQSHlik 
psixolog F. Frimen intellekt oltita tarkibdan iborat boʻladi, degan gʻoyani ilgari 
suradi va ularni quyidagicha tartibda joylashuvini koʻrsatib oʻtadi: 
- sonli operatsiyalariga nisbatan qobiliyatlik; 
- lugʻat boyligi koʻlami; 
- geometrik shakllar oʻrtasidagi oʻxshashlik va farqli tomonlarini ajratishga 
nisbatan uquvchanlik; 
- shaxs nutqining tezligi yoki sur‘ati; 
- shaxsning fikrlashga, mulohaza yuritishga nisbatan qobiliyatliligi; 
- xotiraning maxsuldorligi yoki noyob hislatliligi. 
Yana bir salohiyatli psixolog L. Tyorstoun umumiy intellektning turli 
jabhalarini tadqiq qilib, ularni umumlashtirib ―birlamchi aqliy potensiyalar‖ deb 
ataydi. Muallif yetti xildagi potensiyalar oʻzaro farqlanishini ta‘kidlab oʻtadi: 
- insonning hisoblash qobiliyati koʻrsatkichi; 


44 
- ogʻzaki soʻzni ixcham ifodalanishining koʻrsatkichi, nutq yordami bilan tez 
oʻqish hadisini egallanganligi; 
- ogʻzaki ma‘lumotlarni toʻla idrok qilish yoki idrok qilingan soʻzlarni 
tushunish, anglash; 
- fazoviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yoki shaxsning 
chamalash qobiliyati (uquvchanligi); 
- xotiraning mustahkamligi yoki uning barqarorligi; 
- fikrlashga, munozara yuritishga qobiliyatlilik; 
- shaxs idrok qilishining tezligi yoki uning sur‘ati; 
Fransuz psixologi T. Ribo idrok koʻlamining kengayishi, bilimlarning 
koʻpayishi, diqqatni bir vaqtning oʻzida bir necha ob‘ektga qarata olish – intellekti 
taraqqiyotiga olib keladi va u uch bosqichdan iborat boʻlishi mumkin ekanligini 
ta‘kidlaydi: 
- shaxs imitatsiyasi yoki uning tashqi taqlidi; 
- inson identifikatsiyasi (oʻquvchining bilimlarini oʻziga singdirish jarayoni, 
uning shaxsiy fazilatlari va xususiyatlarini oʻzlashtirib borish va boshqalar); 
- refleksiya (inson oʻzini – oʻzi anglash hamda boʻlgʻusi faoliyatni amalga 
oshirish, muayyan rejalar tuzish, ularni maqsadga muvofiq hayot va faoliyatga 
tatbiq etish imkoniyatlari tugʻilishi kabilar). 
SH. Byuller intellektual taraqqiyot quyidagi bosqichlardan iborat boʻlishi 
shart deb hisoblaydi: 
- sinkretizm (tushunchalarni bir – biridan ajrata olmaslik holati);
- agglyutinizm (maktab yoshiga yaqin bolalarda fantaziyaning kuchayishi
vaqtni noadekvat, notoʻgʻri idrok qilish, gʻar bir obrazlarni muayyan boʻlaklariga 
binoan bir umumiyatga yaxlitlash, birlashtirish); 
- xayolot (ijodiy xayol) yordamida inson oʻzi tugʻilib oʻsgan Vataniga biror 
bir jihatdan yordam berishi; 
- realiya (realiz, ya‘ni atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan yaqqol 
tuzilmani yaratish, turmush tajribalariga mumkin qadar yaqinlashib kelishdan 
iborat fikrlashning koʻrinishi singari). 


45 
Jahon psixologlari toʻplagan ilmiy materiallarni umumlashtirib intellekt 
muammosini tadqiq qilishda diqqat – e‘tiborni quyidagi omillarga qaratish lozim 
deb hisoblaymiz: 
- intellektning yosh davr xususiyatlariga bogʻliqligi; 
- jins xususiyatiga va farzand dunyoga kelish tartibiga aloqadorligi; 
- millat, etnos, elat va xalqqa taalluqliligi; 
- oilaning ijtimoiy – iqtisodiy statusi bilan uygʻunlashuvi; 
- ota – onalarning ma‘lumotliligi, ijtimoiy kelib chiqishi; 
- biologik shartlangan shaxs fazilatlari, sifatlari, xislatlari qanchalik rol 
oʻynashi va hokazolar. 
Uzluksiz ravishda oʻtkazilgan izlanishlar natijasida psixologiya fanida bir 
qator ilmiy nazariyalar (konsepsiyalar) vujudga keldiki, ularning har qaysisi 
intellekt muammosini oʻziga xos tarzda tushuntirishga va talqin qilishga olib 
keladi: 
- muammo echimi uslubi va strategiyasi; 
- intellektual operatsiyalar tizimi yoki tuzilmasi; 
- vaziyatlarga nisbatan alohida yondashishning samaradorligi yoki 
mahsuldorligi (ma‘naviy, miqdoriy va mantiqiy jabhalar), uning funksional 
tomonlari, yoʻnalishlari; 
- alohida, yakkahol yondashish, bilish jarayonining shaxsdan faollikni taqozo 
etish xususiyati, holati; 
- kognitiv uslub shakllanishi imkoniyati va boshqalar. 
Shaxsiy kuzatishlarimizga qaraganda, intellekt taraqqiyoti mana bunday 
omillar bilan uzviy bogʻliq ekanligi koʻzga yaqqol tashlanadi: 
- bilish, oʻqish motivlarining anglashilgan hamda yuksak regulyativ 
darajalarining mavjudligi, barqarorligi, puxtaligi; 
- yangilikni qidirish, muammo echimini topish, muayyan vositalar tanlash 
hamda tadqiqiy ijodiy faollik namoyon boʻlishi; 
- mustaqil echishlarga erishish ehtimollik darajasining yuksakligi; 


46 
- ilgarilab ketib echig imkonining mavjudligi va ―aytib berish‖, luqma 
tashlash jarayonida erkinlik, qoʻrqinch hissining yoʻqligi; 
- yuksak nafosat va ma‘naviy did timsoli hamda namunasini yaratishga 
nisbatan qobiliyatlilik, ularni baholash va oʻlchash funksiyasining tugʻilishi, uning 
boshqaruvchanligi. 
Insoniyatning tarixiy rivojlanish jarayonida intellekt deb atalmish fenomenni 
oʻrganish borasida koʻpgina ishlar qilingan. SHulardan biri intellektni oʻrganish 
testlaridir.
Inson intellektual tarqqiyotidagi tezkorlik kutilmaganlik hodisalari nafaqat 
moddiy negiz xossalari bilan izohlanadi, balki idrok maydonining paydo boʻlishi, 
―sun‘iy‖ tizimning vujudga kelishi fazoviy aloqalar, biologik va psixologik 
imkoniyatlardan toʻlaroq foydalanish evaziga moddiy asosning ikkilanuvchi 
―tabiiy‖ va ―sun‘iy‖ manbalar bosh omil ekanligini ta‘kidlab oʻtish maqsadga 
muvofiq. Endi sinaluvchilarning intellektual taraqqiyotiga ta‘sir qiluvchi ijobiy va 
salbiy omillar turkumi toʻgʻrisida ma‘lumot berib oʻtamiz: 
- bilim maskanlarida zamonaviy texnika vositalarining mavjudligi; 
- turli xildagi toʻgarak, seksiya, bilim uylari faoliyat koʻrsatishi va unda zarur 
sharoitlarning yaratilganligi; 
- oila muhitida yaratilgan moddiy va ma‘naviy shart – sharoitlar hamda 
shaxslarni ruhan ragʻbatlantirish yoʻlga qoʻyilganligi;
- shaxslar bilan oʻzaro muloqot oʻrnatishning uzluksiz va oilada shaxslararo 
iliq psixologik muhitning hukm surishi; 
- turli televizion baxslar, zukkolik, ijodkorlik, tezkorlik boʻyicha musobaqalar 
uyushtirilishi va ularda qatnashish imkoniyatiyaratilganligi; 
- ortiqcha informatsiya va xabarlar koʻlamini kamaytirish (masalan, avtomat 
oʻyinlar, videolar); 
- zararli odatlar va qiliqlar bilan shugʻullanmaslik muammosining qoʻyilishi, 
uning echimi (ichish, chekish va boshqalar); 
- bolalar va oʻquvchilarni roʻzgʻor ishlari bilan band qilib qoʻyishlik va oila 
muhitida mehnatning shaxslararo oqilona taqsimlanganligi; 


47 
- hozirgi davrda ayrim kasblarning nufuzi kamayib ketayotganligi tufayli 
oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida oʻquv motivlariga kuchli ta‘sir oʻtkazayotganligi; 
- kollej va oliy oʻquv yurtlarida ta‘lim – tarbiya tizimini yangicha, yangi 
pedagogik texnologiya asosida tubdan qurish zaruriyati mavjudligi, 
- oʻgʻil va qizlarda vatanparvarlik va milliy iftixor tuygʻulari barqarorligini 
ta‘minlash va ularni shakllantirishning eng qulay yoʻllarini izlab topish
loqaydlikning oldini olish, 
- oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida borliqqa, jamiyatga, shaxslararo 
munosabatlarga, isrofgarchilikka, fidoiylikka nisbatan qarashlarni keskin 
oʻzgartirish masalalari vujudga kelmoqda. 
Bizningcha, yuqorida ba‘zi bir qusurli holatlarning oldini olish uchun
intellektual testlar mohiyatiga milliy va umubashariy fazilatlar toʻgʻrisidagi 
gʻoyalarni singdirish yuqori natija beradi. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling