Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anketa metodi
Biografiya (tarjimai hol) metodi
Inson psixikasini – ruhiyatini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti toʻgʻrisidagi ogʻzaki va yozma ma‘lumotlar odamlarning tarjimai holi, kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatga ega. SHu bilan birga oʻzgalar tomonidan toʻplangan tarjimai holga aloqador materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, foto lavhalar, xujjatli filmlar, videokamera tasviri, taqrizlar, tanbehlar ham oʻrganilayotgan shaxsni toʻlaroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Hatto shifokorning kasallik tarixi xujjati ham bolaning tugʻilganidan, ham to boshlangʻich ma‘lumot olgunicha davr oraligʻida salomatlik darajasi qanday boʻlganligi toʻgʻrisidagi omillar bilan tanishish imkonini beradigan material hisoblanadi. Tarjimai hol metodi inson psixikasini suhbat va tajriba metodlari vositasida oʻrganib boʻlmaydigan jihatlarini ochishda yordam boʻradi. Mazkur metod orqali, masalan, ijodiy xayol bilan bogʻliq jarayonlar: sheriyat, musiqa, nafosat, tasviriy san‘at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning ma‘naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste‘dod salohiyat kabi fazilatlari kuzatiladi. Inson ongining namoyon boʻlishi, rivojlanishi, oʻziga xos individual va ijtimoiy xususiyatlari atoqli shaxslar bildirgan mulohazalarida, asarlarida oʻz 48 ifodasini topadi. Allomalar toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta‘rifu – tavsiflari orqali avloddan – avlodga oʻtadi. Xuddi shu ijtimoiy uzluksiz natijasida ajdodlar bilan avlodlar oʻrtasida vorislik hodisasi ijtimoiy psixologik voqelik vujudga keladi va ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning uygʻunligini ta‘minlaydi. Anketa metodi Umumiy psixologiyada keng qoʻllaniladigan metodlardan biri boʻlib, unda odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlari oʻrganiladi. Anketa odatda 3 xil boʻlib, birinchi xilida anglashilgan motivlarni aniqlashga moʻljallangan savollardan iborat boʻladiki, ikkinchi xilida esa faqat bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir nechtadan tayyor javoblar ham beriladi. Uchinxi xil anketada sinaluvchiga havola qilinganda kamida toʻrt besh toʻgʻri javoblari ballar yordamida baholanadi. Anketa metodidan odamlarning layoqatlarini muayyan sohaga qiziqishlari, qobiliyatlari, oʻziga, tengdoshlariga katta va kichiklariga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning xarakter xislatlari, xulq atvorlarini tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin. Tarqatilgan anketalar yigʻib olinib, elektron hisoblash mashinalari dasturiga muvofiqlashtirib atroflicha amaliy xulosalar chiqariladi. Anketa metodiinson psixikasining ayrim tomonlarini oʻrganish uchun boy material toʻplash imkonini beradi, lekin unda olinadigan ma‘lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega boʻlavermaydi. Bunga yoʻl qoʻymaaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi toʻgʻri va qarshi savollarni puxta ishlab chiqarish kerak. Quyida anketa varaqasidan namuna keltirib oʻtamiz. 1. Kursingizda eng yuqori obroʻga ega boʻlgan talaba qaysi? 2. Sizningcha, kursdoshlaringiz ichidan kim mehr his – tuygʻusini uygʻota oladi? 3. Oʻqish bilan bogʻliq muammolar yuzasidan siz kimga murojaat qilishni xohlar edingiz? 49 4. Shaxsiy kechinmalaringiz haqida siz kim bilan fikr almashishni xohlar edingiz? 5. Oʻrtoqlaringiz ichidan kimni uyingizga mehmonga astoydil taklif qila olasiz? 6. Kursdoshlaringiz ichida kim bilan mashgʻulotlarga birgalikda tayyotayyorlanishni yoqtirasiz? Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling