Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Qaysi kursdoshingiz bilan suhbatlashishni aslo yoqtirmaysiz?
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
7. Qaysi kursdoshingiz bilan suhbatlashishni aslo yoqtirmaysiz?
Sotsiometriya metodi Bu tadqiqot metodiga AQSH lik Djon Moreno asos solgan boʻlib, kichik (birlamchi) guruh a‘zolari oʻrtasida emotsional, hissiy munosabatlarni bevosita oʻrganish va darajasini oʻlchashda qoʻllaniladi. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a‘zoning oʻzaro munosabatlarini aniqlash uchun uning faoliyatida kim bilan ishtirok etishi soʻraladi. Olingan ma‘lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval, diagramma shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor koʻrsatkichlari guruhdagi odamlarning shaxslararo munosabatlari mazmuni yuzasidan ma‘lum bir xulosa qiladi. Biroq ma‘lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi koʻrinishini aks ettiradi xolos. Uni takomillashtirish maqsadida hozirgi vaqtda psixolog olimlar Ya. L. Kolominskiy va I. P. Volkov tomonidan sotsiometriyaning kichik guruhlar psixologiyasiga moslab oʻzgartirilgan variantlari, koʻrinishlari ishlab chiqilganki, ular orqali shaxslarning bir – birini tanlashi motivlarini aniqlash mumkin. Ayniqsa, sotsiometriyaning Ya.L. Kolominskiy ishlab chiqqan oʻzgartirilgan varianti bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar toʻgʻrisida toʻla axborot berishga yordam beradi. Odatda oʻquvchilardn quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: ―Sen sayohatga kim bilan borishni xohlaysan?‖, ―mashgʻulotlarga kim bilan birga tayyorlanishni istaysan?‖, ―Kim bilan qoʻshni boʻlib yashashni yashashni yoqtirasan?‖ sinaluvchi har uchta javobdan bittasini ―eng ma‘qul‖ deb tanlashi lozim. Unga ―avval, hammadan koʻra koʻproq kim bilan birga boʻlishini xohlasang, oʻshaning familiyasini yoz‖, ―aytilgan shartlarga binoan uchinchi shaxsning familiyasini yoz‖ deb uqtirish maqsadga muvofiq. Guruhiy tabaqalanishni koʻrsatish uchun sotsiogramma toʻrtta ―maydon‖ga ajratiladi. Qizlar 50 doiracha bilan, oʻgʻil bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi. Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga toʻgʻri keladi. Guruh a‘zolarining oʻzaro munosabatlari doiracha va uchburchaklar strelkalar bilan bogʻlanganida oʻz ifodasini topadi. Eng koʻp munosabatga ega boʻlgan sinaluvchi doiraning markazidan oʻrin oladi. U guruh a‘zolarining eng yoqimtoyi hisoblanadi. SHaxslar bilan aloqa oʻrnatmagan sinaluvchi doiraning eng chetidan joy oldai. Oraliqdagi ―maydon‖larga oʻrtacha va undan kamroq tanlangan tekshiriluvchilar joylashtiriladi. SHu yoʻl bilan birinchidan shaxslararo munosabatlarning darajasi va koʻlami aniqlanadi, ikkinchidan qizlar bilan oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi koʻrsatkichlar taqqoslanadi. Natijalarga qarab guruhdagi munosabatlar va ularning oʻziga xosligi, psixologik birini taqozo etuvchanligi haqida xulosalar chiqariladi. SHu bilan birga nazariy va metodologik ahamiyatga molik gʻoyalar, qonuniyatlar ilgarisuriladi, amaliy koʻrsatmalar beriladi, aniq tavsiyalar bildiriladi, mavzuning tadqiqot istiqboli toʻgʻrisida muloxazalar yuritiladi. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling