Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Faoliyat mahsulotini tahlil qilish metodi


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

2.5.Faoliyat mahsulotini tahlil qilish metodi 
Bu metod psixologiyada inson xotirsi tafakkuri, qobiliyati va xayolining 
xususiyatlarini aniqlash maqsadida keng qoʻllaniladi. Odam chizgan rasmlar, 
yasagan oʻyinchoqlar, modellar, toʻqigan narsalar, tikkan qoʻgʻirchoqlar, toʻqib, 
soʻzlab berilgan hikoyalar, texnik konstruksiyalar sxemasini tushunish kabilarni 
tahlil qilish orqaliularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, badiiy va adabiy qobiliyati, 
ijodiy xayoli, texnik ijodi yuzasidanmateriallar toʻplash mumkin. Mazkur metodda 
ijod mahsulining yaratgan jismoniy shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Teshiriluvchi 
bilan tekshiruvchi oʻrtasida muloqot oʻrnatish uchun shaxsning psixikasi 
toʻgʻrisida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Tekshiruvchi (oʻqituvchi, 
murabbiy, psixolog) ekspert tariqasida shaxslar ijodiyotiga baho beradi, bunda 
mehnat mahsulining shakli, mazmuni, sifati, originalligi, hajmi, xususiyati 
bilankeskin tafovut qilishi nazarda tutiladi. Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish 
orqali har xil yoshdagi va kasbdagi odamlarning psixik xususiyatlaritoʻgʻrisida 
ma‘lumotlar toʻplash mumkin.Faoliyat mahsulotlarini oʻrganish inson ruhiyatini 
oʻrganish metodlari ichida oʻziga xos oʻrinni tashkil etadi. SHuni ta‘kidlab oʻtish 


51 
joizki, inson ruhiyatini oʻrganish yuqorida bayon qilingan metodlardan tashqari 
yana ayrim qoʻshimcha metodlardan ham foydalaniladi. E‘tirof etish joizki
qoʻllanilayotgan har bir metodning oʻziga xos ijobiy, afzal tomonlari bilan 
birgalikda qiyin va salbiy tomonlari ham mavjud. SHu bois konkret shaxs 
ruhiyatini oʻrganish vaqtida yakka metodlar natijalari bilankifoyalanib qolish 
mumkin emas. Ruhiyatni tekshirishda atroflilik, dinamiklik, ob‘ektivlik, 
tekshiruvchining yosh xususiyatlarini inobatga olish va boshqa tamoillarga 
suyanish darkor. 
Shundagina shaxs haqida batafsil ma‘lumotlarga ega boʻlishimiz mumkin 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling