60
4- MAVZU. SHAXS PSIXOLOGIYASI VA KASBIY SHAKLLANISH.
SHAXSNING INDIVIDUAL, SHAXSIY RIVOJLANISHINING OʻZARO
TA’SIRI
Rеja
4.1. Psixologiyada «shaxs» tushunchasi va shaxs ijtimoiylashuvi muammosi.
4.2. Shaxsning «Mеn» obrazi va oʻz-oʻziga baho bеrishi muammosi.
4.3. Shaxs dunyoqarashini va kasb etikasining shakllanishi
Tayanch ibora va tushinchalar: shaxs, individ,
individuallik, shaxs borasidagi
psixologik nazariyalar, shaxs faolligining manbalari, shaxsning malaka va odatlari,
shaxs tuzilishi, oʻzini anglash, oʻzini
baholash, shaxsning psixologik himoyasi,
shaxs shakllanishi.
4.1. Psixologiyada «shaxs» tushunchasi va shaxs ijtimoiylashuvi muammosi
«Shaxs» tushunchasi keng va koʻp qirralidir. Shaxsni u yoki bu yoʻnalishda
bir qator fanlar: falsafa, tarix, pedagogika,
sotsiologiya, tibbiyot va psixologiya
oʻrganadi. Psixologiya fani boshqa fanlardan farqli oʻlaroq, shaxsning ichki
dunyosini,
boshqacha qilib aytganda, uning ruhiy jarayonlarini, hissiy- irodaviy
holatlarini, individual psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladi.
Psixologiya fanida
shaxs muammosini oʻrganish boʻyicha turli nazariyalar mavjud boʻlib, ularga
biogenetik, sotsiogenetik,
psixogenetik, kognitivistik, psixoanalitik,
bixevioristik
kabi qarashlar, yondashuvlar qiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: