61
taraqqiyoti munosabatlarini tushunti- rishda qoʻpol xatolarga yoʻl qoʻyilgan.
Jumladan, biogenetik qonuniyatga koʻra, shaxs psixologiyasining
individual
taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining (filogenez) asosiy
bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan gʻoya yotadi.
Psixologiya tarixida biologizmning yaqqol koʻrinishi Z.Freydning
shaxs
talqinida oʻz ifodasini topgan. Uning ta‘limotiga binoan, shaxsning barcha xatti-
harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki
instinktlar bilan shartlangan,
ayniqsa, u jinsiy (seksual) maylga (libidoga) bogʻliqdir. Bunga oʻxshash
biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan-bir mezon yoki betakror
turtki vazifasini bajara olmaydi.
Sotsiogenetik nazariya. Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi koʻrinishi
sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. Sotsiogenetik
yondashuvga binoan, shaxsda
roʻy beradigan oʻzgarishlar
jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish (sotsializatsiya)
usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan oʻzaro munosabati vositalaridan kelib
chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga koʻra, inson
biologik tur
sifatida tugʻilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta‘siri ostida
shaxsga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: