Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
Birinchi tendentsiya muxandis kadrlarini jamiyatda mavjud shaxs sifatida
tan olib, uning shaxsiy individual psixologik xususiyatlarini oʻrganish, ya‘ni uni psixologik jihatdan tavsiflash, tasniflashdir. Buni kadrning injener mehnati psixologiyasi nuqtai nazaridan talqin qilish mumkin. Ya‘ni, muxandis mehnat huquqni qoʻllash faoliyatining psixologik qonuniyatlarini tadqiq etadi va muxandislikka oid mutaxassisliklar professiogrammalarni, texnik usul va mahoratni, mutaxassislik koʻnikmalari va malakalarini, kadrlarni tanlash va joy- joyiga qoʻyishni, muxandislik faoliyati shakllari va boshqaruvini, mutaxassislik yoʻnalishini, mutaxassislikka tanlovni; muxandislik idoralari kadrlari shaxsini shakllantirish va ixtisoslikka oid tarbiyalashni, mutaxassislik deformatsiyasi (buzilishi) va uning oldini olish, ish joyini, ish vaqtini toʻgʻri tashkil etishini va boshqa masalalar boʻycha ularning psixologik asosini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Ikkinchi tendentsiya muxandislar xizmat faoliyatining ob‘ekti va predmetini tashkil etuvchi shaxslar psixologiyasini har tomonlama oʻrganish. Bu tendentsiyaning echimi muxandis kadrlar zimmasiga yanada murakkabroq boʻlgan vazifalarni yuklaydi. 64 Bu ikki tendentsiya muxandiskadrlari faoliyatida shaxs muammosini psixologik jihatdan chuqur oʻrganishni taqozo etadi. Muxandis kadrlar faoliyatida shaxs muammosini oʻrganishning bu ikki tendentsiyasi rasman ikki xilda koʻrinsa ham uning echimi bir nuqtaga, ya‘ni mamlakatimizda yashab mehnat qilayotgan shaxslarning psixologiyasini oʻrganib, jamiyatda barqarorlikni ta‘minlashga kelib taqaladi. Bu har ikki tendentsiya uchun ham ustuvor vazifa hisoblanadi. Muxandis shaxsining psixologik tuzilishi yetarli darajada oʻrganilmagan. Uning psixologik tuzilishi quyidagi masalalarning hal qilinganligi darajasiga bogʻliq. Birinchidan, muxandis davlat xizmatchisi sifatida mavjudmi, mavjud boʻlsa, unga qanday majburiyatlar yuklangan va qanday vakolatlar berilgan? Bizning davlatimizda bu masala yetarli darajada hal qilingan. Masalan, ishlab chiqarish jarayoni mavjud, u har doim takomillashib bormoqda. Ikkinchidan, muxandislar oʻzaro va fuqarolar bilan boʻladigan munosabatlari qanday ijtimoiy normalarga asoslangan? Bu masala ham ijobiy hal qilingan boʻlib, u qonunchilikka hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan. Uchinchidan, muxandislarning kasbiy va ma‘naviy-ma‘rifiy tayyorgarlik darajasi qanday yoʻlga qoʻyilgan? Toʻrtinchidan, kadrlarning har bir ijobiy xatti-harakat qanday baholanadi? Mana shu masalalarning qonuniylik, adolat, axloqiylik mezonlari bilan hal qilinishi muxandislarining psixologik tuzilishini belgilaydi. Psixolog olimlar shaxsning psixologik tuzilishini quyidagicha talqin qiladilar. Masalan, atoqli rus psixologi S.L.Rubinshteynning fikriga koʻra, shaxs psixologiyasi quyidagi tuzilishga ega: yoʻnalganlik, u ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e‘tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi; Individual tipologik xususiyatlar temperament, irodada aks etadi. K.K.Platonov ta‘limotiga koʻra, shaxs psixologiyasining tuzilishi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Yoʻnalganlik kichik tizimi (ost tuzilish) shaxsning axloqiy qiyofasi va munosabatlarini birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, koʻlam 65 (hajm) darajalarini farqlash lozim. Ijtimoiy tajriba kichik tizimi (ost tuzilishi) ta‘lim vositasida, shaxsiy tajribada egallangan bilimlar, koʻnikmalar va odatlarni qamrab oladi. Psixologik aks ettirish shakllari kichik tizimi (ost tuzilishi) ijtimoiy turmush jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlarini oʻz ichiga oladi. Biologik shartlangan kichik tizimi (ost tuzilishi) miyaning morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bogʻliq boʻlgan patologik oʻzgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik xosiyatlarini birlashtiradi. A. G. Kovalev talqiniga koʻra, shaxs psixologiyasi quyidagicha tuzilishga ega: – Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling